Biznes-reja va samaradorlik.
Biznes-rejasiz yuqori va barqaror unumdorlikka erishib bo’lmaydi. Unumdorlikni oshirish bo’yicha aniq maqsadga ega bo’lmay erishilgan unumdorlik yuqori yoki past ekanligini aniqlab bo’lmaydi. Maqsadlar qaysi tadbir umumiy unumdorlikni oshirayotgani, qaysi biri uning o’sishiga to’sqinlik qilishini aniqlash uchun xizmat qiladi.
Biznes-reja barcha turdagi korxonalarda ishlab chiqilishi lozim. Bunda uni ishlab chiqish korxonani rivojlantirish strategiyasidan tashqari, ularni amalga oshirish uchun ayni paytda korxonadan qo’shimcha moliyaviy resurslar talab qiluvchi yangi loyihalarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni kengaytirish, qayta ta’mirlash va texnik jihozlash, mahsulot diversifikatsiyasi, ichki va tashqi bozorlarda o’zi uchun joy egallash bilan bog’liq bo’lishi lozim. CHunki biznes-reja korxonaning kundalik faoliyatidan ko’ra bank muassasalari tomonidan yuqorida ko’rsatilgan va shunga o’xshash tadbirlarni moliyalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Biznes-rejani ishlab chiqishning birinchi bosqichidagi hisob-kitoblar qanchalik aniq va bexato bajarilgan bo’lsa, uning boshqaruv hujjati va xo’jalik yuritish vositasi sifatidagi ishonchliligi shunchalik yuqori bo’ladi. Biznes-reja bosqichlarini ishlab chiqish o’rtasida uzoq tanaffus bo’lmasligi va ortiqcha axborot bilan to’ldirib tashlanmasligi lozim. amaliyotning ko’rsatishicha, katta hajmda tuzilgan biznes-reja hali to’liqlik va yuqori sifatlilikni anglatmaydi.
Boshqaruvni tashkil etish va samaradorlik.
Samaradorlikni oshirishda boshqaruvni to’g’ri tashkil etish muxim ahamiyatga ega. Tashkil etish jarayoni rahbariyat mehnat resurslari, materiallar, texnologiya, axborot va kishilarni qo’yilgan maqsadga erishish uchun birlashtiruvchi vositadir. Boshqaruvni samarali tashkil etish natijasida (ya’ni, tashkiliy jarayonlar sozlanganligi) resurslardan maqbul foydalanish, ijrochilar majburiyatini taqsimlashda tushunmovchilik natijasida mehnat unumdorligi pasayishini kamaytirish, bo’linmalar o’zaro ta’siri buzilishiga chek qo’yishni ta’minlaydi. To’g’ri yo’lga qo’yilgan tashkiliy jarayonlar samaradorlikningg ortishiga imkon beradi.
Boshqaruvning samarali texnologiyasi samaradorlikka eng ko’p ta’sir ko’rsatuvchi omildir. Boshqaruv ishiga kompьyuter texnologiyasini joriy qilish samaradorlikning ortishida boshqa omillarga nisbatan ko’proq ahamiyatga ega. Lekin, ilg’or texnologiya har doim ham mehnat unumdorligi ortishiga olib kelmaydi. Bunday texnologiya afzalliklari unga ishlovchilarning salbiy munosabati tufayli namoyon bo’lmasligi mumkin. Texnologiya darxaqiqat unumdorlik ortishiga olib kelishi uchun rahbariyat texnologiya talablari uni qo’llovchi kishilar manfaatlariga to’g’ri kelishini ta’minlashi kerak.
Boshqaruv faoliyatini tashkil etish va yo’lga qo’yishda asosan tashkilotning samarali faoliyati nazarda tutiladi. Tashkilotlarning samaradorligi ular ixtiyoridagi iqtisodiy resurslardan samarali va oqilona foydalanish orqali, mahsulotlar va xizmatlar bozorida o’z o’rnini muntazam ravishda orttirib borish orqali ta’minlanadi. SHu maqsadda boshqaruvning tashkiliy strukturasi tanlanadi va sharoitga mos ravishda takomillashtirilib boriladi.
5. Asosiy tashkiliy- huquqiy shakllar
Mulkchiligida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida ajratilgan mulkiga ega va o’zining majburiyatlari bo’yicha shu mulk bilan javob beruvchi tashkilot yuridik shaxs deb ataladi. U o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquklarni xarid qilish va amalga oshirishi, majburiyatlarga ega bo’lishi , sudda da’vogar va javobgar bo’lishi mumkin. Yuridik shaxslar shaxsiy balansga yoki smetaga ega bo’lishlari kerak.
O’z faoliyatining asosiy maqsadi sifatida foyda olishni ko’zlovchi tashkilotlar (tijorat tashkilotlari ) yoki bunday maqsad sifatida foyda olishni ko’zlamaydigan va olingan foydani ishtirokchilari ichida taqsimlamaydigan tashkilotlar (notijorat tashkilotlar) yuridik shaxslar bo’lishlari mumkin.
Tijorat tashkilotlari bo’lgan yuridik shaxslar xo’jalik o’rtoqliklari va jamiyatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, davlat unitar korxonalari shaklida tashkil qilinishlari mumkin.
Notijorat tashkilotlari bo’lgan yuridik shaxslar iste’molchilar kooperativlar, muassasalar mulk egalari tomonidan moliyalashtirilgan ijtimoiy yoki diniy tashkilotlar(birlashmalar, hayriya jamg’armalari shaklida, hamda qonun tomonidan ko’zda tutilgan boshqa shakllarda tashkil qilinishlari mumkin. Notijorat tashkilotlari tadbirkorlik faoliyatini faqat o’zlari tashkil qilinishlari maqsadlariga erishishga xizmat qiluvchi va ushbu maqsadlarga mos kiluvchi miqdorda amalga oshirishlari mumkin.
Tashkilotlar aniq tashkiliy–huquqiy sherikliklarining ba’zi bir xususiyatlari, ularni tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi quydagilardan iboratdir.
To’liq o’rtoqlik - o’rtoqlik ishtirokchilari(to’liq o’rtoqlar) ular o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq o’rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanadilar va uning majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli bo’lgan mulk bilan javob beradilar.
SHaxs faqat bitta to’liq o’rtoqlikning ishtirokchisi bo’lishi mumkin.
Ishonchdagi o’rtoqlik (kommanditli o’rtoqlik)- bu o’rtoqlik nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va o’rtoqlik majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan javob beruvchi ishtirokchilar ( to’liq o’rtoqlar) dan tashqari , o’zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari summasi doirasida o’rtoqlik faoliyati bilan bog’liq zarar ko’rish xatariga ega va o’rtoqlik tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etmaydigan bir yoki bir necha kiritma kirituvchi ishtirokchilar (kommandititlar) mavjud bo’ladi.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat – bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum ulushlarda taqsimlangan. Mas’uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha javob bermaydilar va o’zlari tomonidan kiritilgan kiritmalari qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog’liq zarar ko’rish xatariga ega bo’ladilar.
Qo’shimcha mas’uliyatga ega jamiyat - bir yoki bir necha shaxslar tomonidan ta’sis etilgan jamiyat, uning nizom sarmoyasi ta’sis hujjatlari tomonidan ma’lum miqdorlardigi ulushlarga taqsimlangan. Bunday jamiyat ishtirokchilari uning majburiyatlari bo’yicha o’z mulklari bilan hamma uchun bir xil miqdordagi jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilangan ularning kiritmalarining karrali qiymatidagi birgalikdagi subsidiyali javobgarlikka egalar. Bitta ishtirokchini bankrot bo’lishida uning jamiyat majburiyatlari bo’yicha javobgarligi, agar jamiyat hujjatlari tomonidan javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi ko’zda tutilmagan bo’lsa, qolgan ishtirochilar o’rtasida ularning kiritmalariga mutonosib ravishda tasdiqlanadi.
Aktsiyadorlik (hissadorlik) jamiyati - nizom sarmoyasi aktsiyalarning ma’lum soniga taqsimlangan jamiyat. Aktsiyadorlik jamiyati ishtirokchilari (aktsiyadorlar) uning majburiyati bo’yicha javob bermaydilar va o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalar qiymati doirasida jamiyat faoliyati bilan bog’lik zarar ko’rish xatariga egalar.
Aktsiyalarga to’liq haq to’lamagan aktsiyadorlar aktsiyadorlik jamiyatining majburiyatlari bo’yicha o’zlariga tegishli bo’lgan aktsiyalarning haq to’lanmagan qismi doirasidagi birgalikdagi javobgarlikka egalar.
Tadbirkorlar uyushmalari har xil o’lchamlar va mulkchilik shakllaridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma bo’lib, unga kiruvchi tashkilotlarga o’z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
6. Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendentsiyalar. Tashkilotlarning yangi turlari.
Keyingi yillarda tashkilotlarni faoliyat yuritishi va rivojlanishida yangi jahon tendentsiyalari kuzatilmoqda.
Ularda eng muhimi - bu ierarxiyaning ahamiyatini tubdan pasayishi, qat’iy (vertikal) tuzilmalardan foydalanuvchi tashkilotlardan kattaroq avtonomligi bilan ta’riflanuvchi yumshoqroq, o’zini o’zi tashkil qiluvchi tashkilotlarga o’tishdir. O’zini o’zi tashkil qilishning xududiy, gorizontal tizimi, o’zini o’zi rivojlantirish va o’zini o’zi boshqarish va, shunga ko’ra gorizontal bo’yicha menejmentning ustivorligi mavjuddir.
O’zbekistonda bozor munosabatlarini rivojlanishi va o’zini o’zi tashkil qilishning tubdan yangi sharoitlari yumshoq tizimlarnng o’zini o’zi rivojlantirishi jarayonlarini ba’zi bir jadallashuvini va o’tgan yillarda vujudga kelgan qat’iy(ierarxik) va egiluvchan(dasturiy–maqsadiy) tuzilmalar va tashkilotlarni “yumshatilishini” “ko’zg’atdi”, shunday bo’lsa ham gorizontal tuzilmalar va tashkilotlar amaliyotida hali g’oyatda kamroq qo’llaniladilar, buni ularning o’zini o’zi tashkil qiluvchi(yuqoridan tartibga solinmaydigan) boshlanishi bilan izohlash mumkin. Kelajakda, balki, ular O’zbekiston iqtisodiyotida ham ustivor bo’lsalar kerak.
Keyingi yillarda tashkilotlarning o’zini o’zi tashkil qiluvchi tizimlar sifatidagi chegaralarining shaffofligi oshmoqda, bu aslida chegaralarini amalda aniqlash mumkin bo’lmagan chegarasiz tizimlarni tashkil qiladi. Bu tizimlarning xronik nomutanosibligini yaratadi, chunki resurslar tizimining ichiga va tashqarisiga oqadilar va shuning bilan tizimning tebrangichini muvozanatdan chiqaradilar.
SHuning bilan bir vaqtda zamonaviy tashkilotlarning shaffofligi, ochiqligi quyidagilarga yordam beradi:
salohiyatli investorlar va ishga doir sheriklarni birgalikdagi faoliyatga jalb qilish;
zamonaviy ilg’or ishlab chiqarish, tijorat va axborot texnolo- giyalarini tarqalishi va tezroq o’zlashtirilishi, ilmiy tadqiqotlarning ma’lumotlari va ilg’or tajribadan foydalanish;
tashkilot xodimlarining kasbiy mahoratini oshishi;
tashkilotlar tomonidan tashqi iqtisodiy aloqalarni yo’lga qo’yilishi;
xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya qilinishi;
bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor qilinishi.
Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini oshirilishiga, ular faoliyatining samaradorligini ko’tarilishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |