2. Boshqaruv funktsiyalari.
Ishlab chiqarish korxonalarining samaradorlik darajasi ularning texnika bazasining o’sishi va ishlab chiqarish jarayonining borishini tashkil etish darajasi hamda mahsulot yaratilishi bilan aniqlanadi. Korxonalarning asosiy faoliyatini ishlab chiqarish jarayonining borishi tashkil etadi. Uiing asosiy vazifasi iste’mol qiymatini yaratishdir. Masalan, qazib olish sanoatida - mineral xom ashyolarni va yoqilg’ini qazib olish, qayta ishlash sanoatida – xom ashyoni qayta ishlash natijasida mahsulotni iste’mol qilish uchun tayyorlash. Ishlab chiqarish jarayoni kompleks jarayon bo’lib, bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lgan texnologik va mehnat jarayonlarnni o’z ichiga oladi. Texnologik jarayon - bu, mehnat buyumlarining o’zgarishi (shakli, tashqi ko’rinishi, katta-kichikligi, agregatlik holati, tuzilishi va h.k.) ning natijasi bo’lib, tabiiy jarayonlarni ham o’z ichiga oladi. Bunday holda jonli mehnat ishtirok etmaydi (masalan, quritish - quyma, betonning qurishi, material yoki detallar moylangandan so’ng atmosfera sharoitida qurishi), lekin bu jarayon ma’lum darajada kishilar nazorati ostida olib boriladi.
Boshqaruv funktsiyalari ichida rejalashtirish funktsiyasi muhim o’rinni egallaydi. Rejalashtirish har qanday korxonaning muhim funktsiyalaridan biridir. Unga yetarli e’tibor bermaslik katta iqtisodiy yo’qotishlarga va oqibat natijada bankrotga olib keladi. Rejalashtirishning taktik va strategik rejalashtirish turlari mavjud. Taktik rejalashtirish nisbatan qisqaroq bo’lgan muddatlardagi boshqaruv faoliyatini aks ettirsa, strategik rejalashtirish uzoq muddatga mo’njallangan rejalashtirishni nazarda tutadi.
3. Motivatsiya. A.Maslou bo’yicha ehtiyojlar ierarxiyasi.
Boshqaruv faoliyatining samarasi ushbu faoliyatda qatnashayotgan barcha xodimlar mehnatiga bog’liq, ular mehnatining sifatiga va unumdorligiga bog’liqdir. Faoliyatda qatnashayotgan xodimlar mehnati samarali va unumli bo’lishi uchun ular rag’batlantirilib borilishi maqsadga muvofiqdir. Har bir faoliyat motivlashtirilishi, yo’naltirilishi, ya’ni rag’batlantirilishi lozim. Menejmentning muxim funktsiyalaridan biri hisoblangan rag’batlantirish funktsiyasining ahamiyati nihoyatda kattadir. SHu sababli, menejerlar ushbu funktsiyaga katta ahamiyat qaratishlari lozim.
Inson resurslarini boshqarish va rag’batlantirish bo’yicha turli nazariyalar mavjuddir. Ular ichida Abraaham Maslou, Frederik Gertsberg va Devid Mak Klelland nazariyalari dikkatga sazovordir. 1940-yillarda A.Maslou ehtiyojlar pog’onasini yaratdi.
A. Maslou bo’yicha ehtiyojlar pog’onasi quyidagilardan iboratdir:
1. Fiziologik ehtiyojlar, bular yashash uchun zarur bo’lgan ehtiyojlardir. Ularga suv, ovkat, dam olish, uy-joyga bo’lgan ehtiyojlar kiradi.
2. Xavfsizlikka va ximoyalanganlikga va kelajakga ishonchini mustahkamlashga ehtiyojlar.
3. Ijtimoiy ehtiyojlar – nimagadir yoki kimgadir bog’liqlik xissi, hamkorlik xissi.
4. Xurmatga ehtiyoj atrofdagilar tomonidan xurmat qilinish, tan olish.
5. O’zini aks etishga ehtiyojlar - o’zining potentsial ehtiyojlarini amalga oshirishga bo’lgan ehtiyoj.
Ehtiyojlar pastdan tepaga tomon qondirib boriladi. Fiziologik ehtiyojlar qondirilsagina, xavfsizlik va ximoyalash bo’yicha ehtiyojlarga o’tiladi.
Mak-Kelland bo’yicha esa odamlarda uch xil ehtiyoj bo’ladi:
1. Xokimlikka ehtiyoj
2. Muvaffakiyatga ehtiyoj
3. Bog’liqlikka ehtiyoj
Gertsberg esa ehtiyojlarini – gigienik omillar rag’batlantirish orqali qondiriladi. Gigienik omillar tashki muxit bilan bog’liq bo’lib, ish amalga oshirilayotgan tashqi muxit bilan bog’liqdir. Rag’batlantirish esa – ish harakteri va ma’nosiga bog’liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |