Detsimatsiya (qisqartirish). Diskretlash chastotasini N marta kamaytirish uchun har bir N-chi qiymatni dastlabki signal ketma-ketlikdan olish kifoya. Ammo, agar dastlabki signal spektri tarkibida yangi diskretlash chastotasining yarmidan kattaroq chastotalarni qamrab olsa (yangi Naykvist chastotasi), bu chiqish signali spektri tarkibida soxta chastota komponentlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Signaldagi soxta tarkibiy qismlarning paydo bo‘lish holatini oldini olish uchun haqiqiy signallarning spektrini cheklashning dastlabki protsedurasi talab qilinadi, ya’ni cheklash chastotasi Naykvist chastotasiga teng bo‘lgan past chastotali filtrdan foydalanish [9].
Buning uchun rekursiv bo‘lmagan (FIR-filtr) past chastotali filmtridan foydalanish samaraliroqdir. Shundan so‘ng, har bir kerakli N-chi qiymatni chiqarib tashlash orqali diskretlash chastotasini pasaytrish mumkin. Agar N butun son bo‘lsa qiymatni olib tashlash jarayoni qiyinchilik tug‘dirmaydi. Ammo, agar N kasr son bo‘lsa, ya’ni diskretlash chastotasi 1,5 baravar kamaytirish kerak bo‘lsa, vazifa ancha murakkablashadi.
Interpolyatsiya. Interpolyatsiyalashda diskretlash chastotasi N martaga oshirish kerak, ya’ni mavjud qiymatlar orasidagi bo‘shliqlarni yangilari bilan to‘ldiriladi. N butun son bilan vazifa qiyin bo‘lmaydi, kasr son bilan vazifa ancha murakkablashadi. Ushbu muammoning har qanday yechimida interpolyatsiya matematik yaqinlashuv usullari yordamida amalga oshirilishi kerak. Sonli usullar va interpolyatsiya formulalari yordamida hal qilingan interpolyatsiya masalalari algebraik polinomlar ko‘rinishida signallarni yoki ularning segmentlarini approksimatsiya va aks ettirishda yanada murakkab matematik protseduralarni talab qiladi [9, 10].
Interpolyatsiyalashda diskretlash chastotasi N martaga oshirish kerak, ya’ni mavjud qiymatlar orasidagi bo‘shliqlarni yangilari bilan to‘ldiriladi. N butun son bilan vazifa qiyin bo‘lmaydi, kasr son bilan vazifa ancha murakkablashadi. Ushbu
51
muammoning har qanday yechimida interpolyatsiya matematik yaqinlashuv usullari
yordamida amalga oshirilishi kerak. Sonli usullar va interpolyatsiya formulalari yordamida hal qilingan interpolyatsiya masalalari algebraik polinomlar ko‘rinishida signallarni yoki ularning segmentlarini approksimatsiya va aks ettirishda yanada murakkab matematik protseduralarni talab qiladi.
To‘liq bo‘lmagan N qiymati uchun diskretlash chastotasini o‘zgartirishning umumiy tartibi qayta diskretlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |