O’quv yili uchun o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan m a ‘ ruzamatn I barcha yo’nalishlar uchun namangan 2020



Download 3,35 Mb.
bet35/60
Sana04.08.2021
Hajmi3,35 Mb.
#138428
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
Bog'liq
ТАРИХ МАРУЗА МАТНЛАРИ

1992 yil 2 iyul respublikamizda qabul qilingan ta’lim to‘g’risidagi qonun quyidagi tamoyillar asosida olib boriladi:

  • Ta’lim tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi;

  • Ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi,ilmiyligi va davriyligi;

  • Talimda umuminsoniy va milliy-madaniy, ma’haviy qadriyatlarning ustuvorligi;

  • E’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyatlari yaratilganligi;

  • Ta’lim muassalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan holiligi.

Islom Karimov tashabbusi bilan 1997 yil 27 avgustda Oliy majlisning IX sessiysida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi. “Ta’lim to`g`risida” Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” 5 bob, 34 moddadan iborat. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo‘lib, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgan edi. Bu dastur 2020 yil 23 sentyabr kuniga qadar amalda boʻlib keldi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, farzandlarimizning jahon andozalariga mos sharoitlarda zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashlari, jismoniy va ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishlarini ta’minlash, ularning qobiliyat va iste’dodi, intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, yoshlarimiz qalbida ona yurtga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini kamol toptirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, ta’lim tizimini takomilashtirish, o‘quv adabiyotlari bilan sifatli ta’minlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash shuningdek, amaldagi ta’lim tizimini isloh qilish va ilg‘or xorijiy tajribaga mos ravishda ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha bir qancha o‘zgarishlar bo‘ldi.

So‘nggi yillarda ta’limning nodavlat shakli rivojlanish yo‘liga kirdi. Maktabgacha ta’lim tizimi bo‘yicha alohida vazirlik tashkil etildi. Davlat-xususiy sherikchilik asosida maktabgacha ta’lim muassasalari barpo etilishi bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratildi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ta’limning majburiy etib belgilanishi, 11 yillik majburiy umumiy o‘rta ta’limning joriy etilishi va ular bitiruvchilarga murakkab bo‘lmagan kasblar o‘qitilishi qonunni yangi tahrirda qabul qilishga ehtiyoj yuzaga kelganini bildiradi. Shuningdek, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarida ta’lim berish muddati va mazmunining o‘zgarishi, mulkchilik va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, yuridik shaxslarga barcha ta’lim turlari bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat berilishi ham qonun loyihasini yaratishga asos bo‘ldi.

Pedagoglar, ta’lim muassasasi xodimlari, ta’lim oluvchilarning huquq va erkinliklari kengaytirilib, mas’uliyati kuchaytirilishi, rag‘batlantirilishi ishga bo‘lgan munosabatni yanada oshirdi. Mulkchilik shaklidan qat’i nazar, yuridik shaxslarga ta’lim xizmatini ko‘rsatishga ruxsat berilgani, rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalari yurtimizda joriy etilayotgani va bir qator xalqaro konvensiyalar ratifikatsiya qilingani ham «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunning yangi tahririga zaruratni kuchaytirdi.

Davlat rahbarining xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidagi vazifalardan keyin yangi takliflar ishlab chiqildi. Qonun loyihasi siyosiy partiyalar, mahalliy Kengashlar deputatlari, qolaversa, keng jamoatchilik bilan birga muhokama qilinib, parlamentga kiritildi. Soʻngra palataning muhokamasiga, birinchi o‘qishga tayyorlandi.

Qonunning yangi tahrirdagi loyihasi dastlab 12 bob, 70 dan ortiq moddadan iborat bo‘ldi (amaldagi qonun 5 bob, 34 moddadan iborat). Moddalar soni aniq keltirilmaganiga sabab, hali muhokama jarayoni davom etmoqda edi. Yangi me’yorlar qo‘shilishi, ayrimlari olib tashlanishi mumkin. Albatta, eng muhimi bu emas, asosiysi, ta’lim tizimiga qanday yangi me’yorlar kiritilayotganidir.

Prezidentimiz «jamiyatimizda o‘qituvchilarning sha’ni va hurmatini boshimizga ko‘taradigan, ularni tom ma’noda kelajak bunyodkorlari, deb ulug‘laydigan muhitni yaratishimiz zarur», deb ta’kidladi.

2020 yil 19 may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. Kun tartibidagi dastlabki masala — yangi tahrirdagi “Ta’lim to’g’risida”gi qonun loyihasining ikkinchi o’qishdagi muhokamasi qizg’in kechdi. Deputatlar 5-6 may kunlari bo’lib o’tgan palata majlisida qonun loyihasini moddama-modda, bobma-bob muhokama qilgan edilar. Muhokama davomida bir necha moddalar yuzasidan bir fikrga kelinmaganligi sababli ular ustida ishlarni davom ettirish hamda kelgusi majlisda ana shu moddalar atrofida to’xtalib o’tishga kelishgan edi. Shundan so’ng mas’ul qo’mita barcha fraksiyalar, deputatlardan tushgan taklif va mulohazalarni jamlab, mutaxassis va ekspertlar ishtirokida qonun loyihasi ustidagi ishlarni davom ettirdi. Ta’kidlanishicha, qonun loyihasini takomillashtirish maqsadida mas’ul qo’mita hamda ishchi guruh tomonidan bir necha bor muhokamalar o’tkazildi. Tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida loyihaning qoida va normalari maromiga yetkazildi. Norma ijodkorligi talablaridan kelib chiqib, loyihadan bir qator normalar chiqarilib, to’g’ridan-to’g’ri ishlaydigan moddalar kiritildi. Qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida 238 ta normaga tegishli o’zgartirish va qo’shimchalar kiritildi. Loyihadan idoraviy ruhdagi bir necha normativ-huquqiy hujjatlarni qisqartirish, umumiy tusdagi, harakatsiz va huquqni qo’llashga ta’sir etmaydigan qonun hujjatlarini qayta ko’rib chiqish oqibatida 123 ta norma chiqarib tashlandi. Ularning o’rniga 54 ta yangi to’g’ridan-to’g’ri amal qiluvchi normalar kiritildi. Ortiqcha ma’muriy tartib-taomillar va tartibga solishning eskirgan mexanizmlarini bartaraf etish hisobiga kiritilgan 7 ta moddadan butunlay voz kechilib, aniq sohalardagi munosabatlarni tartibga soluvchi 9 ta yangi modda kiritildi. Qonun loyihasiga inklyuziv ta’lim tushunchasi ham singdirildi. Bu har bir bolaning ta’lim olishdagi teng huquqliligini ta’minlash har qanday diskriminatsiya va kamsitishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, loyihada amaldagi qonunda, umuman, qonunchilikda ko’zda tutilmagan yangi qoidalar — yurtimizda yoshidan qat’iy nazar, katta yoshdagilar umri davomida bilim va ko’nikmalarini mustahkamlab borish imkoniyatlari ham qonun bilan mustahkamlandi. Majlisda qonun loyihasi qabul qilinib, Senatga yuboriladigan bo’ldi.

2019 yil 30 avgustda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining Ta'lim to‘g`risidagi qonuni loyihasi e'lon qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarga ta'lim-tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslarini va ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplarini belgilash hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqini ta'minlashdan iborat etib belgilandi. Bu loyihada Qonunning asosiy vazifalari, Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy prinsiplari,Davlat ta'lim olish huquqlari, O‘zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi, O‘zbekiston Respublikasida ta'lim turlari haqida fikr yuritildi.


Download 3,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish