O’quv uslubiy majmua bilim sohasi: 300000 – Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi: 3


Xodimlar salohiyatidan foydalanishni baholash



Download 2 Mb.
bet24/78
Sana23.04.2022
Hajmi2 Mb.
#576376
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
2 5341633044870599389

6. Xodimlar salohiyatidan foydalanishni baholash.
Tashkilotlardagi xodimlarning salohiyatidan samarali va to’la foydalanish zarurdir. Bu maqsadda xodimlar salohiyatidan foydalanishni baholab borish kerak. Xodimlar salohiyatidan foydalanishni baholash ikki maqsadni ko’zlaydi — har bir xodim faoliyatining natijalarini yaxshilash, rezervlarini aniqlash va uning kasbiy hamda shaxsiy fazilatlaridan to’liqroq foydalanish va malaka darajasini oshirish hisobiga uning korxona (yoki uning bo’linmasi) ishiga ta’siri; shartnoma shartlarida ko’zda tutilgandek, faoliyat unumdorligi va natijalariga muvofiq mehnatga haq to’lashning asosi bo’lib xizmat qilish.
Xodimlarning mehnat va ijodiy salohiyatini, ularning ish fazilatlarini amalga oshirishning zarur sharti mansab modelining turli variantlarini tuzishni nazarda tutuvchi, xodimlarning aniq faoliyat ko’rsatuvchi kasbiy-malaka va lavozimli ko’tarilish tizimining mavjudligidir. Ushbu tizim xodimlarni lavozim topshiriqlarining bajarilishiga konkurs asosida zahira yaratishni hamda mansabdan-mansabga ko’tarilishga nomzodlarni o’qitish va tajribasini oshirishni o’z ichiga oladi. Tadbirkorlik, rahbarlik ishlariga moyilligi bo’lmagan shaxslar uchun o’sha kasb yoki lavozim doirasida malaka bo’yicha ko’tarishni (razryad, klass yoki toifasini oshirishni) kengroq amalda qo’llash lozim. Ammo xodimning lavozimga ko’tarish to’g’risidagi masalasining yechishda hamma hollarda uning qobiliyati, shuningdek, bozor talablarini hisobga olgan holda ishga yetarlicha tayyorgarligi e’tiborga olinadi.
Xodimlar salohiyatidan foydalanishni baholash bosqichida har bir xodimning ish bajarishini, o’zini tutishini, ishga vijdonan yondoshishini, mas’uliyatni to’la xis etishini, mustaqil qarorlar qabul qila olishini va ularni amalga oshirishni bilishini, mehnat jamoasidagi hamkasabalar va rahbarlar bilan o’zaro munosabatlarini tahlil qilib boriladi.
7. Xodimlarni boshqarish funktsiyalari.
Tashkilot foydalanadigan resurslar ichida eng muxim resurs - mehnat resurslaridir. Odamlarsiz tashkilot bo’lmaydi, demak, ular asosiy hal qiluvchi kuchdir. Boshqaruv nazariyasi va amaliyotning muhim yo’nalishlaridan biri ham mehnat resurslarini boshqarishdir. Mehnat resurslarini boshqarish bilan tashkilotlardagi xodimlar bo’limi shug’ullanadi. Ammo, tashkilotdagi barcha rahbarlar xodimlarni boshqarish usullari va yo’nalishlarini bilishlari shart.
Mehnat resurslarini boshqarish quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Mehnat resurslarini rejalashtirish. Korxonada kelajakda xodimlarga bo’lgan ehtiyojni aniqlash.

  2. Xodimlarni to’plash. Ishga qabul qilinuvchilarning zaxirasini yaratish.

  3. Tanlov.

  4. Ish haqi va imtiyozlarni aniqlash.

  5. Yo’naltirish va sharoitga moslashtirish.

  6. O’kitish.

  7. Mehnat faoliyatini baholash.

  8. Mansabga ko’tarish, tushirish, boshqa ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish.

  9. Rahbar xodimlarni tayyorlash, xizmat mansabidan ko’tarishni boshqarish. Rahbar xodimlarning mehnat samarasini oshirish va qobiliyatlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan dastur yaratish.

Xodimlarni boshqarishda menejmentning barcha funktsiyalaridan foydalaniladi. Xodimlarni rejalashtirish, ularning ish faoliyatini tashkil etish, ular faoliyatlarini tahlil qilib borish va rag’batlantirish, xodimlardan foydalanish darajasini nazorat qilib borish va ular faoliyatlarini muvofiqlashtirish ishlari muntazam amalga oshirib boriladi.


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish