O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020


-mavzu: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar



Download 3,35 Mb.
bet24/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

7-mavzu: O‘zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o‘zgarishlar.

Reja


1. Kuchli ijtimoiy siyosat kontseptsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy himoya tizimining yaratilishi.

2. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog`liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlar ning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish.

3. Aholini uy-joylar bilan ta'minlash, yo‘l -transport muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta'lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san'at va sport sohalarini rivojlantirish,

4. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.

5. O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g`risida”gi qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
O‘zbekistonda kechayotgan bugungi o‘zgarishlar mamlakat yangi tarixini boshlab berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zotan, yurtimizda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda yuz berayotgan ulkan yangilanishlar davlatimizning dunyo hamjamiyati bilan tom ma’noda integratsiyalashuvini ta’minlamoqda. 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi (O‘zR Prezidentining 07.02.2017 y. PF-4947-sonli Farmoni)da mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi belgilab berildi. Ushbu ustuvor yo‘nalishlaridan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishdir. Bu sohada yeng asosiy muammolar nimalarda ko‘rinadiq Birinchi muammo norasmiy bandlikning o‘sishi, norasmiy sektorning rivojlanishi va kengayishi bo‘lib, u soliq to‘lovlaridan tushadigan daromadlarning kamayishiga, rasmiy sektordagi raqobatbardoshlikning pasayishiga, eng yomoni, ijtimoiy dasturlarning qisqartirilishi va yetarlicha moliyalashtirilmasligiga olib kelmoqda.

Ikkinchi muammo masofaviy va ijara tariqasidagi mehnat, autsorsing va autstaffing kabi mehnat mohiyatini tubdan yangilovchi formatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir. Bu esa, o‘z-o‘zidan, mehnat munosabatlari sohasining shakl-shamoyilini keskin o‘zgartirib, ijtimoiy himoyani juda past darajaga olib keluvchi nostandart bandlik shakllarida namoyon bo‘lmoqda.

Uchinchi global muammo raqamli texnologiyalarning ijtimoiy hayotda tobora faol qo‘llanilayotganiga borib taqaladi.E’tibor bering, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining tezkor rivojlanishi hisobiga yaqin 25 yilda sayyoramiz miqyosida ish joylarining 47 foizga qisqarishi taxmin qilinmoqda. Tahlilchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin 15 yildan so‘ng, deylik, buxgalteriya, sog‘liqni saqlash, advokatura, oliy ta’lim va xalq ta’limi sohalaridagi mavjud mansabdor xizmatchilar o‘rinlariga deyarli ehtiyoj qolmaydi... Demakki, bugungi dolg‘ali zamon bizning oldimizga asosi bundan 100 yil avval yaratilgan ijtimoiy himoyaning klassik tizimlarini qayta shakllantirishni taqozo etayotir.

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan, jahonda “O‘zbek modeli” deb nom qozonganbeshta tamoyilning to‘rtinchisi aynan aholining murakkab demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat yuritishdan iborat qilib belgilangan edi. Hatto, mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar mohiyati xalqaro ekspertlar tarafidan aynan “ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘ tish” deb ham nomlandi. Bu bejiz emas edi. Chunki bir ijtimoiy-siyosiy tuzumdan boshqasiga, ayniqsa, unga mohiyatan tamoman zid bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy tuzumga o‘tish hamisha murakkab kechadi. Bu aholining muayyan qismi hayotida keskin tarzda aks etadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tayotganda, xususan, eski ishlab chiqarish tizimi, mavjud iqtisodiy integratsiya tabiiy ravishda izdan chiqadi, ularning barini yangidan shakllantirishga to‘g`ri keladi. Shuningdek, mulkka egalik qilishning shakli o‘zgaradi, davlat korxonalari, hatto, ekin yerlari egalari o‘zgaradi, ishchi kuchi ham bevosita bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida qayta taqsimlanadi. Demak, ijtimoiy himoyaga muxtojlar safining o‘zgarib, ya'ni kamayib-ko‘payib turishi ham tabiiy holdir. Shuning uchun bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida aholining himoyaga muhtoj qismini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning kafolatli tizimi yaratilmas ekan, bu og`ir ijtimoiy mushkulotlarga olib kelishi mumkin. Mustaqil O‘zbekistonda avval-boshdan bu borada oqilona yo‘l tutildi.

O‘zbekiston xalqining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ilg`or jahon tajribalarini mujassamlashtirgan bu taraqqiyot modeli negizida kuchli ijtimoiy siyosat yuritish maqsadi ham yotadi. hayot - hamisha harakatda. Uni bir zum to‘xtatib turish yoki tarix g`ildiragini orqaga aylantirishning aslo iloji yo‘q. Jamiyat doimo oldinga intilaverar ekan, u bilan birga ong ham tinimsiz o‘zgarib boraveradi. Lekin hech bir zamon ongni bir tuzumdan batamom voz kechib, ikkinchisiga o‘tish davridagidek o‘zgartirishga muhtoj bo‘lmaydi. Axir, tuzumni kim o‘zgartiradiq Inson. Islohot kim uchunq Odamlar uchun. Shunday ekan, o‘zgarishlar mohiyati ham shaxs, uning manfaatlari bilan bevosita bog`liq, Islohotlar mas'uliyati ham to‘g`ridan-to‘g`ri fuqaro zimmasiga tushadi. Ko‘rinib turibdiki, kuchli ijtimoiy himoya doimo mustaqil O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib keldi. Mamlakatimizda davlat byudjetining asosiy qismi aynan ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan va bu qat'iy qoidaga izchil amal qilib kelinyapti. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1993 yili chop etilgan “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” kitobida mazkur besh tamoyildan har birini sharhlash uchun bittadan maxsus bob ajratiladi. Jumladan, “Kuchli ijtimoiy siyosat - iqtisodiy o‘zgartirishlarning ishonchli kafolati” deb nomlangan yettinchi bobda to‘rtinchi tamoyil har taraflama va batafsil tahlil etib berilgan.

Demak, islohotlardan ko‘zlangan bosh maqsad-xalq hayotini yaxshilash, fuqarolarning emin-erkin yashashi, rivojlanishi, bunyodkorlik ishlari bilan faol shug`ullanishi, umrni unumli o‘tkazishi, turmush mazmunining boyishiga erishishdan iborat. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda, barcha sohalardagi singari, boshqaruv tizimida islohotlar o‘tkazish, davlatning o‘z vazifalarini jamoat tashkilotlariga bosqichma-bosqich berishi, ya'ni “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini amalga oshirish borasida ham ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Ayniqsa, boshqaruvning noyob instituti sifatida faoliyat ko‘rsatgan mahallalar faoliyati butunlay yangicha mazmun kasb eta boshladi. “Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa-u ham

bo‘lsa, “Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o‘tish” degan shiorni amalda r o‘yobga

chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalariga o‘tkazish talab qilinadi. Bular qatorida biz, birinchi navbatda, o‘zini har tomonlama oqlagan mahalla tuzilmasini ko‘zda tutamiz. Ikkinchidan-jamiyatimizda nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko‘mak va yordam ko‘rsatish darkor. Barchamiz bir haqiqatni xayolimizdan chiqarmasligimiz zarur. Ya'ni, har qanday davlat tizimi, uning apparati va ma'muriy organlari demokratik andozalarga qanchalik javob

bermasin-baribir o‘z kuchini, qolaversa, o‘z zo‘ravonligini o‘tkazishga harakat qiladigan tizim bo‘lib qolaveradi.

Kuchli ijtimoiy siyosatning ustivor yo‘nalishlari va bosqichlari quyidagilardan iborat.




Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish