O‘quv-uslubiy



Download 0,83 Mb.
bet2/74
Sana06.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#748191
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
Falsafa majmua 2020 Mir

BIRINCHI MODUL
O‘QUV MATERIALLARI
1-Mavzu: Falsafaning fan va dunyoqarashga doir moxiyati
Reja:

  1. Falsafa ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli ekanligi.

a) Falsafa va boshqa fanlar.

  1. Dunyoqarash va uning tarixiy shakllari.

a) Falsafaning asosiy, vazifalari, sohalari.

Yurtimizda demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Harakatlar Strategiyasi hayotni yangicha fikrlash asosida tushuntiradigan nazariy bilimlarga ehtiyoj tug‘diradi. Bu xol donolik ilmi hisoblangan falsafani taqozo etadi. Chunki jamiyat eskicha yashashdan yangisiga o‘o‘zgarsa falsafa qanday yashash, qaysi yo‘ldan borish, faoliyatni nimaga qaratilishi kerak, odamlarining orzu umidi, yashashning maqsad- ma’nosi nimadan iborat, inson dunyoni nima maqsadda o‘rganadi, inson-dunyo, inson-jamiyat kabi masalalarni qanday biladi kabi savollarga javob qidiradi, hamda shu asosida nazariy fikrlar tizimini ishlab chiqadi. Falsafa fikrlash ilmiy sifatida barcha fanlarning mutaxasssisi uchun uslubiy asosdir.


Inson tabiatida olam va o‘zining kelib chiqishi, mohayat va mazmuni, yashashjdan maqsad va ma’no kabi muammolarni antik dunyodan bilishga qizikkan. Qadimgi davrda falsafa barcha nazariy fikrlarni, ma’naviy hayotning hamma tomonlarini qamrab oluvchi fikrlash tizimi sifatida paydo bo‘lgan. Shu ma’noda filosofiya yunoncha fileo-sevaman, sofiya donolik so‘zlaridan olingan bo‘lib, unga donolikni sevish, donishmandlik bilan shug‘ullanish deb qaralgan. Donolikni mohiyati: har qanday savolga to‘g‘ri javob topa bilish, yani predmetlarning kelimb chiqishi, rivoji va uning oqibatlarini anglash, munosabatlarda maktov va tanbexni har bir kishiga o‘lchovini bilish kabi murakkab jarayonlarni tahlilidir.
Aytishlaricha, Pifagor o‘zini «Faylasuf» deb atagan birinchi shaxs. Zamonasining zolim hukmdori buyuk donishmand Platonni o‘ziga maslahatchi qilib olgan. Kunlardan bir kuni jahli chiqib, uni bozorda qul sifatida sotib yuborishni buyurgan. Bozorda Pifagorning shogirdlaridan biri uni sotib olgan va ozod qilgan. Shunda o‘sha hukmdor bu voqeani eshitib, «Pifagor kim?» deb so‘raganda, u g‘urur bilan, «Men faylasufman» deb javob bergan va falsafa ma’naviyatning yuksak shakli ekanligini ko‘rsatib bergan. U yunon olimpiya o‘yinlariga keluvchilar orasidagi tomosha va zavq olish uchun keluvchilarni faylasuf degan.
Falsafa bilimlar tizimi, ma’naviyatning turli sohalarini qamrab olgan. Masalan: fan haqiqat, din e’tiqod, huquq adolat, axloq yaxshilik, san’at go‘zallik, siyosat davlat bilan shug‘ullansa, falsafa donolik bilan shug‘ullanadi. Haqiqatga erishish yo‘llari, ishonch va e’tiqod masalalari, adolat mezoni, yaxshilik tamoyillari, go‘zallik qoidalari, davlat tizimi kabi masalalarni donolik darajasida tadqiq qiluvchilarni faylasuflar deb atab kelganlar. Hozirgi kunda ham o‘z sohasining yuksak bilimdonlarini faylasuflar deb atashadi.
Qadimgi yunon faylasufi Diogendan (taxminan e.o.400-325 y.) «Donishmand kim?»,-deb so‘rashganda, u: «Haqiqiy donishmand xudodir, biz donishmandlikni sevguvchilarmiz»-degan. Demak donishmandlikni sevguchilar donolik tafakkuri bilan dunyoni, o‘zligini bilishga intiluvchilardir. Sokrat (e.o. 470-399y) o‘z-o‘zini yerga urish tubanlashish - o‘zligini anglash, o‘zligini yuqori tutish esa donishmandlikdir, degan edi. Demak insonni tubanlik, razillikdan yuksaklikka, insoniy barkamollikka ko‘taruvchi barcha narsalar donishmandlikdir.
Donishmandlik o‘zligini, o‘z mohiyatini bilish orqali dunyoni inson, insoniyat, insoniylik ko‘zgusi bilan anglab yetishdir. Shunday bo‘lsada birinchi nomerli faylasuf sifatida Fales tan olingan. Chunki u ilk bora olamning birinchi sababi nima ekanligini savol sifatida kun tartibiga qo‘yib unga suv deya javob bergan. Anaksiman xavo desa Anaksimendr apeyron, Geraklit esa olov bilan asoslagan.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish