Sezilarli tebranish. Bino ichida bo’lgan insonlarning aksariyat qismi, ochiq joydagilarning ozchiligi sezadi. Ba’zan uyqudagilar ham uyg’onadi. Uy derazalari, eshiklar, idishlar engil zirillaydi. Osma holatda bo’lgan anjomlar tebranadi.
Uyg’onib ketish. Bino ichidagi insonlarning hammasi sezadi. Uyqudagilarning aksariyat qismi qo’rquv aralash uyg’onadi, ayrimlar zudlik bilan ko’chaga otlanadi. Hayvonlar bezovta bo’ladi. Yaxshi mahkamlanmagan eshik va derazalar ochilib- yopiladi. Idishlardagi suyuqliklar kuchli chayqaladi, qisma to’kiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |