O’quv yilida umumiy o’rta ta’lim maktablarining



Download 1,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/35
Sana22.07.2022
Hajmi1,19 Mb.
#840024
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Bog'liq
10-sinf geografiya fanidan imtihon javoblari-2021.

2.
 
«Urbanizatsiya» va «Geografik baholash» atamalarining mazmun-mohiyatini 
tushuntiring. 
Javob:
Urbanizatsiya
(lotincha urb – “shahar”) – bu shaharlar va shahar aholisining 
o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir. 
Geografik baholash

tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish 
maqsadlarida baholash.
3.
 
Dunyoning 
siyosiy 
xaritasidan 
Janubi-Sharqiy 
Osiyodagi 
yarimorol 
mamlakatlarini ko‘rsating. Ulardan qaysi birining poytaxti ekvatorga eng yaqin 
joylashgan? Ushbu shaharning geografik koordinatalari aniqlang. 
Javob: 
Janubi-Sharqiy Osiyodagi yarimorol mamlakatlar: Myanma, Tailand, etnam, 
Laos, Malayziya. Kambodja. Ular ichida Malayziya davlatining poytaxti-Kuala-
Lumpur shahri ekvatorga eng yaqin poytaxt shahar hisoblanadi. Uning geografik 
koordinatalari: 3°05' shimoliy kenglik, 101°42' sharqiy uzoqlik. 
 
28-BILET 
1.
 
Lotin Amerika davlatlarining tabiiy sharoiti va resurslari, xalqaro 
ixtisoslashuvi. 
Javob: 
Dunyoning yirik siyosiy-geografik mintaqalaridan biri – Lotin Amerikasi – 
Yerning G‘arbiy yarimsharida joylashgan bo‘lib, Amerika qit’asidagi AQSH, Kanada 
davlatlari va Grenlandiya orolidan tashqari barcha mamlakatlarni o‘z ichiga oladi. 
Aholisining aksariyat qismi qadimgi lotin tili negizida vujudga kelgan ispan va 
portugal tillarida so‘zlashayotganligi bois bu mintaqa Lotin Amerikasi deb ataladi.
Lotin Amerikasining siyosiy xaritasida hozirgi kunda 33 ta mustaqil davlat hamda 
qator mustamlakalar mavjud. Uning hududida bir necha kichikroq mintaqalar ham 
ajratiladi. Jumladan, Shimoliy Amerika materigining AQSHdan janubdagi qismi va 
Karib dengizidagi orol larda joylashgan davlatlar O‘rta Amerika (Mezoamerika) 
mintaqasini tashkil etadi. Bu regiondagi davlatlar orasida hududi, aholisi va iqtisodiy 
salohiyati bilan Meksika alohida ajralib turadi. O‘rta Amerikaning Meksikadan 


36 
@geografiya_test_video_slayd
 
boshqa davlatlari Karib dengizi akvatoriyasi, uning tabiiy resurslari va transport 
yo‘llari bilan tarixan chambarchas bog‘liqligi sababli, Karib havzasi davlatlari deb 
ham yuritiladi. Materikda, Meksikadan janubi-sharqqa tomon joylashgan 7 ta davlat 
(Beliz, Gvatemala, Salvador, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama) Markaziy 
Amerika deb nomlanadi. Karib dengizidagi 13 ta orol mamlakatlar, o‘z navbatida, 
Vest-Indiya umumiy nomi ostida birlashtiriladi. Janubiy Amerika materigida esa 12 
ta mustaqil davlat va 1 ta mustamlaka (Fransiya Gvianasi) joylashgan. Janubiy 
Amerikada Lotin Amerikasidagi okeanga chiqish imkoniyati bo‘lmagan 2 ta davlat 
joylashgan bo‘lib, bular Boliviya va Paragvaydir. Lotin Amerikasi mamlakatlari 
xalqaro ixtisoslashuvi, eng avvalo, yoqilg‘i, konchilik, metallurgiya sanoati hamda 
ko‘p tarmoqli qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq. Hozirgi davrda ayrim mamlakatlar 
uchun mashinasozlik ham muhim ishlab chiqarish tarmog‘iga aylandi. Yoqilg‘I 
sanoatida asosiy eksportbop ahamiyat neft va neftni qayta ishlash sanoatiga tegishli 
bo‘lib, iqtisodiyotning bu tarmog‘i, eng avvalo, Venesuela bilan Meksikada yuqori 
darajada rivojlangan. Shuningdek, Ekvador, Boliviya davlatlarida ham neft-gaz 
sanoati rivojlanib bormoqda. Oxirgi yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlarining 
umumiy eksporti tarkibida neft va neft mahsulotlari ulushi 20 foizdan ko‘proq 
bo‘lmoq da. Lotin Amerikasi mamlakatlariga jahon yoqilg‘i eksporti umumiy 
hajmining 8 foizga yaqin qismi to‘g‘ri keladi.

Download 1,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish