4.3. Temir yo‘l transporti korxonasining moddiy resurslarga bo‘lgan talabini boshqarish
Xar qanday korxona faoliyatida resurslar muhim rol o‘ynaydi. Ular bajaradigan vazifasiga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Resurslar korxona faoliyati samarasini belgilab beruvchi, bir-birini to‘ldiruvchi va bir-biriga bog‘liq bir butun majmua hisoblanadi. Korxona resurslar tarkibi quyidagicha: inson resusrlari, ishlab chiqarish resurslari (jixozlar), xom ashyo resurslari, moliyaviy resurslar, vaqt resursi hamda axborot resurslari16.
-rasm. Korxona resurslari
Temir yo‘l transporti moddiy –texnik ta’minotida asosiy o‘rinni xarakat tarkibining va yo‘l mashinalarining ehtiyot qismlari egallaydi. Juda katta xajmlarda aloqa va signallashtirish apparaturalari, asboblari va temir yo‘l avtomatikasi va telemexanikasi apparaturalari olib kelinadi. Temir yo‘l transportining asosiy ta’minotchilari kompaniyaga qarashli bo‘lgan sanoat korxonalaridir. Mazkur korxonalar tomonidan etkazib berilayotgan ehtiyot qismlar zamon talablariga mos keladigan materiallardan tayyorlangan17.
Har qanday xarid korxonaning material resurslarga bo‘lgan ehtiyojini aniqlashdan boshlanadi. Mazkur bosqichda nimani, qachon va qancha miqdorda xarid qilishni aniqlash lozim. Buning uchun birinchi navbatda ehtiyoj turlarini, uni aniqlash usullarini bilish zarur. Korxona ehtiyojining tarkibiy tuzilmasi –rasmda keltirilgan.
Korxonaning material resurslarga bo‘lgan ehtiyoji – uning ishlab chiqarish dasturi yoki mavjud buyurtmalarni bajarish uchun ma’lum bir muddatda etkazib kelish lozim bo‘lgan material resurslar hajmidir.
Korxonaning material resurslarlarga bo‘lgan ehtiyoji –uning ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun lozim bo‘lgan brutto ehtiyoj va zaxira ko‘rinishida saqlanayotgan xom ashyo, material va butlovchi ko‘rinishidagi minimal hajmidan iborat18.
2- rasm. Korxonani material resurslarga bo‘lgan ehtiyojini tarkibi
Material resurslarga bo‘lgan korxonaning brutto ehtiyoji – faqat ishlab chiqarish dasturini bajarishga mo‘ljallangan hajmi bo‘lib, bunda ishlab chiqarish va tayyor mahsulotlar zaxirasi hisobga olinmaydi.
Netto (toza) ehtiyoj –ishlab chiqarish dasturining ish joylarida va tayyor mahsulotlar zaxirasi ko‘rinishida saqlanayotgan hajmni hisobga olgan holda bajarilishi lozim bo‘lgan xom ashyo va mahsulotlar hajmidir.
Birlamchi ehtiyoj tovar ishlab chiqarish va uni iste’molchiga etkazib berish haqida tuzilgan va amal qilayotgan shartnomaga muvofiq, ikkilamchi ehtiyoj esa ishlab chiqarish dasturi asosida tayyorlanayotgan va iste’molchilarga etkazish yuzasidan hali shartnomalari ham tuzilmagan sharoitda yuzaga keladi. Uchlamchi ehtiyoj esa ishlab chiqarish dasturini bajarish uchun lozim bo‘lgan qo‘shimcha materiallarga bo‘lgan talabdir.
Resurslarga bo‘lgan ehtiyojlarni asosli ravishda aniqlash uchun turli usullar ishlab chiqilgan. Ehtiyojni aniqlashning determinallashgan, ehtimoliy va ekspert tahlil usullari shular jumlasidan. Korxonaning MR ga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash uchun kuyidagi bosqichlar ketma-ketlikda bajariladi:
material resurslarga bo‘lgan brutto ehtiyojni ishlab chiqarishning asosiy jadvaliga muvofiq aniqlash;
mavjud zaxiralarni va kelib tushuvchi buyurtmalarni hisobga olgan holda netto ehtiyojni aniqlash va mazkur ehtiyojga muvofiq ishlab chiqarish jadvalini tuzish;
tuzilgan jadval asosida bajarilishi lozim bo‘lgan buyurtmalar hajmi va muddatini belgilash.
Xom ashyo, materiallar, ehtiyot qismlar, buyumlar va jixozlarga bo‘lgan ehtiyoj moddiy-texnik ta’minot rejasini ishlab chiqishning eng javobgarligi yuqori bo‘lgan bosqichi hisoblanadi.
Temir yo‘l transportida material resurslarga bo‘lgan umumiy talab quyidagilarning yig‘indisidan tashkil topadi:
ta’mirlash-ekspluatatsiya zaruriyati va modernizatsiya ( xarakat tarkibi va yo‘llar, kontakt tarmoqlari, energota’minot qurilmalari, siganlizatsiya, markazlashtirish, blokirovka va aloqa, ishlab chiqarish binolari, inshootlarning joriy holatini ta’minlash);
metallga ishlov berish va mashinaqurilishi mahsulotlarini ishlab chiqarish;
yangi texnika va texnologiyalarni tadbiq etish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
texnologik uskunalash va asboblarni tayyorlash;
kapital qurilish;
zaruriy material zaxiralarini yaratish;
boshqa ishlarni bajarish.
Material resurslarga talabni ikki turga ajratish mumkin: “sarfga bo‘lgan talab” va “buyurtmaga bo‘lgan talab”19.
Material resurslarga talabning “sarfga bo‘lgan talab” turida kapital qurilish dasturi va ishlab chiqarish dasturining rejaviy davrida belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan soni ko‘zda tutiladi. Talabning “buyurtmaga bo‘lgan talab” turida reja davrida zavodlardan yoki boshqa ta’minotchilarga buyurtma beriladigan va olib kelinadigan material resurslar soni aniqlanadi. Talabni aniqlashning eng muhim vazifasi material resurslarning o‘tuvchi zaxirasi va kutilayotgan qoldig‘ini hisoblashdir. Material resurlarning “buyurtmaga bo‘lgan talabi” quyidagicha aniqlanadi:
,
bu erda: – asosiy fondlarni modernizatsiyalash va ta’mirlash-eksptuatatsiya zaruriyatlariga talab;
– metallga ishlov berish va mashinaqurish mahsulotlarini ishlab chiqarishga talab;
– ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va yangi texnikani tadbiq etishga talab;
– texnologik uskunalash va asboblarni tayyorlashga talab;
– kapital qurilishga talab;
– material zaxiralarni yaratishga talab;
– material resurslarning kutilayotgan qoldig‘i;
– rejaviy davrda material resurslarning kutilayotgan qoldig‘i.
Materiallarga bo‘lgan talab minimal bo‘lishi kerakligi bilan birga ishlab chiqarish topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarishga etarli va uzluksiz bo‘lishi lozim.
Moddiy ta’minotni rejalashtirishda material resurslarga talabni aniqlashning bir qancha usullari qo‘llaniladi: to‘g‘ri hisoblar bo‘yicha, analoglar bo‘yicha, tipli ob’ekt bo‘yicha, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning materialtalabligi bo‘yicha, dinamik koeffitsientlar bo‘yicha, iqtisodiy-statistik hamda ekspert baholash bo‘yicha. To‘g‘ri hisoblar usuli bir muncha asoslangan hisoblanadi. U material rusurslarga talabni aniqlashning aniq natijalarini ta’minlaydi. Uning mohiyati shundaki, o‘rganilayotgan talab mazkur ish birligi uchun o‘rnatilgan material resursi me’yorini ushbu ishni bajarishning rejaviy xajmiga ko‘paytirish orqali hisoblanadi.
bu erda: R - ishni bajarishning rejaviy xajmi
N - ish birligi uchun o‘rnatilgan material resursi me’yori.
Analoglar bo‘yicha talabni aniqlash usulidan ma’lum bir ish turi uchun material resurlar me’yori o‘rnatilmagan holda foydalaniladi.Bu holatda ish ishning analogiga sarflangan material resurslarning xajmiga tenglashtiriladi. Zarur hollarda mazkur ish turini bajarishga materiallar sarfini uning analogi bilan taqqoslashni hisobga oluvchi to‘g‘irlash koeffitsienti qo‘llanadi. Mashina va mehanizmlar, xarakat tarkibining turi va rusumini ta’mirlash, texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish hollarida to‘g‘irlash koeffitsienti ularning massasini mos ravishdagi material resurslar sarfi me’yoriga ega bo‘lgan texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash massasiga nisbati bilan aniqlanadi. To‘g‘irlash koeffitsientini aniqlashda massa o‘lchovi bilan birga boshqa parametrlar, ya’ni quvvati, o‘lchami va boshqalardan ham foydalanish mumkin.
Tipli ob’ekt bo‘yicha talabni aniqlash usuli talabni aniqlash momentida markasi va tipi bo‘yicha reja o‘rnatilmagan, bir turdagi mahsulotlarni katta xajmda ishlab chiqarishda qo‘llaniladi. Bu holda ishlab chiqarishi rejalashtirilgan jami assortimentdan boshqa mahsulot tarkibida ko‘proq darajada aks etadigan turi tanlab olinadi. Rejalashtirilayotgan jami xajm uchun u yoki bu material resurslarga bo‘lgan talabni aniqlash uchun mahsulotdagi turdosh qatnashuvchi sifatida olingan ushbu resursning me’yori mahsulot (ish) ishlab chiqarishning rejalashtirilgan umumiy xajmiga ko‘paytiriladi. Tipi sifatida bir nechta mahsulot tanlangan hollarda ushbu mahsulotdagi material resurslarning o‘rtacha me’yorini aniqlash zarur:
,
Bu erda: N1, N2… Nz – aniq guruhdagi mahulotlarning tipli qatnashchisida material resursning sarf me’yori;
Z1,Z2 … Zn – mahsulot ishlab chiqarish umumiy xajmida aniq mahsulot guruhi ulushi, %.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning materialtalabligi asosida talabni aniqlash usuli materiallarga bo‘lgan yiriklashtirilgan talabni tezda hisoblash imkonini berganligi uchun keng qo‘llaniladi. Agar koeffitsient ko‘rinishida tasvirlangan mahsulot ishlab chiqarishda u yoki bu material resursining foydali foydalanish darajasi ma’lum bo‘ls, unda mahsulot ishlab chiqarishning rejalashtirilgan xajmi uchun material resurslarga umumiy talab quyidagicha aniqlanadi:
yoki
bu erda: R – ishlab chiqarishga rejalashtirilgan mahsulot og‘irligi birligidagi soni;
kf – material resurslardan foydalanish koeffitsienti;
kya.m.– yaroqli mahsulot chiqarish koeffitsienti, %.
Umumiy talabda material resursning sarflanish koeffitsienti ko‘rsatkichidan foydalanganda:
Bu erda: – foydalanishning qaytish koeffitsientini xajmini ko‘zda tutuvchi material resursning sarflanish koeffitsienti.
Material resurslarga talabni aniqlashning soddaroq usullaridan biri dinamik koeffitsientlar usulidir. U asosan ishlab chiqarish rejaviy topshirig‘i va sarf me’yorlari bo‘lmaganda kelgusi davrlar uchun hisoblash ishlari bajarilganda qo‘llaniladi. Ushub holatda material resurslarga talab quyijagicha aniqlanadi:
,
bu erda: – bazaviy davrda material resurslarga amaldagi talab;
– ishlab chiqarish dasturining rejaviy davrda bazaviy davrga nisbatan o‘zgarishini tavsiflovchi koeffitsient;
– rejaviy davrda material resurslar sarfi me’yorining bazaviy davrga nisbatan tushishini tavfislovchi koeffitsient.
SHuni ham ta’kidlash kerakki mazkur usun unchalik aniq natija bermaydi. CHunki koeffitsientlar oldingi yillardagi ko‘rsatkichlar dinamikasiga binoan taxminiy mo‘ljalgan asoslanib olinadi.
Amaliyotda material resurslarga bo‘lgan talabni aniqlashning iqtisodiy-statistika usuli ham qo‘llaniladi. U ishlab chiqarishning, moddiy-texnik ta’minotni tashkil etishning va material resurslarga talabning oldingi yillardagi statistik ma’lumotlarini matematik tahlil qilish asosida hisoblanadi.
Keyingi usul ekspert baholash usuli bo‘lib unda ancha aniq natijaga erishi mumkin. Chunki bu usulda material resurslarga talabni moddiy-texnik ta’minot sohasida ancha tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislarning baholari asos bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |