O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova


-MAVZU. ISh QOG’OZLARI USTIDA IShLASh METODIKASI



Download 1,34 Mb.
bet70/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

12-MAVZU. ISh QOG’OZLARI USTIDA IShLASh METODIKASI.
Asosiy savollar

  1. Ish qog’ozlarini yozishga o’rganish

  2. Rasmiy xujjatlarning talablari va o’ziga xosligi

  3. Tarjimai-hol

  4. Ariza

Fanni o’rganish texnologiyasi
. Ish qog’ozlari ustida ishlash metodikasi mavzusidagi ma’ruza mashg’ulotining texnologik xaritasi



TG’R

Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni

Amalga oshiruvchi shaxs,vaqt

1

1.Tayyorlov bosqichi:

  1. Dars maqsadi: Ish qog’ozlarini yozishga o’rganish.

  2. Rasmiy xujjatlarning talablari va o’ziga xosligi

haqida ma’lumot beradi.
1.2. Identiv o`quv maqsadlari:
1.2.1. Rasmiy xujjat talablari va o’ziga xosligini anglaydi.
1.2.2. Tarjimai-hol, ariza, rasmiy va shaxsiy hujjatlarni shakl antirishni, mustaqil yozishni o’rganadi.
1.2.3. Rasmiy hujjatlarni MYaBT-4 moduli asosida yaratish ko’nikmalarini egallaydi.
1.2.4. 10 ta rasmiy hujjatni mustaqil yaratadi.
3.Asosiy tushuncha va iboralar: rasmiy hujjat, mustaqil rasmiy matnlar yaratish usuli.
1.3. Dars shakli : Guruh va mikroguruhlarda.
1.4. Asosiy metod va usullar: suhbat, hikoya, baxs-munozara.
1.5. Kerakli jihoz va vositalar: videoproektor, tarqatma mater-lar

O`qituvchi

2

O’quv mashg’ulotni tashkil qilish bosqichi:
2.1. Mavzu e’lon qilinadi.
2.2. Ma’ruzaning asosiy qismlari ko’rsatiladi, bayon qilinadi

O`qituvchi
15 minut

3

Guruhda ishlash bosqichi: 3.1.Talaba savollariga javob beriladi.
3.2. Ma’ruza bo’yicha nazorat test savollari tuziladi.
3.3.Test savollarini guruh oldida himoya qilish.(nutq madaniyati shakllantiriladi, egallangan BKMlar darajasi aniqlanadi).

O`qituvchi
Talaba
40 minut

4

BKMlarni mustahkamlash va baholash bosqichi.
4.1. Og’zaki so’rov. Eng faol talabalar baholanadi.

    1. Kurs oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?

    2. MYaKSh. “Til o’rganish metodikasi” nomli matn yarating.

O`qituvchi
15 minut

5

O’quv mashg’ulotlarini yakunlash bosqichi:
5.1.Talabalar bilimi sinaladi,
5.2.Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3.O’qituvchi darsda erishilgan natijalarni tahlil qiladi, kerakli xulosa chiqariladi.

O`qituvchi
10 minut

O’quvchilarni ish qog’ozlaridan to’g’ri foydalana olishga o’rgatish hayotiy zaruriyatdir. Zero, "O’zbekiston Resiublikasining Davlat tili haqida"gi Qonunining 7 - moddasida; "O’zbekistonda muassasa, korxona, tashkilot birlashmalarda ish Respublika davlat tilida yuritiladi",deb qayd qilinadi.


Ish qog’ozlaridan foydalanishga o’rgatish til sathlarini o’rganish bilan chambarchas aloqadorlikda amalga oshiriladi. Ona tilining deyarli barcha bo’limlarini o’rganishda o’quvchilar hujjatlarning u yoki bu turi bilan tanishadilar, uni yozipshi o’rganadilar. Chunonchi, "Fonetika" bo’limini o’rganishda manzilgohni yozish, telegramma matni ustida ishlash, ariza yozish kabilar ko’zda tutilgan bo’lsa, "So’zshunoslik"da e’lon, tak lifnoma, dalolatnoma, tavsifnoma yozish, "Morfologiya"da tarjimai hol, majlis bayoni, bildiriishoma, tilxat, shponchnoma, malumoptoma kabilar ustida ishlash ko’zda tugiladi. "Sintaksis"ni o’rganishda esa o’quvchilar buyruq, farmoyish, yo’riqnoma, shartnoma, hisobot kabilar bilan tanishadilar.
Ona tili mashg’ulotlarida ish qog’ozlaridan foydalanishni samarali tashkil etish uchun avvalo shu hujjatning murakkablik darajasi xisobga olinadi. 5-6 -sinflarda asosan, sodda hujjatlar (bir muammoni o’z ichiga olgan xujjatlar) ustida ish olib borilsa, keyinchalik murakkab hujjatlar (ikki va undan ortiq masalani o’z ichiga olgan hujjatlar) ustida ish olib boriladi.
Ayrim ish qog’ozlari hatto ikki bosqichda o’rganiladi. Birinchi bosqichda (5 - 6-sinflarda) ayni bir hujjatning sodda shakllari o’rganilsa, keyingi bosqichda (7- 9 - sinflarda) uning murakkab shakllari o’rganiladi. Masalan, ariza, ma’lumotnoma kabi ish qog’ozlarining ham sodda, ham murakkab ko’rinishlari mavjud. O’quvchilar uning sodda ko’rinishi bilan quyi sinflarda tanishsalar, murakkab ko’rinishlari yuqori sinflarda o’rganiladi.
Hujjatda fikrni bayon qilish shakli o’ziga xosdir. Ularning ko’pi (mas., ma’lumotnoma, dalolatnoma kabi) muayyan bir qolipga ega bo’lib, erkin fikr yuritishni talab etmaydi. Lekin shunday hujjatlar ham borki, (mas., tarji-mai hol, qaror, shartnoma kabi) ularda ma’lum darajada erkin fikr yuriti-ladi. Ish qog’ozlari matniga bir qator talablar qo’yilgan. Avvalo, hujjat-lar matni boshqa ijodiy yozma ish matnlari singari imloviy, ishoraviy va uslubiy jihatdan to’g’ri bo’linsh kerak.
Hujjatlar matniga qo’yiladigan muhim talablardan biri holislikdir. Unda bayon qilinayotgan mazmunga o’quvchi (muallif) hech qanday munosabat bildirmaydi, balki axborotni holis aks ettiradi. Shuning uchun hujjatlar tilida so’z va so’z shakllarini qo’llashda muayyan chegaralanishlar mavjud.
Rasmiy ish uslubida kichraytirish, erkalash qo’shimchalarini olgan so’zlar, ko’tarinki –tantanavor, so’zlar, iste’mol doirasi chegaralangan so’zlar, o’xshatish, jonlantirish, mubolag’a singari badiiy tasvir vositalaridan foydalanilmaydi. Shubhasiz, hujjat matni mazmunan aniq, lo’nda va to’liq bo’lishi shart.
O’quvchilar hujjatlar matnida asosan, turg’unlashgan, rasmiy qabul qilingan so’z va SBlari (mas., berildi, bajarilsii, tayinlansin, eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi kabilar) dan foydalanish lozimligini bilishlari kerak.
Ish qog’ozlari asosan, uch qismdan iborat bo’ladi:
a) kirish; b) asosiy qism; v) yakun.
O’quvchilarni ish qog’ozini yozishga o’rgatish shu ish qog’ozining mufassal rejasi bilan tanishtirishdan boshlanadi. Masalan: "Tarjimai hol"ning mufassal rejasi quyidagicha:
1. Kirish: a) tarjimai hol muallifining ismi, familiyasi, tug’ilgan yili, oy va kuni, joyi va millati, oilasi; b) otasi va onasi haqida; v) aka –uka-lari, opa - singillari haqida.
2. Asosiy qism; a) muallifning maktab yoshigacha bo’lgan hayoti haqida; b) maktab hayoti haqida; v) hozirgi kundagi faoliyati haqida.
3. Yakun: a) ushbu tarjimai holning nima sababdan yozilganligi; b) imzo, kun, oy, yil.
"Ariza" matnining mufassal rejasi esa quyidagilardan iborat:
1. Kirish: a) kimga ariza yo’nalgarilgan shaxsning egallab turgan mansabi (lavozi mi), daraja va unvonlari, ismi - sharifi, familiyasi; b) kimdan -ariza beruvchining mansabi (lavozimi), daraja va unvonlari, ismi - sharifi, familiyasi, istiqomat joyi.
2. Asosiy qism: a) arizani yozishga sabab bo’lgan holatning qisqacha bayoni; b) ariza yozishdan maqs:a.d; v) arizaga ilova qilnpadigan xujjatlar.
3. Yakun: a) ariza beruvchining shaxsiy imzosi, ismi va familiyasi; b) ariza yozilgan (berilgan) kun, oy, yil,va h.k.
Shunday qilib, ona tili darslarida ijodiy yozma mati ustida ishlash ikki yo’na- lishda amalga oshiriladi: 1. Til sathlarini o’rganish orqaliVII sinfda "Ijodiy yozma matn ustida ish" (12 soat) va VIII sinfda "Insho va uning iurlari" (16 soat) bo’limlarini o’rgatish orqali.
Birinchi yo’nalish o’zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan har bir mavzuni o’rganish orqali amalga oshirilsa, ikkinchisi VII sinfda "Ijodiy yozma ish" tushunchasini sharhlash; rasm asosida hikoya, manzara tasvirini yaratish; o’quvchi va borliq; yozma ishda o’quvchi (muallif) o’zligining namoyon bo’lishi xususida ma’lumot berish, mavzu tanlash, mavzuni yoritish uchun zarur material to’plash, yozma ishga reja tuzish (tor reja, keng reja), yozma ishga epigraf tanlash, "xat boshi" tushunchasi, yozma ish matnini qayta ishlash, matn uslubi ustida ishlash, ishni oqqa ko’chirish, tekshirilgan yozma ishning xatolari ustida ishlash va VIII sinfda "Insho haqida ma’lumot" berish, insho turlari (ilmiy insholar, badiiy insholar,erkin insholar) yuzasidan bir qator ijodiy -amaliy ishlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.

Mustaqil ishlar


Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish