Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar :
Reja. Dars. Dastur. Nazariy bilim. Amaliy ishlar. Davr talabi. Yangi dastur va rejalar. Bir soatlik dars. Dars samaradorligi.
Mavzuga oid asosiy muammolar:
Dars samaradorligini oshiruvchi omil.
Reja va uning turlari.
Yangi dastur va rejalar davr talabi.
Dars maqsadi :
Reja, dasturlar dars samaradorligini belgilovchi omil ekanligini ochib berish.
Reja va dasturlarning zamon talabiga qarab takomillashib borishi
Identiv o’quv maqsadlari:
Reja va dasturlar haqida tushuncha beradi.
Rejalarning mazmun va mohiyatini izohlab beradi.
Reja va uning turlarini tahlil qiladi.
Rejada amaliy ishlarga alohida o’rin ajratish lozimligini tushuntiradi.
Reja- dars samaradorligini oshiruvchi omil ekanligi haqida xulosa
Ona tilidan o’quv ishlari o’quv rejasi va dasturlariga muvofiq tashqil etiladi Atroflicha o’ylab tuzilgan reja esa o’qituvchi mehnatini engillashtiradi.
Prezdentimiz I. A. Karimov o’zining “Barkamol avlod- O’zbekiston taraqqiyotining poydevori” asarida. “O’qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin, deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berish uchun, avva-lo, murabbiyning o’zi ana shunday bilimga ega bo’lishi kerak”deb aytgan edi.
Shuningdek, o’quv dasturi va rejalarini ham zamonaviy talablarga moslashtirib, istiqbol va kelajagimizni ko’zlagan holda tuzimiz va joriy etishimiz zarur. Bugun ishlatilayotgan o’quv dasturlarimizning zaif tomon-larini albatta inobatga olishimiz darkor” deb bejiz aytgani yo’q.
Ona tili ta’limining samaradorligi ko’p jihatdan o’quv materialining to’g’ri rejalashtirilishiga bog’liq. Shuning uatun metodbirlattgma har bir bo’limga ajratilgan soat miqdori hamda uning mavzular bo’yicha taqsimoti-ga, nutq o’stirishga ajratilgan soatlarning o’quv yili davomida to’g’ri joylashtirilishiga, joriy, oraliq va yakuniy nazoratning to’g’ri tashkil etilishiga e’tibor qaratish lozim. Ona tili o’qituvchisi mavzuiy ish rejasini tuzishda quyidagilarga amal qilishi kerak:
-har bir sinfda ona tilini o’rganishga ajratilgan haftalik va yillik soat miqdori (mas., 5-sinfda xaftada 6 soat, 1 yilda - 202 soat) ;
-muayyan bo’limni o’rganishga ajratilgan soat miqdori yirik mavzularning ichki bo’linishi);
- egallangan bilimlarning malaka va ko’nikmaga aylanishi;
- nazorat harakteridagi yozma ishlarning o’quv yili davomida to’g’ri taqsimoti;
-o’quv choraklari (1 chorak 2 sentyabridan 13 noyabrgacha-9 hafta; 2 chorak 11 noyabrdan 29 dekabrgacha -7 haftayu 2 kun; 3 chorak 11 yanvardan 20 martgacha —9 haftayu ;z kun; 4 chorak 1 apreldan 25 maygacha -7 xaftayu 3 kun);
- maktab ta’tillarini (kuzgi ta’til - 4 noyabrdan 11 yaoyabrgacha; qishki ta’til 30 dekabrdan 10 yanvargacha; bahorgi ga’til 21 martdan 1 aprelgacha);
- yil taqvimining xususiyatlari (yil davomida o’tkaziladigan tantana , bayramlarning qaysi kunga to’g’ri kelishi).
Maktabda ona tilidan o’quv metodik majmua yaratish ham metodbirlashma zimmasiga yuklatiladi. "Ona -tili" darsliklari, lug’atlar, o’quv qo’llanmalaridan torgib, turli xil dagi tarqatma materiallar, rasmlar, jadvallar, audio video dasturlar, yozib olingan nutq namunalari ana shu majmuani tashkil etadi. Shubhasiz, bularni yaratish uchun ona tili o’qituvchilari va o’quvchilarning hamjihatlik bilan ishlashlari talab etiladi. Bu murakkab ishni amalga oshirish uchun har bir sinfda ko’rgazmali qurollar, tarqatma materiallar1 tanlovini o’tkazish foydalidir.
Metodbirlashma faoliyati maktabda oaa tili kabinetini jihozlashga ham mutasaddidir. Kabinet mudirligi metodbirlashma topshirig’i bilan tajribali o’qituvchilarning biriga yuklatiladi.
Ona tili kabineti zamonaviy texnika vositalari, mashxur tilshunos —olimlarning portrstlari, donolarning til haqida aytgan xikmatli so’zlari, DTS talablari, tahlil namunalari, o’quvchilarning diktant, bayon va insho yozishlari uchun esdalik kabilar bilan jiaozlangan bo’ligan, o’quv- metodik majmuani o’aida mujassamlashtirishi lozim.
Ona tili kabinetida ish qog’ozlaridan namunalar bo’lsa, o’quvchilar uchun ancha foydali bo’ladi. Metodbirlashma ona tili kabinergani zarur o’quv - tadrijiy qo’llanmalar bilan ta’minlatga alohida e’tibor bershpi lozim. Vu o’qituvchilarning dars mashg’ulotlariga tayyorlanishiga, o’z ustida ishlash-lariga yordam beradi. Makgabdaorfografik va nutq rejimiai joriy etishda ham onatili o’qituvchilari metodbirlashmasining xizmati katta. o’quv fanlaridan dars beradigan o’qituvchilarning imlo, punkuatsiyag talaffuz va nutqqa katta e’tibor berishlari, o’quvchilarning yo’l qo’ygan imloviy, ishoraviy va nutqiy xatolarini o’z vaqtida tuzatib borishlari, daftarlar yuzidagi yozuvlarning yagona talablar asosida bo’lishi juda katta amalii ahamiyatga ega. Bu ishlarni yo’lga qo’yishda, birinchidan, ona tili o’qituv-chilarining o’zlari namuna bo’lishlari, va, ikkinchidan, maktab o’qituvchi-lariga bu ishda amaliy yordam ko’rsagishlari talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |