Taqlidiy so’zlar va undovlarni o’rganish. Tilimizda mustaqil so’z turkumlariga ham, yordamchi so’z turkumlariga ham kirmaydigan talaygipa taqlidiy so’zlar va undovlar bo’lib, o’quvchilarni bu so’zlar olamiga olib kirish ularnish nutqiy tarakqiyotida muhim o’rin egallaydi.
Ma’lumki, taqlidiy so’zlar ma’nosiga ko’ra ikki guruhga bo’linadi: a) tovushga taqlid bildiruvchi so’zlar; b) holatga taqlid bildiruvchi so’zlar.O’quvchilar lug’atini tovushga taqlid bildiradigan so’zlar bilan boyitish maqsadida berilgan so’zlarni (mas., inga - inga, gumbur - gumbur, pix - pix, viz- viz, vish - vish, vaq - vaq ,miyov - miyov, bildir - bildir, xov - hov v.h.), inson tovushiga taqlid so’zlar, hayvon, qush, hasharotlpr chiqaradigan tovushga taqlid so’zlar, tabiat hodisalari chiqargan tovushlarga taqlid so’zlarga ajratish va bu so’zlar guruhini mustaqil davom ettirish, tovushga taqlid so’zlarni to’liq takrorlangan (mas., gumbur -gumbur, guldur - guldur) va tovushlar takrori (mas., taq - tuq, shaq - shuq ) kabi guruhlarga ajratish, ular yordamida gaplar qurish, matn yaratish, taklid so’zlarda ma’noning torayishi (mas., shaqshaqa, targarak, sharshara ), ularning qo’llanilishi va imlosi ustida ishlashga oid amaliy ishlar bajariladi.
Holatga taqlid so’zlar ustida ishlashda ham xuddi shunga o’xshash ish usullaridaa (mas., holatga -taqlid so’zlar ro’yxatini tuzish, berilgan so’zlarning uyadoshlarini topish, bu so’zlar yordamida gaplar tuzish, matn yaratish v.h.) foydalansa bo’ladi.
Juft va takrorlanib qo’llangan taqlid so’zlar orasida chiziqcha qo’yib yozish malaka-si yuqorida tilga olingan har bir amaliy ish orqali o’quvchilarga singdirib boriladi.
Mazkur mavzuni o’rganish taqlidiy so’zlardan foydalanib, tasviriy insho yozish bilan yakunlansa, hosil qilingan BKMlarning amaliy qimmati yanada ortadi.
Undovlarni o’rganishda, ularning ma’no guruhlari ustida ishlash ham o’quvchiarning so’z boyligini oshirish va nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi. Berilgan undovlarni ma’no jixatdan his - xayajon undovlari (mas., oh eh, uh, o,e, voy, ura, ofarin, rahmat, hormang, balli, xay - xay, bay - bay, xo’sh) va xaydash - chaqirish undovlari (mas., kisht, chuh beh - beh, po’sht - po’sht) ga ajrdtish, bu har ikkala ro’yxagan mustaqil davom ettirish, ularning yakka holda yoki takrorlab qo’llanilganligini aniqlash va imlosini sharhlash, har bir undov so’zning ma’no nozikligi ustida ishlash, ular yordamida gaplar tuzish yoki matn yaratish dodiga et, voy - voylari singari ma’nosi toraygan undovlarning nutqda qo’llanilishi ustida ishlash kabi amaliy ishlar o’quvchilarning so’z boyligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, badiiy asarlardan undovli gaplarga misollar toptirishning ahamiyati benihoya katta.
Undovlarning ma’no guruhlari ustida ishlash ularning imlosi ustida ishlash bilan qo’shib olib boriladi. Mazkur mavzuni o’rganishda xalqimizning asriy urf - odatlaridan biri - minnatdorchilikni ifodalovchn hormang, bor bo’lpng, rahmat, tashakkur, barakalla, ofarin, balli kabi undov so’zlarni o’quvchilarning nutqiy faoliyatiga olib kirishga alohida e’tibor berish lozim.Taqlidiy so’zlar va undovlarni o’rganishda xalq topishmoqlaridan foydalansa bo’ladi. Masalan, Olisdan jangur - jungur, Yaqindan oddiy temir, Ajoyibdur oq laylak, nog’ora chalar taq - taq, To’pim to’p- to’p etasan, Ursam uchib ketasan.
Xullas, taqlidiy so’z va undovlar ustida ishlash o’quvchilarning so’z boyligini oshirish va nutqi ni rivojlantirishda muhim vosita bo’lib xizmat qiladi.
Modal so’zlarni o’rganish. Tilimizda so’zlovchining anglashilayotgan fikrga munosabatini ifodalovchi albatta, darhaqaqat, shubhasiz, tabiiy, aslida, chamasi, balsh, ehtimol, koshki,' qaniydi, darvoqe, nahotki singari bir qator so’z - gaplar borki, ularning ma’nosini bilish va nutqda qo’llanilishini ta’minlash mazkur mavzuni o’rganishdan ko’zlanadigan bosh maqsadni tashkil etadi.
O’quvchilarni modal so’zlar olalshga olib kirishning eng qulay usullaridan biri berilgan so’zlarni: a)fikrning rostligi, chinligini ifoda echuvchi so’zlar (mas.,albatta, haqiqatdan, tabiiy, so’zsiz); b) fikrning noaniqligini ifoda etuvchi so’zlar (mas., balki, chamasi, ehtimol); v) istakni ifoda etuvchi so’zlar (mas.g zora., shoyadki); g) kutilmagan-likni ifoda etuvchi so’zlar (mas., nahot, nahotki) ajratish, bu so’zlar ro’yxatini mustaqil davom ettirish, ularning ma’no nozikligi ustida ishlash, berilgan modal so’zlarga ma’nodosh so’zlar togshsh, gapda yoki matnda ma’lum bir modal so’zni uning ma’nodoshi bilan almashtirish, shunday so’zlar ishtirokida gaplar tuziga va matn yaratish kabilar bo’lib sanaladi. Mazkur ish usullaridan foydalanishda modal so’zlarning gapda vergul bilan ajratilishiga ham alohida e’tibor berishta to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |