Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1.Titrimetrik aniqlash nima?
2.Titrlash deb nimaga aytiladi?
3.Titrimetrik analizlarda qo’llaniladigan reaksiyalarga qo’yiladigan talablarni ayting.
4. Agar 15 ml 0,1 n HCI eritmasini titrlashga 14,52 ml NaOH eritmasi ketgan bo’lsa, bu ishchi eritmaning aniq normalligi qanday?
5. H2SO4 ning 0,05 n eritmasi tayyorlangan. Bu eritmaning hajmiy yo’l bilan aniqlangan aniq normalligi 0,0485. K ni hisoblang.
Mavzu: Neytralizatsiya metodi
Ma’raza rejasi:
Neytralizatsiya metodining mohiyati
2. Neytralizatsiya metodining indikatorlari
3. Titrlashning egri chiziqli ko’rsatgichlari
4. Neytrallanish metodi bilan miqdoriy aniqlashlarga misollar
O’rganiladigan asosiy tushunchalar: Neytralizatsiya metodining mohiyati, neytralizatsiya metodining indikatorlari, titrlashning egri chiziqli ko’rsatgichlari, kuchli kislotani kuchli asos bilan titrlash, kuchsiz kislotani kuchli ishqor bilan titrlash, kuchsiz asosni kuchli kislota bilan titrlash, neytrallanish metodi bilan miqdoriy aniqlashlarga misollar.
Neytralizatsiya metodining mohiyati. Neytralizatsiya metodi asosida neytralizatsiya reaksiyasi yotadi:
H+ + OH- = H2O
Neytralizatsiya metodi kislota va ishqorlarni miqdoran aniiqlashda qo’llaniladi. Bu metod yordamida neytralizatsiya reaksiyasi bilan bog’liq bo’lgan bir qator boshqa hajmiy aniqlashlar o’tkaziladi, masalan, kuchsiz kislota va kuchli asoslardan hosil bo’lgan ba’zi tuzlarni ( Na2CO3, Na2B4O7) yoki ammoniy tuzlarini aniqlash.
Kislotalarni miqdoriy aniqlashda- alkalimetriya NaOH yoki KOH ishqorlari eritmasi ishchi eritmadir.
Ishqorning titrlangan eritmasini naveska bo’yicha tayyorlab bo’lmaydi, chunki ishqor aniq olingan naveskasi bo’yicha aniq konsentrasiyani eritma tayyorlash mumkin bo’lgan moddalarga qo’yiladigan talablarga javob bermaydi. Bundan tashqari, ishqor eritmalari juda yaxshi saqlanganda ham o’z titrini juda tez o’zgartiradi, shuning uchun bu ishchi eritmalarning titri aniqlanadi. Ishqorning ishchi eritmasi titrini aniqlash uchun shavel H2C2O4·2H2O yoki qahrabo H2C4H4O4 kislotalar ishlatilishi mumkin. Ko’pincha laboratoriya tajribasida boshlang’ich eritma sifatida fiksanaldan tayyorlangan 0,1 n kislota eritmasi ishlatiladi.
Ishqorni miqdoriy aniqlashda – asidimetriyada kuchli kislota eritmasi ishchi eritma bo’ladi (odatda HCI yoki H2SO4). Konsentrlangan kislotadan uning titrlangan eritmasini tayyorlash mumkin emas. Chunki, sulfat kislota gigroskopik bo’lib, xlorid kislota esa vodorod xlorid chiqaradi. Shuning uchun kislota ishchi eritmalarining titri aniqlanadi. Kislota eritmalarining titrini aniqlash uchun bura Na2B4O7·10H2O yoki kimyoviy toza soda Na2CO3 boshlang’ich modda bo’lib xizmat qiladi. Ba’zi hollarda kislotaning ishchi eritmasi fiksanaldan tayyorlanadi. Kislotalar eritmasining titri deyarli ancha vaqtgacha o’zgarmaydi.
Agar har qanday kislota eritmasini ishqor eritmasi bilan titrlansa, kislotaning H+ ionlarini OH- ionlari bilan bog’lanishi sodir bo’ladi va H+ ionlari konsentrasiyasi asta-sekin kamayadi, eritmaning pH i esa ortadi. pH ning ma’lum qiymatida ekvivalent nuqtaga erishiladi va titrlash tugatilishi kerak. Ishqor eritmasi kislota eritmasi bilan titrlanganda OH- ionlari bog’lanadi, ularning eritmadagi konsentrasiyasi kamayadi, H+ ionlarining konsentrasiyasi ortadi va eritma pH i kamayadi, Ammo pH ning miqdori ekvivalent nuqtada hamma hollarda ham bir xil qiymatga ega bo’lmaydi, u reaksiyaga kirishayotgan kislota va asos tabiatiga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |