O`quv –uslubiy qo`llanma toshkent 2012 tursunoy ziyadova


Ona tili darslarining tarkibiy qismlari



Download 1,34 Mb.
bet49/78
Sana01.07.2022
Hajmi1,34 Mb.
#724608
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`ZBEK TILI O`QITISH O`QUV –USLUBIY QO`LLANMA

Ona tili darslarining tarkibiy qismlari. Ona tili darslari quyidagi o’zicha mustaqil qismlardan tashkil topgan: takrorlash, yangi bilim berish, bilimlarni ko’nikma va malakaga aylantirish, o’rganilganlarni mustahkamlash va darsni xulosalash, uyga vazifa berish. Bularning har biri muayyan vazifani bajaradi va o’ziga xos mazmunga ega.Tashkiliy qism o’quvchilarni darsga tayyorlaydi, ularda ishlash, ijodiy faoliyat ko’rsatish ishtiyoqini yuzaga keltiradi. Darsning bu qismi utoshqoqlik bilan juda qisqa muddatda tashkil. etilishi lozim. Aks holdat darsga ajratilgan vaqtning zoe ketishiga olib keladi va o’quvchinsh ko’zlangan maqsaddan uzoqlashtiradi.
Uy vazifasini tekshirish berilgan topshiriqning bajarilish sifati, egallangan bilim, ko’nikma va malakalarning puxtalik darajasini aniqlash maqsadida o’tkaziladi. O’qituvchilar ish amaliyotida ba’zan uy vazifasini tekshirish o’tgan darsni va oldin o’rganilgan til materiallarini takrorlashga aylanib qoladi. Darsning bu bosqichida tashkil etiladigan takrorlash, birinchi navbatda, o’rganilishi ko’zda tutilgan o’quv materialiga zamin hozirlashi lozim.
Agar uy vazifasi o’rganiladigan til hodisasi bilan bevosita aloqador bo’lsa, u yangi o’quv materialini o’rganish jarayonida ham tekshirilishi mumkin.
Darsning yangi bilim berish shakli o’rganilayotgan mavzuga aloqador bilimlarni xotirada tiklashni, ularni qisman ma’lum yoki tamoman noma’lum sharoitlarda qo’llab, yangi bilimlarni egallashni talab etadi.
Darsning mustahkamlash shakli shu dars mashg’ulotida egallangan bilimlarni ko’nikma va malakaga aylantirishni taqozo etadi, Ba’zan mustahkamlash oldin o’rganilganlarni takrorlash bilan qo’ishilishi ham mumkin. Agar yangi mavzu oldin o’rganilgan mavzular bilan bevosita aloqador bo’lsa, bu ikki dars shakli bir yaxlitlik hosil qiladi.
Darsning yangi bilim berish jarayonida ham, mustahkamlash va takrorlash jarayonlarida ham ijodiy -amaliy ishlariga keng o’rin ajratiladi.
Ona tili mashg’ulotlarida bajariladigan amaliy ishlarni shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
Xotirlash - oldin o’rganilgan til hodisalarini qayta xotirlashga asoslangan amaliy ishlardir. Xotirlashning: 1) tayyorlovchi xotirlash va 2) umumlashtiruvchi xotirlash kabi turlari bor.
1.Tayyorlovchi xotirlash. Til yaxlit bir tizim bo’lib, uning barcha sathlari bir -biri bilan uzviy bog’liq. Shuning uchun ham tilnig har bir sath birligi ssrqirra, ko’p vazifali, ko’p ma’noli. Bu birlikning bir tomoni ma’lum bir bo’limda o’rganilsa, uning ikkinchi qirrasi, xususiyati tamo man boshqa bir bo’limda o’rganiladi. Chunonchi, bog’lovchilar, ularning ma’nolari va guruhlari morfologiya bobida o’rganilsa, ularning so’zlarni va gaplarni bir -biriga bog’lashi sintaksis bobida ko’rib chiqiladi. Demak, sintaksisni o’rganishda, bog’lovchilar haqida egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni o’quvchi xotirasida tiklash ehtiyoji tug’iladi. Tayyorlovchi xotirlash yangi bilimlarni egallash uchun asos vazifasini o’taydi.
2.Umumlashtiruvchi xotirlash (takrorlash). Til sathlari o’zaro bog’liq bo’lgan yaxlit tizim bo’lsa ham, bu zanjirning har bir bo’g’ini nisbatan mustaqil tizimchadir va uning har bir bo’g’ini alohida-alohida mavzular sifatida o’rganiladi. Chunonchi, bog’lovchilarning o’zi 5 - 6 mashg’ulotga bo’linib, turlarga ajratilib o’rganiladi va mashg’ulotlarning oxirida umumlashtiruvchi xotirlash ishlari bajarilishi lozim. Umumlashtiruvchi xotirlash ishlari tilning uzluksiz tizimidagi ma’lum bir tizimchalar haqida yaxlit, to’liq ma’lumot hosil qilish uchun zarurdir va yakunlovchi sinov ishlari (yozma ish, yakuniy baho chiqarish, imtihon v.h.) bajarilishi shart.

Download 1,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish