Geologik xavfli hodisalar.Zilzilarning sodir bo’lishi ishlab chiqarish binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti, tranasport kommunikatsiyalari tizimlarining, uy-joylarning turli darajada buzilishiga, ishlab chiqarishning izdan chiqishiga va insonlarning nobud bo’lishiga olib keladi.
Ko’chki, o’pirilish, tuproq emirilishi, xo’jaliklarga shikast etkazuvchi, odamlarni xavfsiz joyga ko’chirishni taqazo etuvchi tabiiy hodisalar majmuasi.
Gidrometerologik xavfli hodisalar. Qor ko’chishi, kuchli shamol, kuchli yog’ingarchiliklar natijasida turli dam olish maskanlari, turistlar va sportchilarning jarohatlanishi, aholi punktlariga jiddiy zarar etkazadigan noxush vaziyatlar majmuasi.
Sel, suv toshqini aholi turar joylariga, sanoat va qishloq xo’jaligi ob’ektlariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi natijasida shoshilinch ko’chirish tadbirlari bilan tugallanadigan xavfli vaziyatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |