1.
Din insoniyat ma’naviy hayotining tarkibiy qismidir. O‘zbekiston Respublikasida ziyolilar oldiga ma’naviy barkamol insonni shakllantirish vazifasi qo‘yilgan bir paytda din masalasini chetlab o‘tish mumkin emas. Mazkur masalani hal etishda ilgarigi dinga agressiv hujum etish uslubining salohiyatsizligi hammaga ochiq-oydin. Lekin keyingi paytda paydo bo‘lgan diniy bo‘lmagan masalalarni diniy deb atash, har qanday, hatto bir-biriga zid bo‘lgan, fikrlarni tahlil qilmasdan turib maqtash uslubi ham o‘zini oqlamaydi. Demak, ushbu masalaga prinsipial, professional, ilmiy yondashuv darkordir.
O‘zbekiston Rossiya imperiyasi va Sovet Ittifoqi tarkibida bo‘lgan va jahon hamjamiyatidan ajratilib yashagan bir davrda, G‘arbda X1X asrning o‘rtalarida vujudga kelgan dinshunoslik fani ancha yo‘l bosib o‘tib, ko‘plab ilmiy natijalarga erishdi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston tadqiqotchilari bu yangi soha bilan yaqindan tanishib, mutaxassis-kadrlarni tarbiyalay boshladilar.
Din - e’tiqod hamdir, bu esa har bir kishining shaxsiy ishi. Lekin shaxsni har qanday missioner tashkilotlar ixtiyoriga ham tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. Ozod jamiyatda har bir inson o‘z shaxsiy munosabatini belgilab olishi uchun unga har tomonlama, boy, xolis-ilmiy axborot zarur. Bunday axborot ko‘p qirrali bo‘lmog‘i, birovning g‘arazli sharhisiz asl matnlar shaklida bo‘lsa maqsadga muvofiqdir. Eskirgan ma’lumotlar asosida mutaxassis bo‘lmagan mualliflar tomonidan yozilgan asarlar hozirgi zamon axborot erkinligi va uning etib kelishi oson bo‘lgan sharoitlarda o‘quvchilarning ko‘z o‘ngida mazkur mualliflarning obro‘sizlanishiga yoki o‘quvchini noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lib qolishiga olib keladi.
Din va Qonun o‘zaro munosabatlarini yaxshi bilish demokratik jamiyat poydevorini mustahkamlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni turli diniy jamoa a’zolarining huquqlari, majburiyatlari haqida to‘la ma’lumot beradi. O‘quvchilarda qonunga hurmat hissini, o‘zininggina emas, boshqalarning ham diniy his-tuyg‘ularini hurmat qilish, tushunishga harakat qilish, o‘z shaxsiy fikrlarini boshqa kishilarga tazyiq bilan o‘tkazish g‘ayriqonuniy xatti-harakat ekanligi, jamoat joylarida diniy masalalarda zo‘ravonlik, tajovuzkorlikka yo‘l qo‘ymaslik dunyoqarashini shakllantiradi.
O‘zbekiston Respublikasi jahon hamjamiyatiga kirib borayotgan bir sharoitda uning fuqarolari turli konfessiyalar vakillari bilan muloqot etishning yuksak madaniyatiga ega bo‘lishi ham juda muhimdir.
2. Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo‘lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo‘lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo‘lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo‘lishi bilan bevosita bog‘liq», degan fikrdir.
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo‘ladi. E.Taylor kabi evolyusion yo‘nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko‘ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o‘z-o‘ziga borliq, o‘zini o‘rab turgan olamning paydo bo‘lishi va o‘zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo‘lmagan. Shundan so‘ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo‘lgan».
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolg‘onchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo‘ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o‘ylab topgan narsasi bo‘lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsepsiyasi bo‘yicha «ibtidoiy odam yolg‘iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo‘lgan. U o‘z oldiga ulkan savollarni qo‘ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo‘lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy gruppa, qabila, urug‘, xalqqa tegishli edi».
Dinning kelib chiqishi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan», degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko‘ra, «din - bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o‘z-o‘zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin», deydilar.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo‘ldi. Shuning uchun ham dinni o‘rganish - bu insoniyatni o‘rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo‘lmasligini tarixning o‘zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo‘q bo‘lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm xayoliy narsayu, din doimiy ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
3. Dinshunoslik – kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichida paydo bo’lgan barcha din shakllarining ma’nosi, uning ma’naviy, ijtimoiy, gnoseologik, psixologik ildizlarini, ularning tarixi va g’oyalari, ta’limotlari mohiyatini, marosimlari, jamiyat hayotida tutgan o’rni va tamoyillarini ilmiy asosda o’rganuvchi, izohlovchi va o’rgatuvchi fandir. Dinshunoslik XIX asr o’rtalarida G’arbiy Evropada alohida fan tarmog’i sifatida vujudga kelgan. Uning asoschilari – Myuller, Taylor, Tile, Sosse, Freyzerlardir. O’zbekistonda dinshunoslik XX asrning 30-yillarida shakllana boshlagan. Oldin esa faqat islomshunoslik bor edi, xolos. Dinshunoslikni o’rganish g’oyat muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Bular quyidagilardan iborat: - u dinga ob’ektiv, ya’ni xolisona, ilmiy, oqilona baho berishni o’rgatadi; uni ko’klarga ko’tarib, haddan oshirib yubormasdan va ayni vaqtda erga urmasdan baho berishni o’rgatadi; - u din, jumladan islom haqidagi asossiz ta’limotlarni rad etishni, uni buzib, sohtalashtirib baho berishlarning zararli ekanligini isbotlaydi; - dinni hurfikrlilik, ya’ni u haqida erkin fikr yuritish, dinni fandan ustun qo’ymasdan, u bilan yonma-yon turadigan ta’limot deb hisoblab, dindagi real, dunyoviy qadriyatlarga ijobiy baho berib, ulardan foydalanish yo’llarini belgilab beradi; 35 - dindan, jumladan islomdan siyosiy maqsadlarda foydalanishga urinayotgan fundamentalist, aqidaparast, ekstremistlarning asl qiyofasini, maqsadlarini ochib berib, ularga qarshi kurash yo’llari, usullarini o’rgatadi; - talabalarda falsafiy, ilmiy, hurfikrlilik dunyoqarashini shakllantirishga yordam beradi; - mustaqillik yillari diniy, jumladan islomiy qadriyatlarning real imkoniyatlari yaratilib, din va uning qadriyatlari xalqimiz turmush tarzi va ma’naviyatining ajralmas qismi bo’lib borayotganligini asoslab beradi; - xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo’lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda olijanob g’oya va niyatlar yo’lida diniy bag’rikenglik asosida hamkor va hamjihat bo’lib yashab kelganligi va kelayotganligi, uning hayot taqozosi ekanligini ko’rsatib beradi va boshqalar. Dinshunoslik fani orqali talabalar, kishilarning diniy e’tiqodi, dinlar, ulardagi oqimlar va mazxablar, din jamiyatning ajralmas qismi ekanligi xaqida tasavvurga ega bo’lishi lazim. —Dinning umumiy ta’rifi, uning kelib chiqishi, ta’limoti muqaddas manbalari, oqimlari, jahonda mavjud bo’lgan dinlarning umumiy xususiyatlari, dunyo diniy xaritasi, dunyo xalqlarining dinga bog’liq qadriyatlari to’g’risida, din va qonun o’zaro munosabatlari, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar tug’risida"gi qonun haqida habardor bo’lishi — Dinning insoniyat tarixiy taraqqiyotida tutgan o’rni, uning insoniyatga o’tkazgan ijtimoiy - psixologik ta’siri, birlashtiruvchilik, qonunlashtiruvchilik, tartibga soluvchilik, tasalli beruvchilik kabi jamiyagdagi vazifalari, dunyo madaniyati va san’at soxalarining shakllanishida dinning o’rnini xamda buddizm, xristianlik, islom kabi dunyo dinlari va konfutsiychilik, yaxudiylik, hinduiylik kabi millim dinlarning kelib chiqishi, ta’limoti, mukaddas manbalari va hozirgi zamonda tutgan o’rnini, diniy marosimlarni bilishi kerak — Diniy bag’rikenglik tamoyillariga amal qilish, dunyokarashlar erkinligini ta’minlash jarayonida jamiyatning boshka a’zolarini barkamol shaxs sifatida shakllanishiga ko’maklashish, Vataniga va millim kadriyatlarga sadoqatli, har tomonlama yetuk komil insonlarni tarbiyalash tajribasiga ega bo’lishi lozim
5. hu ma’noda dinshunoslik keng qamrovli xususiyatga ega bo‘lib, dinning mavjud barcha jihatlarini umumlashgan holda tahlil qiladi, uning ijtimoiy mavqeini aniqlaydi. Dinshunoslik faniga ehtiyoj yuzaga kelishining yana bir sababi shun-daki, sobiq Ittifoq davrida o‘qitilgan «Ilmiy ateizm» kursi vijdon va e’tiqod erkinligi ta’minlangan mamlakatda o‘z mavqeini yo‘qotdi, diniy e’tiqodga keng imkoniyatlar yaratildi. ... Ilmiy yo‘nalish dinni ijtimoiy hayotning bir sohasi sifatida uning boshqa sohalari bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganadi. U din qanday shakllangan, kishilarda qanday qadriyatlar, normalar va xulq-atvor obrazlarini vujudga keltirishi, diniy tashkilotlarning qanday faoliyat ko‘rsatishi, dinning jamiyatda qanday funksiyalarni bajarishi kabilarni o‘rganadi
6. Din va dinshunoslik atamalarining ta’rifi. Dinning jamiyatdagi o‘rni va vazifasi. Dinlarni tasniflash. ... Din tushunchasiga olimlar tomonidan yuzlab ta’riflar berilgan. Bunda, turli soha va dunyoqarash egalari, o‘z sohalari va qarashlaridan kelib chiqib dinga ta’rif berishgan. Umuman olganda, olimlar muayyan e’tiqod din deb atalishi uchun uch asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan birinchisi, g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. ... -dinning hech qanday o‘rni bo‘lmagan jamiyat; Dinning «funksiya» va «rol» tushunchasini farqlash lozim, ular bir biri bilan bog‘liq, lekin o‘xshash emas. Funksiya - bu dinning jamiyatdagi harakat usuli bo‘lsa, rol - bu funksiyani bajarish natijalarining jami yig‘indisidir
7. Dinning paydo bo'lishini o'rganishda o'sha davrda antropologik maktabning vujudga kelishi muhim bo'ldi. Ushbu maktabning vakillaridan biri L. Feyerbax (1806-1880) dinni tushuntirishda uning yerdagi manbalari va ildizlarini izlab topishga harakat qilgan. ... O'ta kuchli tabiiy ehtiyojlarni ijtimoiy normalar bilan tiyib turish din yordamida mustahkamlanadi. Z. Freydning fikriga ko'ra, tabiiy mayllarning tiyilishi individ psixikasida nevroz holatini vujudga keltiradi. Din ham jamoa nevrozining bir turidir
Do'stlaringiz bilan baham: |