O‘quv-uslubiy



Download 0,83 Mb.
bet12/74
Sana06.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#748191
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
Falsafa majmua 2020 Mir

Bilish ob’ekti. Tadqiqotchi-olim, faylasuf, san’atkor va boshqalarning, umuman insonning bilimlar hosil qilish uchun ilmiy faoliyati qaratilgan narsa, hodisa, jarayon, munosabatlar bilish ob’ektlari hisoblanadi. Bilish ob’ektlari, moddiy ma’naviy, konkret, mavhum, tabiiy va ijtimoiy bo‘lishi mumkin. Bilish ob’ektlari eng kichik zarralardan tortib ulkan galaktikagacha bo‘lgan borliqni qamrab oladi. Bilish ob’ektlariga asoslanib bilim sohalari tabiiy, ijtimoiy gumanitar va texnik fanlarga ajratiladi.
Bilish sub’ekti. Bilish bilan shugillanuvchi kishilar va butun insoniyat bilish sub’ekti hisoblanadi. Ayrim olingan tadqiqotchi-olimlar, ilmiy jamoalar, ilmiy tadqiqot institutlari ham alohida bilish sub’ektlaridir. Ilmiy faoliyat tabiat va jamiyat mohiyatini bilishgagina emas, balki insonning o‘zi ayni bir vaqtda ham bilish ob’ekti, ham bilish sub’ekti sifatida namoyon bo‘ladi.
Bilishning maqsadi. Ilmiy bilimlar hosil qilishdangina iborat emas, balki bilish jarayonida hosil qilingan bilimlar vositasida insonning barkamolligiga intilish, tabiat va jamiyatni insoniylashtirish tabiiy va ijtimoiy garmoniyaga erishishdir. Fan-fan uchun emas, balki inson manfaatlari uchun xizmat qilishi lozim. Inson ilmiy bilimlar vositasida ma’naviy barkamollikka erisha borgani sari ilm-fan qadriyat sifatida e’zozlana boshlaydi. Fanning har tomonlama rivojlanishi bilan turli ilm sohalarining hamkorligi kuchayadi, butun ilmiy jamoalar bilish sub’ekti, yangi ilmiy kashfiyotlar ijodkoriga aylanadilar.
Bilish predmeti. Sub’ektning bilish faoliyati qamrab olgan bilish ob’ektining ayrim sohalari va tomonlari bilish predmetidir. Fanning grganish sohasi tobora konkretlashib boradi. Tabiatshunoslik fanlarini bilish predmetiga qarab botanika, zoologiya, geografiya, ixtiologiya va boshqa sohalari vujudga kelgandir. Tadqiqot predmeti fanlarni bir-biridan farqlashga imkon beradigan muhim belgidir.
Bilish darajalarini shartli ravishda: quyi, yuqori va oliy darajaga ajratish mumkin. Bilishning quyi darajasi barcha tirik mavjudotlarga xos bo‘lib, hissiy bilish deyiladi. Hissiy bilish sezgilar vositasida bilishdir.
Insonning sezgi a’zolari (kgrish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish, teri sezgisi) boshqa mavjudotlarda bo‘lgani singari uning narsaga xos xususiyat, belgilarini farqlash, tabiiy muhitga moslashish va himoyalanish uchun yordam beradi. Bilishning yuqori bosqichi faqat insonlargagina xos bo‘lib, aqliy bilish (ratsional bilish) deyiladi. Agar inson o‘z sezgilari yordamida narsa va hodisalarning faqat tashqi xossa va xususiyatlarini bilsa, tafakkur vositasida narsa va hodisalarning ichki mohiyatini bilib oladi. Mohiyat hamisha yashirindir. U doimo hodisa sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir hodisada mohiyatning faqat bir tomonigina namoyon bo‘ladi. Shu sababdan hodisa aldamchi va chalgituvchidir. Binobarin, inson sezgilarining biron-bir narsa yoki hodisa haqida bergan ma’lumotlari hech qachon uning butun mohiyatini ochib bera olmaydi.
Tushuncha. Aqliy bilish yoki tafakkur vositasida bilish hissiy bilishni inkor etmaydi, balki sezgilar vositasida olingan bilimlarni umumlashtirish, tahlil qilish, sintezlash, mavhumlashtirish orqali yangi hosil qilingan bilimlardan tushunchalar yaratiladi.
Tushunchada insonning hissiy bilish jarayonida orttirgan barcha bilimlari mujassamlashadi. Tushuncha aqliy faoliyat mahsuli sifatida vujudga keladi. Narsa va hodisalar mohiyatiga chuqurroq kirib borishda tushuncha muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Aqliy bilish hissiy bilishga nisbatan ancha murakkab va ziddiyatli jarayondir. Aqliy bilishda narsa va hodisalarning tub mohiyatini bilish uchun ulardan fikran uzoqlashish talab etiladi. Masalan, insonning mohiyati uning sezgi a’zolarimiz qayd etadigan kelishgan qaddi-qomat, chiroyli qoshu-ko‘zi, ijodkor qgli, oyoqlari bilan belgilanmaydi. Insoning mohiyati avvalo, uning aql va tafakkurga, yaratish qudratiga, mehr shafqat hissiga, mehnat qilish, so‘zlash qobiliyatiga ega ekanligida namoyon bo‘ladi.
Inson tushunchasi o‘zida insoniyatning kgp asrlar davomida orttirgan bilimlarining mahsuli sifatida shakllandi. Har bir fan o‘ziga xos tushunchalarni yaratadi va ular vositasida mohiyatni bilishga intiladi. I.Kantning fikricha narsalarning mohiyati so‘z va tushunchalarda mujassamlashadi. Ya’ni biz so‘z va tushunchalarni o‘zlashtirish jarayonida biron-bir bilimga ega bo‘lamiz. Har bir inson dunyoga kelar ekan tayyor narsalar, munosabatlar bilan bir qatorda tayyor bilimlar olamiga ham kirib boradi.
Hukm. Aqliy bilish narsa va hodisalarga xos bo‘lgan belgi va xususiyatlarni tasdiqlash yoki inkor etishni taqozo qiladi. Tafakkurga xos bo‘lgan mana shu tasdiqlash yoki inkor etish qobiliyatiga hukm deyiladi. Hukmlar tushunchalar vositasida shakllanadi. Hukmlar yangi bilim hosil qilishga imkon yaratadi, ular vositasida narsa va hodisalar mohiyatiga chuqquroq kirib boriladi. Shunday qilib, hukm narsa va hodisalarni tub mohiyatini ifodalovchi eng muhim belgi va xususiyatlar mavjudligini yo tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Masalan, "inson aqlli mavjudotdir", degan hukmda insonga xos eng asosiy belgi aqlning mavjudligini tasdiqlayapti. Biroq inson shunday mavjudotdirki, uning mohiyati faqat aqlli mavjudot ekanligi bilan cheklanmaydi. Chunki, qirgin barot urushlar, ekologik inqirozlar aqlli mavjudot bo‘lgan insonlar tomonidan amalga oshirildi. "Inson axloqli mavjudotdir". Inson to‘g‘risidagi hozirgi zamon fanning muhim xulosasi ana shu.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish