O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“IJTIMOIY FANLAR”
kafedrasi
FANINI O‘QITISH BO‘YICHA
O‘QUV-USLUBIY MAJMUA
Bilim sohasi:
|
100000 - Gumanitar soha
|
|
300000 - IShlab chiqariSh texnik soha
|
|
400000 - QiShloq,o’rmon va baliq xo’jaligi
|
Ta’lim sohasi:
|
230000 - Iqtisod
|
|
310000 - Muhandislik iShi
|
|
320000 - IShlab chiqariSh texnologiyalari
|
|
410000 - QiShloq o’rmon va baliq xo’jaligi
|
|
150000 - San’at
|
NAMANGAN – 2019
Ushbu o‘quv-uslubiy majmua “Ijtimoiy fanlar” kafedrasining 2019 yil _____________ dagi __-sonli yig‘iliShida muhokama qilingan hamda Institut Kengashining 2019 yil __-___________ dagi __-sonli yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan va __-sonli bayonnoma bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchilar:
Nasretdinova D.–NamMTI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
Mahmudov A. B. – NamMTI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi assistenti.
Taqrizchilar:
Alixanov M. M.– NamMTI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri t.f.n.,dots.
Qozoqov T. – NamDU t.f.n., dots.
Mundarija
O‘quv materiallari.............................................................................4-140
Seminar mashg‘ulotlari materiallari ..........................................141-157
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari.....................................................158-159
Glossariy.........................................................................................160-173
Ilovalar............................................................................................174-192
I. O‘quv materiallari.
1-mavzu:
Dinshunoslik faniga kirish (2 soat)
Reja:
Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari
Dinshunoslik fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
Dinshunoslik fanining yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti.
Dunyo xaritasida mavjud mamlakat borki, unda yashovchi xalqlarning o‘z dini, urf-odatlari va an’analari mavjud. Ana shu qadriyatlar xalqlarning YuriSh-turiShi, kundalik faoliyati va umuman hayot tarzini belgilaShda asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. «Dinshunoslik» fani ana shu muhim omilni tadqiq etib, tahliliy o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarga diniy va milliy qadriyatlarning tarixan mushtarakligi, ularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg‘unligini tushuntirish, ularda diniy bag‘rikenglik madaniyatini, dinga nisbatan to‘g‘ri yondashuvni shakllantirish va jamiyat uchun yuksak ma’naviyatli kadrlarni tayyorlashdan iborat.
Mustaqillik davrida jahonda xalqlarining dinlari haqida keng ma’lumot oliSh, ularning qadriyatlarini o‘rganish imkoniyati yuzaga keldi. Natijada, Dinshunoslik fani izchillik bilan rivojlana boshladi. Bunda, ajdodlarimiz qoldirgan boy ilmiy-ma’naviy merosni o‘rganish bilan birga shu kunga qadar chet ellarda amalga oShirilgan izlanish va tadqiqotlarning natijalaridan unumli foydalanish zarurati paydo bo‘ldi.
«Dinshunoslik» fani dinni tanqid qilish yoki ko‘r-ko‘rona maqtash maqsadida emas, balki dinni tarixiylik, xolislik asosida turli xalqlar hayotida tutgan o‘rnini ilmiy jihatdan, ma’naviy hayotning bir bo‘lagi sifatida yondoshib o‘rganadi.
“Dinshunoslik” fanining vazifasi – talabalarga hozirgi davrdagi dinlarning ma’lum xalq hayotida tutgan o‘rni haqida umumiy nazariy tushunchalar berish, ularning davlat va din munosabatlari, dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi va madaniyati to‘g‘risidagi tasavvurlarini boyitish, shu bilan birga:
dinning jamiyatga ijtimoiy, ma’naviy, ruhiy ta’siri haqida bilimlar berish;
ibtidoiy diniy tasavvurlar, milliy va jahon dinlari ta’limotlari haqida ma’lumot berish;
dinning mohiyati va uning kishilik jamiyati taraqqiyotidagi turli tarixiy bosqichlarda tutgan mavqei haqida tushuncha berish;
jamiyatni ma’naviy jihatdan kamol toptirishda diniy qadriyatlarning ahamiyatini yoritish;
dunyoviy davlat va dinning o‘zaro munosabatlarini yoritib berish;
diniy aqidaparastlik, ekstremizm va fanatizm kabi salbiy illatlar mohiyatini yoritish va ularga qarshi g‘oyaviy immunitetni shakllantirish;
O‘zbekiston Respublikasida dinga nisbatan munosabatning tubdan o‘zgarganligi, xususan, islom dini qadriyatlarini tiklash yo‘lida qilinayotgan ishlar haqida keng tasavvur hosil qilish.
“Dinshunoslik” fanining amaliy ahamiyati shunda ham ko‘rinadiki, u talabalarda barcha dinlar qadriyatlariga hurmat bilan qarash, ularni qadrlash madaniyatini tarbiyalaydi.
Dinshunoslikning tarix, falsafa, psixologiya, sotsiologiya, arxeologiya va boshqa ijtimoiy fanlar bilan mustahkam bog‘liqligi uning nazariyasini boyitishga xizmat qiladi.
Dinshunoslikning qator fanlar bilan o‘zaro munosabatga kirishshi natijasida uning turli sohalari yuzaga keldi. Ulardan asosiylarini quyida keltirib o‘tamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |