Manbashunoslik – manbalar bilan ishlashni o’rgatadi. Bunda manbadagi ma’lumot birinchi o’ringa chiqadi.
Matnshunoslik – matnning o’zi bilan ishlanadi. Bunda matnning shakli, tuzilishi, davri, yaratuvchisi, materiali, shuningdek, uning ichidagi ma’lumotlar ham o’rganiladi.
Adabiy yodgorliklarni nashr etish – matnshunoslikning amaliyotda qo’llanish bosqichlaridan biri xolos.
Ta’lim metodi ─ muayyan ta’lim mazmunining o’quvchilar tomonidan o’qituvchi rahbarligida o’zlashtirilishini tashkil etishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatni anglatadi.
Matn tarixi – matnning yuzaga kelishi, uning ko’chirilib borishi tarixidir. Ana shu jarayon bilan bog’liq tushunchalar matn tarixi tushunchalari hisoblanadi. Matn bilan ishlashi lozim bo’lgan tadqiqotchi matn tarixining asosiy tushunchalarini bilishi, ulardan o’z izlanishlarida foydalanishi lozim.
Matn – ijodkor fikri, niyatining yozuvdagi ifodasi. Zamonaviy adabiyotda ijodkor deganda ko’proq asar muallifi tushuniladi. O’tmish adabiyotida kotib va xattotlar ham matn yaratishda ishtirok etganlar. Matn tushunchasi uchun hamma holatda ham eng asosiysi shuki, matn anglab amalga oshirilgan harakat natijasidir. Anglamasdan qilingan o’zgarish, xatolar matn tushunchasiga kirmaydi.
Asar – matnshunoslik nuqtayi nazaridan qaraganda asar deb matnni aytish lozim. Bu asar mazmun va shakl jihatidan tugallikka ega bo’lishi kerak. Asar tushunchasi nisbiy bo’lib, u matnshunoslik tarixi bilan shug’ullanuvchiga matn o’z tarixiga – nusxa, ko’chirma va boshqalarga ega bo’lgan taqdirdagina kerak bo’ladi.
Qo’lyozma, dastxat, nusxa. ─ Qo’lyozma yozilgan matn yoki matn parchasi qo’lyozma deyiladi. Bunday matn bir yoki bir necha asarga taalluqli bo’lishi mumkin. Sharq adabiyoti va unga aloqador bo’lgan matnshunoslik bilan shug’ullanuvchilar uchun qo’lyozma eng ko’p istifoda etiladigan tushunchadir. Sababi, yozma adabiyot paydo bo’lganidan boshlab, toshbosma (litografiya) usulida qo’lyozmadan texnik yo’l bilan nusxa ko’chirish joriy etilganidan (Turkistondagi dastlabki toshbosma matbaa 1879 yili tashkil etilgan) keyin ham asarlar qo’lda ko’chirilib tarqatilgan.
Avtograf – qo’lyozma shu asarni yaratgan muallif tomonidan ko’chirilgan bo’lishi mumkin. Bu holda u avtograf (dastxat) deb ataladi. Sharq adabiyoti matnshunosligi uchun dastxat juda ahamiyatlidir. Chunki adib yashagan davrda ko’chirilgan qo’lyozma ham, undan bir necha asr keyin vujudga kelgan qo’lyozma ham boshqa odamlar tomonidan ko’chiriladi. Va, ba’zan, xatoliklarga ham yo’l qo’yiladi. Xaptolar xattotlar saviyasi va ular tayangan manbalar nuqsoni va boshqa turli sabablar oqibatida paydo bo’ladi. Dastxat bo’lsa, muallifning nazaridan o’tganligi aniq va tayanishga arziydigan matn bo’lganligi uchun ham ishonchlidir.
Fanning informatsion ta’minoti
http // www. Iitp.ru / iitp / lab 15 . htm.
http // www. philol.mmsu.ru / rus / chairis / genis / collabor / marc _1/htm.
http // www. // ipcs . math.msu.ru. / rus / |mlogic.htm.
4. http://cl.nuu.uz. mmsu.ru / rus / chairis/ 1htm
Do'stlaringiz bilan baham: |