Mazasi qochdi, alamini olda, baloga qoldi, bag’ri tosh, bel bog’ladi, vahima bosdi, gapi bir joydat chiqdi, eng shimardi, joni halqumiga keldi, kalavatshg uchini topdi, nomi chiqdi, oq—qorani tanidi, tili bir qarich, xo’rligi keldi, terisiga sig’madi.
3-topshiriq. Berilgan so’zlarni iboralar bilan almashtiring, ular yordamida gaplar tuzing. Gapirmadi, toza, yuvosh, rahmdil, kutdi, qo’rqdi, chaqqop, ko’p gapirdi, kuvondi.
Namuna: gapirmadi- lom - mim demadi; ko’p gapirdi - jag’i ochildi kabi.
4-topshiriq. Berilgan iboralarni qarama - qarshi ma’noli iboralar bilan almashtiring.
Ko’ngli oq - Qo’li to’g’ri - , Ko’ngli yumshoq -, Ko’ngli butun -...
5-topshiriq. Lug’at daftarchangizda "Iboralar" bo’limi oching. Unga badiiy asarlar ni o’qiyotganingizda uchratgan iboralarni va ularning izohini yozib boring.
Tasviriy ifodalar ham nutq go’zalligini ta’minlovchi asosiy vositalardan biri sanaladi. O’quvchilar mexanik haydovchi» so’zini po’lat ot chavondozi, zapgori kema kapitani,televizor so’zini zangori ekrssh, oynayi jahon, shifokor so’zini salomatlik posboni, ko’mir so’zini qora oltin, pilla so’zini kumush tola, rassom so’zini mo’yqalam sohibi, qushlar so’zini qanotli do’stlar kabi tasviriy ifodalar bilan almashtira olsagina, nutqda undan to’g’ri ia o’rinli foydalanishga erishadi. O’quvchilar nutqini bunday vosita lar bilan boyitishda predmet nomini tasviriy ifoda yoki tasviriy ifodani predmet nomi bilan almashtirish, ularning ma’nolarini sharhlash, tasviriy ifodalarni qatnashtirib, gap va matnlar tuzish o’ta foydalidir.
"So’zshunoslik" bo’limini o’rganishda o’quvchilarnn nutq uslublari bilan tanishtirish. "So’zshunoslik" bo’limi o’quvchilarni nutq uslublari bilan tanishtirishni ham ko’zda tutadi. O’quvchilar maktab darsliklaridan olingan ilmiy matnlarni badiiy matilar bilan taqqoslash, ayni bir narsaning badiiy va ilmiy tasviri orqali nutq uslublari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Buning uchun oddiy nutqda qo’llaniladigan so’zlarni badiiy nutqda qo’llaniladigan so’zlar bilan almashtirish, hosil bo’lgan matnlarni o’zaro qiyoslash, turli uslubdagi matnlarni tahlil qilish, ularning o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash singari ijodiy-amaliy topshiriqlardan foydalanish mumkin. Shuni ta’kidlash lozimki, yaxshi, ravon, aniq va ta’sirchan ifoda uslubini hech bir shaxs uslubshunoslik fanini o’rganish natijasida o’zlashtira olmagan va o’zlashtira olmaydi. Ta’sirchan, aniq uslub tuyg’usi tilning barcha bo’limlarini o’rganish jarayonida, til sathlari birliklarida (tovushlarda, qo’shimchalarda, so’zlarda, sintaktik qurilmalarda) ma’nodoshlik, vazifadoshlik, shakldoshlik munosabatlari asosidagi bog’lanishlarni taqqoslash zaminidagina shakllanadi. Bu ona tili o’qituvchisining hamisha diqqat markazida turishi lozim. Shuning uchun fikrni nutq sharoitiga mos ravishda to’g’ri, ravon ifodalash ko’nikmalarini shakllantirish ona tili ta’limining bosh talabi sanaladi.
Uslubiyat uslubiy ravonlik, xususan, so’z boyligi va so’zlarni to’g’ri qo’llash bilan aloqador ekanligini hisobga olib, tilning lug’at sathini o’rganishni uslubiyat bilan bog’laq holda olib borish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |