Savol va topshiriqlar
Qanday analiz gravimetrik analiz deyiladi?
Gravimetrik analiz metodlarini ayting.
3. Tortiladigan forma nima?
Cho’ktiruvchining qanday miqdori optimal bo’ladi?
0,35 g CaO ni CaSO4ga aylantirish uchun qancha hajm H2SO4 (r= 1,24 g/sm3) kerak bo’ladi.
Mavzu: Titrimetrik ( hajmiy) analiz
Ma’ruza rejasi:
Titrimetrik analizning mohiyati
Titrimetrik analiz metodlari
Hajmlarni o’lchash va ishchi eritmalar
Reaksiyaning tugashini aniqlash
Titrimetrik analizdagi hisoblar
O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Titrimetrik analizning mohiyati, titrimetrik analiz metodlari, hajmlarni o’lchash va ishchi eritmalar, reaksiyaning tugashini aniqlash, titrimetrik analizdagi hisoblar.
Titrimetrik analizda - modda miqdori aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo’lgan ma’lum konsentratsiyali eritmaning hajmi bo’yicha aniqlanadi.
Modda miqdorini yoki eritmaning aniq konsentratsiyasini hajmiy – analitik yo’l bilan aniqlash jarayoniga titrlash deyiladi.
Titrimetrik analizning bu muhim operatsiyasi shundan iboratki, aniqlanayotgan eritmaga reaksiya tugaguncha aniq ma’lum konsentratsiyali boshqa eritma qo’yiladi. Titrlashda reaktiv ortiqcha miqdorda emas, balki reaksiya tenglamasiga aniq mos keluvchi miqdorda qo’shiladi. Shunday qilib, bunday aniqlash qo’shilgan reaktiv miqdori aniqlanayotgan birikma miqdoriga ekvivalent bo’lgandagina mumkin bo’ladi.
Ma’lumki, bir-biri bilan miqdoran reaksiyaga kirishuvchan eritma hajmlari bu eritmalarning normal konsentratsiyalariga teskari proporsionaldir:
yoki V1N1 = V2N2
Bunda V- reaksiyaga kirishayotgan eritma hajmi; N- normal konsentratsiya.
Bu qoida titrimetrik aniqlash asosida yotadi. Eritmalardan birining konsentratsiyasini aniqlash uchun reaksiyaga kirishuvchi eritmalarning aniq hajmini, ikkinchi eritmaning aniq konsentratsiyasini va ikki moddaning ekvivalent miqdorda reaksiyaga kirishib bo’lishni bilish kerak. Binobarin, titrimetrik aniqlashning muhim momentlari quyidagilardir: 1) reaksiyaga kirishayotgan eritmalarning hajmini aniq o’lchash: 2) ishchi eritmalar deb ataluvchi va ular yordamida titrlash bajariladigan aniq ma’lum konsentratsiyali eritmalar tayyorlash; 3) reaksiyaning oxirini aniqlash.
Titrimetrik aniqlash gravimetrik aniqlashga nisbatan ancha kam vaqt oladi. Gravimetrik analizning ko’p uzoq cho’ziladigan operasiyalari – cho’ktirish, filtrlash, tortish va boshqalar o’rniga titrimetrik aniqlashda faqatgina bitta operasiya – titrlash o’tkaziladi.
Titrimetrik analizning aniqligi gravimetrik analiznikiga qaraganda birmuncha kamroq, ammo farq katta emas.Shuning uchun mumkin bo’lgan joyda aniqlashni tezroqbajariladigan metod bilan olib borishga harakat qilinadi.
U yoki bu reaksiya titrlashga asos bo’la olishi uchun u qator talablarni qanoatlantirishi kerak.
1.Reaksiya qo’shimcha reaksiyalarsiz ma’lum tenglama bo’yicha miqdoran ketishi kerak. Qo’shilayotgan reaktiv faqatgina aniqlanayotgan modda bilan reaksiyaga sarf bo’layotganiga iqror bo’lishi kerak.
2.Reaksiyaning tugashini aniq belgilash kerak, chunki reaktivning miqdori aniqlanayotgan modda miqdoriga ekvivalent bo’lishi zarur. Analiz natijalarini hisoblash reaksiyaga kirishayotgan moddalarning ekvivalentiga asoslangan.
3. Reaksiya yetarli tezlikda ketishi va amalda qaytmas bo’lishi kerak. Sekin ketadigan reaksiyalarda ekvivalent nuqtani aniq belgilash deyarli mumkin emas.
Titrimetrik analiz metodlari. Titrimetriyada turli- tuman reaksiyalar ishlatiladi. Titrlash asosida qanday reaksiya yotishiga qarab titrimetrik analizning quyidagi metodlari farqlanadi.
1.Neytralizatsiya metodlari. Asosida neytralizatsiya reaksiyasi yotadi:
H+ + OH- = H2O
Neytralizatsiya metodi bilan kislotalar, ishqorlar va shu bilan birga ba’zi tuzlarning miqdori aniqlanadi.
2. Oksidlanish- qaytarilish metodlari (oksidimetriya). Bu metodlar oksidlanish- qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Oksidlovchi eritmalari yordamida qaytaruvchi moddalarning miqdori aniqlanadi va aksincha.
3.Ionlarni qiyin eruvchan birikmalar ko’rinishida cho’ktirishga va kam dissotsilangan kompleksga bog’lashga asoslangan cho’ktirish va kompleks hosil qilish metodlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |