O‘quv qo‘llanma



Download 1,03 Mb.
bet87/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

Iqtisodiy xavfsizlik. Milliy iqtisodda axborotlarni yaratish, tarqatish, kayta ishlash va foydalanish jarayoni hamda vositalarini qamrab olgan yangi tarmoq vujudga keldi. «Milliy axborot resursi» tushunchasi yangi iktisodiy kategoriya bo‘lib xizmat qilmokda. Davlatning axborot resurslariga keltirilayotgan zarar axborot xavfsizligiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda axborotlashgan jamiyatni shakllantirish va uning asosida jahon yagona axborot maydoniga kirib borish natijasida milliy iqtisodimizga turli xildagi zararlar keltirish xavfi paydo bo‘lmoqda.
Mudofaa xavfsizligi. Mudofaa sohasida xavfsizlikning asosiy ob’ektlaridan bo‘lib, mamlakatning mudofaa potensialining axborot tarkibi va axborot resurslari hisoblanmokda. Hozirgi kunda barcha zamonaviy qurollar va xarbiy texnikalar juda ham kompyuterlashtirilib yuborildi. SHuning uchun ham ularga axborot qurollarini qo‘llash ehtimoli katta.
Ijtimoiy xavfsizlik. Zamonaviy axborot - kommunikatsiyalar texnologiyalarining milliy iqtisod barcha tarmoqlarida keng qo‘llanishi inson psihologiyasi va jamoa ongiga «yashirin» ta’sir ko‘rsatish vositalarining samaradorligini yuksaltirib yubordi.
Ekologik xavfsizlik. Ekologik xavfsizlik - global masshtabdagi muammodir. «Ekologik toza», energiya va resurslarni tejaydigan, chiqindisiz texnologiyalarga o‘tish faqat milliy iqtisodni axborotlashtirish hisobiga qayta qurish asosidagina yo‘lga qo‘yish mumkin.
Himoya mexanizmlari
Amaliyotda ishlatiladigan himoya mexanizmlarining aksariyati kriptografiya usullariga asoslangan. SHifrlash yoki shifrlashga yaqin axborotni o‘zgartirishlar malumotlarni himoyalash usullari hisoblanadi.
Himoya xizmati
Amaliyotda qo‘llaniladigan himoya vazifalari to‘plamlaridan biriga quyidagilar kiradi: konfidensiallik, autentifikatsiyalash, yaxlitlik, yolg‘onning mumkin emasligi, foydalanuvchanlik, foydalanuvchanlikni boshqarish.
Konfidensiallik. Konfidensiallik ma’lumotlar oqimini passiv xujumlardan himoya qilishga xizmat qiladi. Axborotlar mazmunining muhimliligiga qarab himoyaning bir necha sathlari o‘rnatilishi mumkin. Keng ma’nodagi himoya xizmati ixtiyoriy ikkita foydalanuvchi o‘rtasida uzatiluvchi barcha ma’lumotlarni ma’lum vaqt mobaynida himoyasini ta’minlashi lozim. Masalan, agar ikki tizim o‘rtasida virtual aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa bunday keng ma’nodagi himoya foydalanuvchilar ma’lumotlari uzatilgandagi har qanday yo‘qolishlarga to‘siq bo‘la oladi. Tor ma’nodagi himoya xizmati alohida axborotni yoki xatto axborotning alohida qismini himoyasini ta’minlay oladi. Ammo bunday choralarning samarasi keng ma’nodagi himoya xizmatiga nisbatan kam, ularni amalga oshirish esa ba’zida murakkab va qimmat bo‘lishi mumkin.
Konfidensiallikning yana bir jihati ma’lumotlar oqimini uning analitik tadqiqqilinishidan himoyalashdir. Analitik tadqiq deganda aloqa tizimidagi axborotlar tavsifiga taalluqli axborot manbaini, adresatni, axborotlar uzatiladigan chastotani, axborotlar o‘lchamini va x.buzg‘unchi tomonidan bilishga urinish tushuniladi.

Download 1,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish