O‘quv-uslubiy



Download 0,83 Mb.
bet9/74
Sana06.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#748191
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Bog'liq
Falsafa majmua 2020 Mir

Alohidalik, xususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik-olamdagi alohida individual tarzda namoyon bo‘layotgan narsa va hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraklashgan holda namoyon bo‘lishidir. Alohidalik va umumiylik o‘rtasidagi bog‘lanish, aloqadorlik va munosabat "xususiylik" kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo‘lib hisoblanadi. Ikkinchidan, "alohidalik", "xususiylik", "umumiylik" narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo‘lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo‘lish shaklidir. Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka gtish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masaslan: bozor iqtisodiyoti munosabatlariga gtish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo‘lsa ham bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni taqozo qiladi.
Alohidalikning umumiylikdan farqini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarni qgllash bozor strategiyasi va taktikasinining milliy xususiyatlarini belgilashga yordam beradi. Alohidalik yoki ba’zi falsafiy adabiyotlarda kgrsatilganidek, yakkalikni muayyan xossa hamda xususiyatga ega bo‘lgan narsa va hodisalarning makon va zamondagi chegaralangan konkret holati, boshqacha qilib aytganda, har qanday hodisa va narsalarning ichki sifat muayyanligi, individualligi deyish mumkin.
Antik falsafada alohidalik kategoriyasining mazmuni muayyan turg‘unlikka ega bo‘lgan birlik sifatida qaralgan (Aflotun, Arastu).
Hegel alohidalikni voqealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo‘lish momenti sifatida qaraydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini mutloqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudga kelishi mumkin. ( Bu haqda "Osiyosentrizm" va "Yevropasentrizm " to‘g‘risida eslash kifoya).
Vaholanki, umuminsoniyat sivilizatsiyasining tadrijiy rivojlanishida har bir xalq, millat o‘z grni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizatsiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutloqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarga asoslangan bo‘lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sabablardan biri edi.
Alohidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab voqelikning alohidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga kgra, har qanday sistema o‘z tarkibidagi nisbatan yangi alohida hodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo‘la olmaydi. Shunday qilib, alohidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va hodisalarda alohidaliklarning konkret xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi alohidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning tglaqonli bo‘lishini ta’minlaydi. Masalan: muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o‘ziga xos bo‘lgan ygnalishlarni vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy, ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida "iqtisodiy madaniyat", "huquqiy madaniyat", "siyosiy madaniyat", "ekologik madaniyat" va boshqa nisbatan mustaqil ygnalishlarga asos bo‘lgan. Bu madaniyat ygnalishlari nisbatan mustaqil bo‘lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizatsiyasidan kelib chiqqan bo‘lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi. Falsafaning bu kategoriyasi bilan "butun", "qism", "struktura", "sistema", "element" kategoriyalari o‘rtasida uzviy bog‘liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni "alohidalik", "xususiylik", "umumiylik" narsa va hodisalar rivojlanish jarayonidagi bog‘lanish, aloqadorlik munosabatlarning yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo‘lsa, "butun", "qism", "struktura", "sistema", "element" kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi bog‘lanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni-umumiylik qismni yoki elementni alohidalik tarzida olib qarash holatlari uchraydi. Shuningdek muayyan gxshashlik bo‘lishiga qaramasdan sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui bo‘lishi ham mumkin. Umuman, narsa va hodisalarni tarkibiy jihatdan "butun", "qism", "elementlarga" ajratish bilishga xos hodisa bo‘lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga kgra, yuqorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak. Sistema-grekcha so‘z bo‘lib, ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. Sistema narsa va hodisalarning bog‘lanishlari aloqadorligi va munosabatlarning tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi.
Struktura esa narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida tuzilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish aloqadorligi va munosabatidir.
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik munosabat jihatlarini ta’minlaydigan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy munosabatlarning konkret kgrinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan manfaatlari va ehtiyojlariga kgra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni tashkil qiluvchi muhim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistema ekanligini kgramiz. Shunga kgra, sistema struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. Shuning uchun "sistema", "struktura", "element" kabi falsafiy kategoriyalar narsa hodisalarni bilishga sistemali yondashish strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik asosi bo‘lib hisoblanadi.
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning mazmun va shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish