Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi huzurida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etildi. Uning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga ko‘rsatilayotgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni yanada takomillashtirish va muvofiqlashtirishga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy yordamning yagona siyosatini shakllantirish belgilandi. Agentlik tibbiy-ijtimoiy muassasalarning keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy xizmat ko‘rsatish, muhtoj shaxslarni protez-ortopedik buyumlar va reabilitatsiya texnik vositalari bilan ta'minlash faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish bilan ham shug`ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |