Dars rejasini tuzish;
Darsning samaradorligi avvalo rejaning izchilligi, aniq puxtaligiga bog’liq, qolaversa, o’qituvchilar ushbu darsga uyda puxta tayyorgarlik ko’rib kelishiga ham bog’lik. O’qituvchi uchun darsga tayyorlanish eng mas’uliyatli va muhim ish hisoblanadi.
Darsda yuz beradigan har qanday kamchilik va xato unga yaxshi tayyorlanmaslik natijasida sodir bo’ladi.
Darsga tayyorlanish quyidagilarni o’z ichiga oladi:
a). mavzu va uning hajmini aniqlash;
b). mavzu manbalari, qo’shimcha adabiyotdan foydalanib va tanishib chiqish;
v). mavzuning kitobdagi ta’rif – qoidalarini sinchiklab o’qish.
O’qituvchilarga og’irlik qiladigan o’rinlarni izohlash;
g). dars rejasini tuzish;
d). darsni o’tkazish metodini tanlash;
e). darsning maqsad va vazifalariga xos ko’rgazmali qurollar tayyorlash
yo). Darsning oldingi va keyingi mavzular bilan bog’lik tomonlarini ochish;
j). darslik bilan ishlashga vaqt ajratish;
z). Uy vazifasini tekshirish metodini belgilash;
i). O’quvchiga beriladigan savollarni tuzish;
y). Javob berishga chiqadigan o’quvchilarni belgilab olish;
k). uyga beriladigan vazifani belgilash.
Dars rejasida o’qituvchining ish mazmuni o’z ifodasini topishi lozim.
Bir soatlik darsning kundalik reja tarxi (Namuna)
MAVZU:
Darsning maqsadi :
Darsning jihozi :
Darsning borishi :
1. Tashkiliy qism : 2 minut.
2 .O’tilgan mavzuni so’rash : 10 minut.
3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash : 3 minut.
4. Yangi mavzu bayoni: 10 minut.
5. Yangi mavzuni mustahkamlash: 5 minut.
6. O’quvchilar bilimini izohlab baholash : 5 minut.
7. Uyga vazifa: 5 minut.
Dars rejasida o’qituvchining ish mazmuni va hajmi o’z ifodasini topishi lozim.
NAZORAT test TOPShIRIQLARI :
1. Ta’lim – tarbiya ishiga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1X sessiyasi qachon bo’lib o’tgan ?
A. 1998 yil sentyabr.
B. 1997 yil 29 avgust.
V. 1996 yil 29 iyun.
G. 1999 yil 6 sentyabr.
D. Noaniq.
2. Yoshlardagi qaysi fazilatlar yangi texnologiya bo’yicha eng muhim sanaladi.
A. Mustaqillik, ijodkorlik.
B. Topqirlik, zukkolik.
V. Kamtarlik- oqillik.
G.Tashqilotchilik.Mexnatsevarlik
D.Barcha javoblar to’g’ri.
3. Bir soatlik dars-yirik bir asardir, iborasining mazmuni qaysi qatorda batafsil berilgan ?
A. eng avvalo o’qituvchining o’zi mustaqil fikrlashi, ijodkor bo’lishi lozim.
B. tarbiya berish uchun, o’qituvchi o’zi tarbiyalangan bo’lishi lozim.
V. dars o’qituvchining ijod mahsulidir.
G. a va v javoblar to’g’ri.
D. to’g’ri javob yo’q.
Dars o’qituvchidan avvalo nimani talab qiladi? A. puxta tayyorgarlikni.
B. reja aosida ish ko’rishni.
V. puxta va batafsil yozilgan ish rejasini.
G. sinf bilan yakindan munosabatda bo’lishni.
D. b va v javoblar to’g’ri.
Darsga tayyorgarlik nimalarni o’z ichiga oladi?
A. mavzu va uning hajmini aniqlash.
B. dars rejasini tuzish.
V. ko’rgazmali qurollar tayyorlash.
G. darslik bilan ishlashga vaqt ajratish.
D. barcha javoblar noto’g’ri.
Bir soatlik darsning reja-tarxida aks etishi kerak bo’lgan qismlar.A. tashqiliy qism.
B. yangi texnologiya asosida mavzu bayoni.
V. o’quvchilar bilimini baholash.
G. uyga vazifa.
D. barcha javoblar to’g’ri.
MAVZUGA OID ILMIY MUAMMOLAR:
Reja va dasturlarning yangi pedagogik texnologiya asosida yaratish.
Dars samaradorligi davr talabi.
XULOSALAR VA ULARNI MUSTAHKAMLASh:
Har bir o’qituvchining tuzayotgan reja va dasturiga O’zbekiston respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni asos bo’lib xizmat qilishi kerak.
Mustaqil O’zbekistonning kelajagini ta’minlash uchun yoshlar har tamonlama etuk va barkamol bo’lib etishlari uchun bor kuchimizni ayamasligimiz shart. Bu, eng avvalo, o’qituvchilarning reja va dasturlarida aks etishi shart. Sifatli tuzilgan reja va dasturlar – dars samaradorligini oshiruvchi omil.O’qituvchining sifatli o’tgan bir soatlik darsi esa yirik bir asardir. O’qituvchi ijodkor, artist, kashfiyotchi va bilimdon bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |