O‘quv qo‘llanma


Temir yo‘l transporti sohasida yuk tashish xajmining pasayishi



Download 1,03 Mb.
bet85/103
Sana12.04.2022
Hajmi1,03 Mb.
#546890
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Bog'liq
fayl 1999 20211006

Temir yo‘l transporti sohasida yuk tashish xajmining pasayishi;

  • Davlatning boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy aloqalarining o‘zgarishi;

  • Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz.




  • 19-BOB. Temir yo‘l transportida axborot xavfsizligi
    19.1. Axborotlarga nisbatan mavjud havfsizliklarning asosiy tushunchalari

    Tez rivojlanib borayotgan kompyuter axborot texnologiyalari bizning kundalik hayotimizning barcha jabhalarida sezilarli o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Hozirda "axborot tushunchasi" sotib olish, sotish, biror boshqa tovarga almashtirish mumkin bo‘lgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmokda. SHu bilan birga, axborotning bahosi ko‘p hollarda uning o‘zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmoqda. SHuning uchun, tamomila tabiiy holda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan o‘zgartirishdan, uni o‘g‘irlashdan, yo‘qotishdan va boshqa jinoiy xarakterlardan ximoya qilishga kuchli zarurat tug‘iladi. Ammo, jamiyatning avtomatlashtirishning yuqori darajasiga intilishi uni foydalaniladigan axborot texnologiyalarning xavfsizligi saviyasiga bog‘lik qilib qo‘yadi. Haqiqatan, kompyuter tizimlarining keng ko‘lamda ishlatilishi doimo o‘sib boruvchi axborot hajmini ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishga imkon bersada, bu jarayonlarni agressiv ta’sirlarga nisbatan ojiz qilib qo‘yadi va natijada axborot texnologiyalardan foydalanuvchilar oldida yangi muammo - axborot xavfsizlik muammosi ko‘ndalang bo‘ldi. Xavfsizlik muammosi, aslida, yangi muammo emas, chunki xavfsizligini ta’minlash har qanday tizim uchun, uning murakkabligi, tabiatidan qat’iy nazar, birlamchi vazifa hisoblanadi. Ammo, himoyalanuvchi ob’ekt axborot tizimi bo‘lsa, yoki agressiv ta’sir vositalari axborot shaklda bo‘lganda, himoyaning mutloq yangi texnologiyalarini va usullarini yaratishga to‘g‘ri keladi. Ma’lumotlarni himoyalovchi usullar hamda xakerlarga qarshi harakat vositalari majmuasini belgilash maqsadida kompyuter xavfsizligi atamasi ishlatila boshlandi.


    Ma’lumotlarni qayta ishlovchi taqsimlangan tizimlarning paydo bo‘lishi xavfsizlik masalasiga yangicha yondashishning shakllanishiga olib keldi. Ma’lumki, bunday tizimlarda tarmoqlar va kommunikatsion uskunalar foydalanuvchilarning terminallari bilan markaziy kompyuterlar o‘rtasida ma’lumotlar almashishga xizmat qiladi. SHu sababli ma’lumotlar uzatiluvchi tarmoqlarni himoyalash zaruriyati tug‘ildi va shuning bilan birga tarmoq xavfsizligi atamasi paydo bo‘ldi.
    Axborotning muhimlik darajasi qadim zamonlardan ma’lum. SHuning uchun ham qadimda axborotni himoyalash uchun turli xil usullar qo‘llanilgan. Ulardan biri - sirli yozuvdir. Undagi xabarni xabar yuborilgan manzil egasidan boshqa shaxs o‘qiy olmagan. Asrlar davomida bu san’at - sirli yozuv jamiyatning yuqori tabaqalari, davlatning elchixona rezidensiyalari va razvedka missiyalaridan tashqariga chiqmagan. Faqat bir necha o‘n yil oldin hamma narsa tubdan o‘zgardi, ya’ni axborot o‘z qiymatiga ega bo‘ldi va keng tarqaladigan mahsulotga aylandi. Uni endilikda ishlab chiqaradilar, saqlaydilar, uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin etadilar va soxtalashtiradilar. SHunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
    Axborotni himoya qilish deganda:

    • Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yo‘q qilinishiga yo‘l qo‘ymaslik;

    • Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uning elementlarini qalbakilashtirishga (o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik;

    • Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan shaxslar yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik;

    • Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.

    YUqorida ta’kidlab o‘tilganlarning barchasi asosida kompyuter tarmoqlari va tizimlarida axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi va muhimligi kelib chiqadi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni himoyalash deganda, berilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan.
    Birlashgan tarmoqlarda ishlash xavfsizligining murakkabligiga quyidagi misollar orqali ishonch hosil qilish mumkin.

    1. Axborotni uzatishda xavfsizlikni ta’minlashga qo‘yiladigan talablarni bevosita quyidagi atamalardan aniqlash mumkin: konfidensiallik, autentifikatsiya, yaxlitlikni saqlash, yolg‘onning mumkin emasligi, foydalanuvchanlik (dostupnost), foydalanuvchanlikni boshqarish.

    2. Ko‘p hollarda yaratuvchi e’tiboridan chetda qolgan himoya tizimining kamchiliklarini aniqlash maqsadida muammoga qarshi tomonning nuqtai nazaridan qarash lozim. Boshqacha aytganda, himoyaning u yoki bu mexanizmi yoki algoritmini yaratishda mumkin bo‘lgan qarshi choralarni ham ko‘rish lozim.

    3. Himoya vositalaridan barcha qarshi choralar majmuasini hisobga olgan holda foydalanish lozim.

    4. Xavfsizlikni ta’minlash choralari tizimi yaratilganidan so‘ng bu choralarni qachon va qaerda qo‘llash masalasini echish lozim. Bu fizikaviy joy (ma’lum himoya vositasini qo‘llash uchun tarmoq nuqtasini tanlash) yoki xavfsizlikni ta’minlovchi mantiqiy zanjirdagi joy (masalan, axborot uzatuvchi protokol sathi yoki sathlarini tanlash) bo‘lishi mumkin.

    5. Himoya vositalari, odatda, ma’lum algoritm va protokoldan farqlanadi. Ularga binoan barcha himoyadan manfaatdorlar axborotining qandaydir qismi maxfiy bo‘lib qolishi shart (masalan, shifr kaliti ko‘rinishida). Bu esa o‘z navbatida bunday maxfiy axborotni yaratish, taqsimlash va himoyalash usullarini ishlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi.

    Maxfiy va qimmatbaho axborotlarga ruhsatsiz kirishdan himoyalash eng muhim vazifalardan biri sanaladi. Kompyuter egalari va foydalanuvchilarning mulki huquqlarini himoyalash - bu ishlab chiqarilayotgan axborotlarni jiddiy iqtisodiy va boshqa moddiy hamda nomoddiy zararlar keltirishi mumkin bo‘lgan turli kirishlar va o‘g‘irlashlardan himoyalashdir. Hozirgi kunda xavfsizlikning bir qancha yo‘nalishlarini qayd etish mumkin.

    Download 1,03 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish