Qo’rquv bosish. Bino ichidagi va ochiq joydagi insonlarning hammasi sezadi. Ko’pchilikni qo’rquv bosadi va uydan tashqariga qochib chiqishadi. Harakatdagilar muvozanatnt yo’qotadi. Hayvonlarda bezovtalik kuchayadi. Ba’zan shisha buyumlar sinishi mumkin, javodagi kitoblar tushib ketadi. Og’ir mebellar suriladi.
Binolar shikastlanadi. Ko’pchilik insonlarda qattiq qo’rquv paydo bo’ladi. Tepalik va tog’ oldi zonalarda ko’chki, o’pirilish paydo bo’ladi. Suv yuzida to’lqinlar paydo bo’lib loyalanadi.
Binolarning kuchli shikastlanishi. Insonlarni qo’rquv va sarosima bosadi. Daraxt shoxlari sinadi. Haykallar va yodgorliklar joyidan siljiydi. Yangi bloklar paydo bo’ladi.
Binolarning batamom shikastlanishi. Aholining hammasini vahima bosadi. Hayvonlar kuchli ovoz chiqarib, betartib harakat qiladi. Temir yo’llar qiyshayadi, suv omborlari shikastlanadi. Tuproqda 10 smgacha darzliklar paydo bo’ladi. Haykallar, stullar yiqiladi.
Inshoatlarning batamom buzilishi. Suv omborlari, ko’priklarda buzilish kuzatiladi. Er yuzasi yoriladi, to’lqinsimon past-balandliklar paydo bo’ladi. Kanal, ko’l va daryolarda suvlar kuchli chayqaladi.
Talafot.Ko’priklar, uylar, temiryo’llar jiddiy shikastlanadi. Er yuzida keng yoriqlar, uzilish, siljish kabi deformatsiyalanish kuzatiladi. Tog’ oldi zonalarida ko’chkilar yuzaga keladi.
Er relefining o’zgarishi. Barcha er usti va er osti inshoatlari to’oiq shikastlanadi. Yoriqlar payo bo’lib, relef butkul o’zgaradi. Yirik tog’ ko’chkilari kuzatiladi.
MSK – 64 shkala bo’yicha (ballarda)
|
Tipik effektlar
|
1-2 ball
|
Sezilmaydigan zilzila
|
3 ball
|
Ba’zilar sezadi, engil tebranish kuzatiladi
|
4-5 ball
|
Sezilarli tebranish
|
6-7 ball
|
Binolarni kichik hajmda shikastlanishi
|
8 ball
|
Binolarning kuchli shiastlanishi
|
9-10 ball
|
Binolarning batamom shikastlanishi
|
11-12 ball
|
Talafot va er relefining o’zgarishi
|
Tabiiy ofatlar to’g’risida, xususan, zilzila haqidagi tasavvurga maktab o’quvchilaridan tortib rahbar xodimlargacha ega bo’lishlari kerak:
Uydagi gaz, suv, elektr tarmoqlarini xavfsizlantiradigan joylarni bilishlari.
Uy tibbiy xaltasi, unda birinchi tibbiy yordam uchun zarur bo’lgan dori-darmonlar bo’lishi.
Noxush vaziyat yuzaga kelganda birinchi xizmat ko’rsatish tashkilotlarining telefon raqamlarini bilishlari.
Osma asboblarni mahkamligini nazorat qilishlari.
Maktab yoshidagi bolalarga zilzila vaqtida qanday harakat qilishlari tadbirlarini uqtirish.
Ish joylarida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishdan boxabar bo’lishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |