Dehqon boy bo’lsa xalq boy bo’ladi



Download 26,99 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi26,99 Kb.
#429487
Bog'liq
DEHQON BOY BO’LSA XALQ BOY BO’LADI


DEHQON BOY BO’LSA XALQ BOY BO’LADI
Har bir tadbirkor katta bozorda o‘z omadini sinab ko‘rishni istaydi. Shu ma’noda barqaror rivojlanish yo‘lini tanlagan har qanday davlat ishbilarmonlar uchun xalqaro bozorga «kafolatli koridor» yaratishni birlamchi vazifa biladi. Zero, tovar va xizmatlar eksporti – ishlab chiqarishni yanada kuchaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, valyuta zaxiralarini boyitish, jahon bozoridagi o‘rin va mavqeni mustahkamlashning asosiy omili. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va liberallashtirish borasida eng dolzarb masalalar yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan. Xususan, bunda “2018-2021-yillarga mo‘ljallangan eksport faoliyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ni ishlab chiqish belgilangani, avvalo, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarni eksport qilishni kengaytirish imkonini beradi. 

Bu, birinchi navbatda, mamlakatimiz uchun savdo aloqalarini rivojlantirish borasida maqsadli bozorlarni aniqlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni yangi bosqichga olib chiqadi. Tashqi bozorlar kon’yunkturasini o‘rganish asosida katta hajmdagi eksportbop tovarlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishga yo‘l ochadi. Chunki moliyaviy markazlashuv kuchayib, axborotlar oqimi tovar va xizmatlar eksportiga jiddiy ta’sir ko‘rsatayotgan bugungi kunda transmilliy iqtisodiy diplomatiya har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu tashqi bozorlarni marketing o‘rganish usulini rivojlantirishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirishni taqozo etadi va shu bois mazkur Konsepsiyada bu borada yangi, zamonaviy va samarali mexanizmni yaratish masalasi maqsad qilingan. 

Konsepsiyadan ko‘zlangan yana bir maqsad – belgilangan bozorlarni milliy mahsulotlarimiz bilan ta’minlash. Bunga ulardagi asosiy ishtirokchilar bilan uzviy o‘zaro hamkorlik o‘rnatish orqali erishish ko‘zda tutilmoqda. Yana bir muhim jihat – milliy mahsulotlarimizning chet el bozorlarida raqobatbardoshligini oshirish maqsadida mamlakatimizdagi ishlab chiqarish tarmoqlariga xalqaro sifat standartlarni (ISO 9001) keng joriy etish belgilangan. Bu mahalliy ishlab chiqaruvchilarni tashqi bozorlarda mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan tanishtirish ishlarini yanada kuchaytirish bilan chambarchas bog‘liq. 

Harakatlar strategiyasida tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada rag‘batlantirish, eksport-import operatsiyalarini tartibga solishni takomillashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari raqobatdoshligini oshirish, eksport hajmini ko‘paytirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqish belgilangan. Bunda tovarlarni ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlarni import qilishda muvofiqlik sertifikatini berish muddatini, ilgari xuddi shunday tovar uchun sertifikat olgan taqdirda 10 kundan uch kungacha qisqartirish nazarda tutilmoqda. 

Tovar va xizmatlar eksportidan (xomashyo tovarlari bundan mustasno) valyuta tushumining belgilangan qismini majburiy sotishni kamaytirish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni eksport qiluvchi korxonalarga belgilangan imtiyozlarni mahalliy tovarlarni eksport qiluvchi savdo-vositachilik korxonalariga ham tatbiq etish rejalashtirilgan. Barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga meva-sabzavot mahsulotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksport shartnomalari tuzish orqali eksport qilish huquqini berish, eksport qilish taqiqlangan ayrim tovarlarni (non va go‘sht mahsulotlari, tirik mol va parranda) ruxsatnoma asosida eksport qilish tizimini joriy etish, foydalanilgan mashina, jihoz va texnikalarni eksport qilishni soddalashtirish va tartibini aniqlashtirish, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi sanitariya normalari va karantin qoidalarini jahonning ilg‘or mamlakatlari standartlariga muvofiqlashtirish ko‘zda tutilgan. 

Bularning barchasi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2013-yil 8-avgustdagi qarori asosida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki huzurida tashkil etilgan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi zimmasiga ham katta mas’uliyatlar yuklaydi. 

2016-yilda mamlakatimiz tadbirkorlari jamg‘arma ko‘magida 2,9 milliard dollardan ziyod hajmda eksport shartnomalari imzoladi va ular doirasida 470 tadbirkorlik subyekti qariyb 1,4 milliard dollarlik eksportni amalga oshirdi. Jamg‘arma ko‘magida amalga oshirilgan eksport hajmi 2015-yilga nisbatan 33 foizga oshdi. Tashqi bozorlarga asosan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetkazib berildi. 

Eksport salohiyatiga ega korxonalarning eksport faoliyatini rag‘batlantirish va ularga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida jamg‘arma 2,3 milliard so‘mdan ziyod moliyaviy ko‘mak ajratdi. 15 xil yangi turdagi mahsulotlarni xalqaro bozorlarga yetkazib berish, 40 korxonada xalqaro ISO standartlari talablariga asosan sifat boshqaruvi tizimlarini joriy etishda ko‘maklashildi. 

Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport geografiyasini kengaytirish maqsadida jamg‘arma 2016-yilda Moskva, Ufa, Milan, Seul, Sofiya, Jeneva va Madrid shaharlarida xorijiy vakolatxonalarini tashkil etdi va tadbirkorlarga ushbu mamlakatlar bozorlariga eksport qilishda yaqindan ko‘mak ko‘rsatib kelmoqda. 

Jamg‘arma tomonidan 242 kichik biznes subyektiga 10 nufuzli xalqaro ko‘rgazma va anjumanda ishtirok etishda ko‘mak ko‘rsatildi. Natijada tadbirkorlarimiz 61,5 million dollarlik eksportni amalga oshirdi. 

Mamlakatimizdagi har bir tuman ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda jamg‘arma ta’sischiligida 79 agrofirma tashkil etildi. O‘tgan davrda mazkur agrofirmalar jamg‘arma ko‘magida 692 million 483 ming dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi. 

Joriy yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash, ularga tovar va xizmatlarini tashqi bozorga chiqarishda yaqindan ko‘maklashish borasidagi ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishni maqsad qilganmiz. 

Jamg‘arma ta’sischiligida yangi tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan 50 million dollardan ortiq qiymatdagi loyihalarni amalga oshirishni belgilab olganmiz. Buning natijasida 1,5 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish, xorijiy bozorlarda yuqori talabga ega eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirish, yiliga 25 million dollar qiymatidagi mahsulotlarni eksport qilishga erishiladi. 

Yana bir ustuvor vazifamiz – tadbirkorlarga 500 million dollardan kam bo‘lmagan qiymatdagi loyihalarini moliyalashtirishda biznes-reja tayyorlash va zarur hujjatlarni bankka topshirishda ko‘maklashish. Bu O‘zbekistonning eksport salohiyatini oshirish, jumladan, mamlakatimiz hududlarida xorijdan zamonaviy texnologiya va uskunalarni olib kelish orqali jahon talablariga mos ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish, yangi turdagi eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarish va yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini beradi. 

Jamg‘arma ta’sischiligida tashkil etilgan agrofirmalar joriy yilda 250 million dollardan ortiq qiymatdagi mahsulotlarni eksport qilishi rejalashtirilgan. Ularda mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini yaratish bo‘yicha qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishni oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Bu bilan mamlakatimizda yetishtirilayotgan meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash, saralash, qayta ishlash bo‘yicha yangi quvvatlarni tashkil etish, meva-sabzavot mahsulotlarini chuqur qayta ishlash orqali umumiy eksport hajmida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan mahsulotlarning ulushini keskin oshirishga erishiladi. 

Bu yil turli mamlakatlarda o‘tkaziladigan xalqaro miqyosdagi 20 ko‘rgazma va yarmarkada tadbirkorlar ishtirokini tashkillashtirishni ko‘zda tutganmiz. Bu orqali 250 million dollardan ortiq eksport shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. 

Jamg‘arma joriy yilda ham mamlakatimiz tadbirkorlariga xorijiy davlatlarning konunchiligidan kelib chiqib talab etiladigan sertifikat va litsenziyalar, shu jumladan, ISO, Global Gep, TUV va boshqa xalqaro sifat sertifikatlarini olishda tizimli va izchil ko‘mak ko‘rsatmoqda. Natijada mahalliy tadbirkorlarimiz ishlab chiqaradigan mahsulotlarning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi oshiriladi, eksport geografiyasi sezilarli darajada kengayadi. 

Marketingsiz, ya’ni, tovar harakatining barcha bosqichida talab va taklifni o‘rganmay, bozor muammolari yechimida yaxlit va tizimli yondashmay turib, eksport hajmini oshirishning mutlaqo imkoni yo‘q. Shu bois joriy yilda jamg‘arma mutaxassislari 173 mamlakatning mahsulot va xizmatlarga bo‘lgan talabini o‘rganish orqali tadbirkorlarimizga xorijiy hamkorlar topish va eksport shartnomalari imzolanishida ko‘maklashishni maqsad qilgan. Jumladan, fermer xo‘jaliklari uchun yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida MDH, Yevropa, Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarida yuqori talabga ega qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining navlari, ularning narxlari va import hajmlarini o‘rganish bo‘yicha marketing tadqiqotlari o‘tkazilmoqda. 

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida tadbirkorlar ichiga kirib, ularni o‘ylantirayotgan, xususan, korxonalarni eksport faoliyatiga jalb etishda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni izchil muhokama qilish – doimiy e’tiborimizda. 

2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida tadbirkorlik subyektlarining muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha shartnomada ko‘rsatilgan xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarini elektr tarmoqlariga ulashni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiyalash masalasi belgilangan. Bu tadbirkorlik subyektlarini muhandislik-kommunikatsiya tarmog‘iga ulash tizimini yanada takomillashtiradi, uning muddatlari va xarajatlarini qisqartiradi. Natijada eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalarimizga katta qulaylik yaratiladi. 

Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan ustuvor vazifalarga erishishda 2017-2021-yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi muhim dasturilamal bo‘ladi. Bu – bosib o‘tilgan yo‘l, orttirilgan tajribani xolisona baholash, erishilgan yutuqlarni tahlil qilish hamda zamon talablaridan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada barqaror ta’minlash yo‘lidagi eng dolzarb masalalar yechimi, ularga erishish yo‘llari va usullari belgilab olindi, degani. Harakatlar strategiyasining aholi keng qatlami, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida tizimli, batafsil va chuqur muhokamalardan o‘tkazilgani mazkur yuksak marralarga erishish jarayonini samarali tashkil qilish imkonini beradi. 

Bu islohotlardan ko‘zlangan pirovard maqsad bitta – xalqimizni hayotdan rozi qilish, boy qilish. Bunga odamlarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatish, kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish orqali erishish mumkin. Zotan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek, “xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi”. 
Download 26,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish