2.Qaytaruvchilarni aniqlash. Bu metod bilan qaytaruvchilardan ko’pincha sulfatlar, sulfidlar, qalay xlorid (II) – va boshqalar aniqlanadi.
Ishchi eritma yod J2 eritmasidir. Yod eritmasining titrini aniqlash uchun boshlang’ich modda sifatida mishyak angidrid As2O3 ishlatiladi, uni ishqorda eritiladi va arsenit (AsO2- ioni) olinadi. Titrlash kuchsiz ishqoriy muhitda (pH<8,0) olib boriladi. Amalda bunday muhitga neytral yoki kuchsiz kislotali eritmaga natriy gidrokarbonat eritmasini qo’shish bilan erishiladi. Kraxmal indikator bo’ladi.
Hamma yodometrik aniqlashlar quyidagi sharoitlarda olib boriladi.
1. reaksiya amalda oxirigacha borishi kerak: ko’pchilik yodometrik reaksiyalar qaytar bo’lib tegishli sharoitlar yaratilganda oxirigacha boradi;
2. titrlash sovuqda olib boriladi, chunki qizdirilganda yod qisman uchishi mumkin, yana temperatura oshganda indikator bo’lgan kraxmalning sezgirligi kamayadi;
3. titrlashni kuchli ishqoriy muhitda olib borish mumkin emas, chunki yod ishqorlar bilan reaksiyaga kirishdi; Titrlashda eritmaning pH 9,0 dan oshmasligi kerak.
4. oksidlovchini aniqlshda kaliy yodiddan ancha ortiqcha ishlatish kerak. Yodning suvda eruvchanligi kam, ortiqcha KJ esa reaksiya natijasida ajralib chiqqan yodning erishiga yordam beradi. Bundan tashqari, ortiqcha KJ oksidlovchi bilan J- ionlari o’rtasidagi reaksiyani tezlashtirishga yordam beradi.
Xromatometriya usulini asosiy reaksiyasi kislotali muhitda kaliy bixromat bilan oksidlash reaksiyasi hisoblanadi:
Cr2O72- + 14H++ 6e- = 2Cr3+ + 7H2O;
Reaktiv rolida K2Cr2O7 qo’llanilgani uchun ayrim vaqtda bixromatometriya usuli ham deb nomlanadi. Bixromatni standart oksidlanish –qaytarilish potensiali permanganatga nisbatan ancha kuchsiz bo’lgani uchun undan keng miqyosda foydalanish imkonini bermaydi.
Xromatometriya usulida ishchi eritma sifatida kaliy bixromat K2Cr2O7 qo’llaniladi. Kristall holdagi K2Cr2O7 toza, tashqi sharoitga chidamli, barqaror bo’lgani uchun birlamchi titrlangan eritmani aniq tortim bo’yicha kristall tuzidan tayyorlanadi. Kaliy bixromat eritma tuzi uzoq vaqt tura oladigan, hatto qizdirganda ham parchalanmaydigan barqaror hisoblanadi. Temir (II) –bixromat eritmasi bilan xlorid kislota eritmasi ishtirokida bevosita titrlanadi. Bunda hech qanday murakkab, qiyin vaziyat bo’lmaydi hamda oraliq mahsulot hosil bo’lmaydi.
Reaktivning kamchiligi reaksiya mahsulotida rangli Cr3+ ionlarini hosil bo’lishidir. Chunki uning rangi ekvivalent nuqtani belgilashga xalaqit beradi. Indikator sifatida difenilamin, difenilaminsulfokislota, fenilantranil kislota va boshqalar ishlatiladi.
Temir va shunga o’xshash uran miqdorini turli birikmalar tarkibidan aniqlashda xromatografiyani ahamiyati katta. Qotishma, shlak, tog’ jinslari va shu kabi boshqa moddalar eritilganda Fe(II) – odatda uran U(IV) ionlariga aylantiriladi. Shu sababli titrlashdan avval Fe(III) Fe(II) ga qadar qaytarilishi kerak. Bundan tashqari temir (II) ni bixromat bilan titrlash reaksiyasi Fe(III) Fe(II) larning aniqlanuvchi moddalar bilan ta’sirlanuvchi reaksiyasiga asoslangan turli analitik usullarning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Qaytaruvchilar almashinish usuli bo’yicha analiz qilinadi. Masalan, Cu(I) Fe(III) bilan reaksiyaga kirishadi:
CuCI + Fe3+ = Fe2+ + CuCI+
Kimyoviy reaksiya natijasida eritmada boshlang’ich mahsulotdagi CuCI ga ekvivalent miqdorda Fe2+ ionlari ajraladi. Oksidlovchilarni qoldiq bo’yicha titrlanadi. Masalan, po’lat tarkibidagi xromni Cr2O72- gacha oksidlanadi, ustiga titrlangan Mor Fe(NH4)2(SO4)26H2O tuz eritmasidan ortiqcha qo’shiladi va reaksiyaga kirishmagan miqdor dixromat bilan titrlanadi.
Nitratlarni inert fazoda molibdat katalizatori ishtirokida Mor tuzi eritmasi bilan aralashtirib qaynatiladi va aniqlanadi:
3Fe2+ + NO3- + 4H+ = 3Fe3+ + NO + 2H2O
Eritma sovigandan so’ng, u bixromat bilan titrlanadi.
Ba’zi bir kationlar dixromat eritmasi bilan bevosita titrlanadi. (masalan, Sn(II), Sn(III) va boshqalar).
Organik birikmalarni analiz qilishda xromatometriya usuli amalda keng qo’llanilmaydi. Chunki ko’pchilik reaksiyalar to’liq yunalmaydi va oraliq mahsulot (CO bilan birga CO2 va boshqalar ) hosil bo’ladi. Bularning miqdorini hisobga olish imkoni bo’lmaydi. Ko’pchilik moddalar bixromat bilan CO2 va H2O gacha oksidlanadi. Ularni xromatografik usul bo’yicha aniqlash amaliy ahamiyatga ega. Bularni metanol, gliserin va bir qator boshqa moddalardir.
Bromatometriya. Bromatometrik aniqlash quyidagi reaksiyada aniqlangan.
/
Birinchi ortiqcha qo’shilgan bromat tomchisi brom ionini erkin bromgacha oksidlaydi: BrO3- + 5Br- +6H+ = 3Br2 +3H2O
Ayni reaksiya neytral muhitda bormaydi. Shu sababli tarkibida KBrO3 va KBr bo’lgan neytral eritmani uzoq vaqtgacha saqlash mumkin. Eritmaga kislota qo’shilsa reaksiya juda tez yunaladi va ancha kuchli oksidlovchi hisoblangan / erkin brom ajraladi. Shunday qilib, ikkita asosiy tipdagi bromatometrik aniqlash usulini ko’rsatish mumkin. Kimyoviy reaksiyani birinchi turida bromatlarni bevosita qaytaruvchilarni aniqlashda foydalanlsa, ikkinchi turida sxema bo’yicha bromatni bromid ionlari bilan reaksiyaga kirishib erkin bromni ajralishiga asoslangan. Birinchi tipli reaksiyada oraliq mahsulot sifatida erkin brom ajralish ham mumkin, lekin bundan reaksiyalarda ta’sirlashuvchi sistemaga kaliy bromid qo’shilmaydi.
Bromatometriyada azobo’yoqlar, jumladan metiloranj yoki metil qizil indikatorlari ishlatiladi. Ekvivalent nuqtada indikator oksidlanib, qaytmas rangsiz mahsulot beradi.
Bromatometriya usuli bilan ko’pchilik anorganik va organik oksidlovchi va qaytaruvchilar aniqlanadi. Surma(III) – miqdorini aniqlashda bromatometriya usulini qo’llash muhim o’rin tutadi. Titrlash xlorid kislotali muhitda 700C qizdirish bilan olib boriladi.
3SbCI4 + BrO3- + 6H+ + 6CI- = 3SbCI6 +Br- +3H2O
Metiloranj indikatori rangsizlanguncha titrlash davom ettiriladi.
Shunga o’xshash isitish bilan xlorid kislotali muhitda As(III) aniqlanadi:
3HAsO2 + BrO3- + 3H2O = 3H2AsO4- +Br- + 3H+
Suvli eritmadan Sb(III) dan As(III) larning birini ikkinchisidan ajratmay ham aniqlash mumkin. Boshda har ikki qaytaruvchi birga titrlanadi, so’ng bu eritmadagi Sb(V) simob metali bilan Sb(III) gacha qaytariladi va yana kaliy bromat bilan titrlanadi. Eritmadagi As(V) simob bilan qaytarilmaydi, shuning uchun u ikkinchi titrlashda xalaqit bermaydi.
Bromatometriya usuli bo’yicha alyuminiy, kadmiy, kobalt, mis, qo’rg’oshin, uran, rux va boshqa ko’pgina elementlar aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |