Maqsad: Mavzu bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, talabalarda mavzuga oid amaliy ko`nikma va malakalarni shakllantirish.
Dars tipi: Mustahkamlash tipidagi dars.
Dars metodi: Tezkor savol-javob, BBB, suhbat
Dars jihozi: Ko`rgazmali qurollar, vatman qog‘oz, marker.
Reja:
Psixologiya sohasida ilmiy-tekshirish olib borishning o'ziga xosligi. Psixologik tadqiqot metodlari: kuzatish, eksperiment, psixofiziologik metodlar, clinik metodlar, differensial metod, suhbat va so'rov, test, korrelyatsiya, modellashtirish, faoliyat natijasini o'rganish. Psixologiyada ilmiy tekshirish olib borishda zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish
Tayanch tushunchalar- mexnat psixologiyasi, pedagogik psixologiya, tibbiyot psixologiyasi, yuridik psixologiyasi, muxandislik psixoloiyasi, xarbiy psixoloiyasi, sport psixoloiyasi, kosmik psixologiya, savdo psixoloiyasi,yosh davrlari psixologiyasi, maxsus psixologiya ,Psixologiya metodlari: kuzatish, suxbat, inson faoliyatining samarasini taxlili qilish. Eksperiment,diagnostik testlar.Sotsiometriya, biografiya, anketa metodi
Hozirgi zamon psixologiyasi fanining tamoyillari, determinizm tamoyili, ong va faoliyat birligi tamoyili, ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili
Psixologiyaning asosiy tamoyillari, determinizm, ong va faoliyat birligi, psixikaning faoliyatida rivojlanishi bo’lib hisoblanadi.
1. Determinizm - belgilayman ma’nosini bildiradi tamoyili tabiat va jamiyat hodisalari, shu jumladan, psixik xodisalarning ob’ektiv sabablar bilan belgilanishi hakidagi ta’limotdir. Shu boisdan psixika, ongning ob’ektiv borliq va nerv sistemasi bilan belgilanishi ilmiy psixologiyaning buyuk yutug’i xisoblanadi. Shuning uchun determinizm psixikaning turmush tarzi bilan belgilanishini va turmush tarzi o’zgarishiga mutanosib ravishda u ham o’zgarishini anglatadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hayvonlar psixikasining rivojlanishini biologik qonun tarzidagi tabiiy tanlash mezoni bilan o’lcha-nadi. Hayvonlardan farqli o’laroq insonda ong shakllanishining paydo bo’lishi muayyan bosqichlar orqali rivojlanishi moddiy ishlab chiqarilish vositalarini yaratish hamda takomillashtirish, mahsulotlarni qayta ishlash bilan belgilanadi. Inson ongining ijtimoiy-tarixiy taraqqiy hususiyatiga) ga ekanligini anglashi (tushunish) shaxs ongining ijtimoiy borliqqa (makro, mikro, mize muhitiga) bog’liqligi hakidagi ham tabiaqhunoslik, ham insonshunoslik umumiy prinsipga asoslangan buyuk xulosa kishilik jamiyatining olamshumul tantanasidir.
2. Ong va faoliyat birligi tamoyili psixologiya fanida qabul qilinishi shunday ma’noni anglatadi: a) ong bilan faoliyat bir-biriga qarama-qarshi voqelik emas, b) ong bilan faoliyat aynan biror-biriga o’xshash xam emas; v) ong bilan faoliyatning birligi ularning xukm suri-shi mexanizmidir (E.G.). Faoliyat o’zining tuzilishi bo’yicha ichki va tashqki tarkiblariga ega bo’lsada, voqelik tashqi ifodasi bilan ajralib turadi. Ong bo’lsa faoliyatning ichki rejasini, uning dasturiy jabhasini aks ettiradi. Real vaqtlarning o’zgaruvchan (rivojlanishni anglatuvchi) modeli ongda yuzaga keladi, odam atrof muhit bilan munosabatga kirishganda undan mo’ljal oladi, natijada nuqsonlarga yo’l qo’ymaydi. Faoliyat ong yordamida amalga oshadi va o’z navbatida ong mazkur jarayonda takomillashadi (muammo va uning yechimi variaqiyalar, invariantlar turtki vazifasini o’taydi.
Ongni faoliyatda rivojlanish tamoyili Psixikaning taraqqiyotini dialektika nuqtai nazaridan tushunish psixik taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o’yin faoliyatiga bog’lik ekanligini aniqlashdan dalolat beradi. Ijtimoiy tajribani o’zgartirish jarayonining yuz berishi shaxs uchun psixik taraqqiyotning shakli sifatida xizmat qiladi va dasturiy bilimlarni egallashga mus-tahkam zamin xozirlaydi. Har qaysi faoliyat turi inson psixikasini rivojlantirish manbai va mexanizmi rolini bajaradi. Psixologlarning ushbu prinsipga taalluqli fikrlaridan namunalar keltiramiz: 1) L.S. Vigotskiy: ta’lim psixikaning rivojlanishini yo’naltiradi, shu bilan birga bu jarayonda ongli faoliyatning yangi, mutlaqo boshqacha shakllari yaratiladi; 2) P.P.Blonskiy: tafakkur kichik maktab yoshida o’yinlar bilan, o’spirinlik yoshida o’kish bilan bog’liq tarzda rivojlanadi; 3) S.L. Rubinshteyn; ong faoliyatda paydo bo’lib, ana shu faoliyatda shakllanadi; 4) B.M.Teplov; qobiliyat faqat rivojlanishda mavjud bo’ladi, lekin rivojlanishi faoliyat jarayonidan boshqacha muhitda yuz bermagandek, qobiliyat tegishli yaqqol faoliyatdan ajralmagan holda paydo bo’la olmaydi.
Psixologiyaning asosiy metodlari
ASOSIY METODLAR
|
Asosiy metodlarning variantlari
|
KUZATISH METODI
|
Tashqi (ob’ektiv kuzatish)
Ichki (sub’ektiv, o’z-o’zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtirilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
|
SO’ROЈ METODLARI
|
Og’zaki so’roq
YOzma so’roq
Erkin so’roq (suhbat) Standartlashtirilgan so’roq
|
TESTLAR METODI
|
Test-so’rov
Test-topshiriq
Proektiv test Soqiometrik test
|
EKSPERIMENT
|
Tabiiy eksperiment Laboratoriya eksperimenti
|
MODELLASHTIRISH
|
Matematik modellashtirish Mantiqiy modellashtirish
Texnik modellashtirish Kibernetik modellashtirish
|
Kuzatish metodi tabiiy metodlar jumlasiga kiradi. Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib, kuzatish orqali ma’lumotlar to’plash usulidir. O’z-o’zini kuzatish esa odam o’zida kechayotgan biror o’zgarish yoki xodisani o’zi o’rganish maqsadida ma’lumotlar to’plash va qayd etish usulidir.
Eksperiment metodi Professor A.F.Lazurskiy (1874—1917) tomonidan eksperimental metodning alohida turi — tabiiy eksperimental metod 1910-yilda ishlab chiqilgan. Eksperimentning bu turidan bizda bolalar psixolo-giyasini o`rganishda, pedagogika masalalarini, ayniqsa, ta'lim psixo-logiyasi masalalarini ishlab chiqishda keng va unumli foydalanil-moqda.
So’rovnoma metodi ham psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an’anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.
Og’zaki so’roqni yoki ba’zan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o’tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko’rgach so’roq o’tkazadi. Agar mabodo uning professional mahorati yoki tajribasi bunga etarli bo’lmasa, so’rov o’z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so’rovchi ushbu metod yordamida inson ruhiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob ma’lumotlarni to’plash imkoniga ega bo’ladi.
Yozma so’roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o’zida ko’pgina odamlar fikrini o’rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o’z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so’rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo’lsa, shubxasiz, qimmatli birlamchi materiallar to’planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |