O‘quv qo‘llanma toshkent – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 32,79 Mb.
bet25/114
Sana20.07.2022
Hajmi32,79 Mb.
#825415
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114
Bog'liq
21.06.Ўқув қўлланма 2021 й.Азизова

Tashqi faksmodem

Simsiz modem

Ichki modem

2.3.4-rasm. Modem turlari
1-KEYS. Korxonada global tarmoqlardan foydalanish samaradorligini aniqlash. Iqtisodiyotda global tarmoqning turgan o’rni va ahamiyatimi aniqlsh.

INTERAKTIV SEANS: TASHKILOTLARNING TARMOQ BETARAFLIGI UCHUN KURASHI

Siz Internetdan qanday foydalanasiz? Siz dastlab tarmoqdan el.pochtada ishlash va onlayn bank ishida foydalanasizmi? Yoki siz kun davomida onlayn tarzda YouTube da video ko`rasiz yoki musiqa fayllarini yuklaysiz, onlayn o`yinlar o`ynaysiz? Doimiy ravishda iPhonedan seriallar va filmlar ko`rishda foydalanasizmi? Agar siz Internet yoki smartfondan foydalansangiz, demak siz ko`proq o`tkazish qobiliyatidan foydalanasiz. Yuz millionlab odamlar ham siz kabi foydalansa, Internet sekinlashadimi?


AQShda, Netflix hisobi bo`yicha, videoko`rsatuvlar oqimini o`tkazish uchun butun o`tkazish qobiliyatining 32%idan foydalniladi, YouTube Googleda ish kunining qizg`in paytida Web-trafik o`tkazishda 19%idan foydalaniladi. Agar foydalanuvchilar talabi tarmoq imkoniyatlarini larzaga solib, Internet «karaxtlik» holatiga tushsa, foydalanuvchilar sust yuklash tezligi va sust videoko`rsatuvlarga to`qnash kelar edi. Nyu York va San Fransisko kabi shaharlarda telefondan ko`p miqdorda foydalanilishi, allaqachon simsiz AT&T tarmog`ida xizmat ko`rsatishni yomonlashishiga olib kelgan. AT&T ma’lumot berishicha, abonentlarning 3%i tarmoqdagi ma’lumotlar oqimining 40%ini jo`natadi.
Internet-provayder (ISP)lar tasdiqlashicha, tarmoqni ortiqcha yuklanishi jiddiy muammo bo`lib, tarmoqni kengaytirishda foydalanuvchilarga ortiqcha harajatlarni keltirib chiqaradi. Kompaniyalar harfli ma’lumotlar va o`lchamli foydalanishni o`z ichiga oladigan differensial baholash usulini, yani o`tkazish quvvatidan foydalanish asosida summani shakllantirishga, tarmoq infrato`zilmalarini investitsiyalashda adolatli bo`ladi, deb ishonmoqdalar. Lekin bu usul, tarmoq betarafligi xususida munozaralar davom etayotgani sababli, Internetdan foydalanishda keng qo`llanilmaydi.
Tarmoq betarafligi bu shunday g`oyaki, unga asosan, Internet xizmati provayderlari barcha mijozlarga kontent va qo`shimchalarga, ularning kelib chiqishi va tabiatidan qat’iy nazar, birday kira olishini ta’minlashi lozim. Endi, Internet betaraf: butun Internet trafik birday ishlanadi, yani internet –magistral egalari taqdim etganiga asosan, dastlab kelganidan boshlanadi. Biroq, ushbu holat telekommunikatsiya va kabel kompaniyalar tomonidan, kontent ma’lumot o`tkazishda Internetdan foydalanganda ishlatgan o`tkazish imkoniyatlari miqdori asosida differentsial narx shakllantirishni yo`qqa chiqaradi.
Betaraflikni tarmoqli himoyachilari ittifoqi quyidagilarni o`z ichiga oladi: MoveOn.org; xristianlar Koalitsiyasi; Amerika kutubxonalar assotsiatsiyasi; Netflix, Amazon va Google kabi yuqori ma’lumot sig’imiga ega bo`lgan firmalar tarmog’i, kichik biznes korxonalari va bloggerlar to`plami singari asosiy iste’molchilar. Betaraflikni tarmoq himoyachilari, differentsial baholash, o`tkazish qobiliyatidan ko`p miqdorda foydalanuvchi YouTube, Skype kabi boshqa ilg’or xizmatlarga og’ir harajatlarni yuklashi barobarida, ma’lumot sig’imi ko`pligidan yuqori o`tkazish qobiliyatini ishga solishni yuqqa chiqarishi haqidagi muhokamani yuritmoqda. Betaraflikni tarmoqdagi tarafdorlari tasdiqlashicha, tarmoq betarafligi bo`lmasa, ISPlar, Comcastga o`xshash kabel kompaniyalari hisoblanadi va ular Netflix yoki Xuludan olinayotgan onlayn video oqimlarini berkitib, mijozlarni filmlar prokatida kabel kompaniyalaridan foydalanishga majbur etishi mumkin.
Tarmoq egalari, tarmoq betarafligini tartibga solinishi amerikacha raqobatbardoshlikka, yangi tarmoqlar uchun olamshumul kapital qo`yilmalar kelishiga tuo`sqinlik qilishi va ularning tarmoqlarini simsiz trafik va Internetga bo`lgan o`ta yuqori talabni qondirish imkoniyatini cheklashi mumkin deb ta’min qilmoqdalar. Amerika Internet xizmati boshqa mamlakatlarga nisbatan tezligi, narxi va xizmat sifati borasida orqada qolishi bilan yuqoridagi ta’minni haqiqatga aylanish ehtimolini kuchaytirmoqda. Internetga kirish yo`llari ko`p, qoniqmagan iste’molchilar tarmoq betarafligini amalga oshirgan va internetdan cheksiz foydalanish imkoniyatini beradigan boshqa provayderlarga osongina o`tib olishi mumkin.
Simsiz soha tarmoq betaraflik qoidalaridan ozod qilingan edi, chunki hukumat tarmoqni yetarli darajada shakllanmagan deb hisoblagan, shuning uchun kompaniyalarga trafikni boshqarishda ko`prok erkinlik berish kerakligini belgilagan. Simsiz provayderlar rejalarni tabaqalashtirgan va bu bilan ko`p miqdorda o`tkazish imkoniyatidan foydalanuvchilarga xizmat uchun katta to`lovlarni yuklagan.
Yangi Amerika asoslari (NAF) nodavlat, notijorat taShKilotiga qarashli Jamoatchilik siyosati Institutining 2012 yil dekabrdagi hisobotida bu holat shubxa ostiga olingan. Unda keng polosali tarmoqlarga bog’langan ShK, marshrutizator va kayta ulanmalar sezilarli ko`paygan bir vaqtda narxlar pasaygan. 2012 yilda amerikaliklar tomonidan internet-ma’lumotlardan foydalanish 120%ga ko`paygan, ma’lumotlarni tashish narxi yanada tez sur’atda pasaygan. Xizmat ko`rsatuvchilar uchun tarmoq narxi hech bo`lmaganda bir xil, ko`p hollarda past bo`lgan.
(NAF) uz habarlarida shuni tasdiqlaydiki, musobaqani yetishmasligi keng polosali xizmat taqdim etuvchilarga ko`prok yuqori darajada yuklanishga olib kelgan va ular eski tarmoqni yangilash, qo`llab-quvvatlashga kam kapital qo`yilmalar sarflagan. Sudlar, federal hokimiyatning aloqa Komissiyasi (FCC) Internetni qanday ishlashi lozimligi haqida ko`rsatma berishga vakolati yo`qligini qo`llab-quvvatlagan.
1996 yildagi «Aloqa haqidagi Qonun» agentlikka Internetni «jamoat transporti» kabi boshqarishni ta’qiqladi va FCCni o`zi keng polosali tarmoqni telekommunikatsiya xizmati sifatida tasniflamaslikka qaror qildi.
2014 yil 14-yanvarda Kolumbiya okrugi Apellyatsiya sudi FCCni «Ochiq Internet»ini Internet trafik va keng polosali provayderlarni, trafik ko`pligini hisobga olib, ular tomonidan ma’lum saytlarni ma’qullashi yoki kompaniyalardan mahsus to`lovlarni undirishdan chetlashtirib, bir xilda boshqarishini aybladi. Sud, shuningdek FCC tomonidan keng polosali provayderlarni, komissiya tomonidan ularni telekommunikatsiya xizmati sifatida baholamaslikka qaror qilinishiga qaramay, an’anaviy telekommunikatsiya xizmati kabi majburiyatlar bilan og`ir ahvolga solib qo`yayotganligini ta’kidladi.
FCC 2014 yil 24-aprelda Disney, Google yoki Netflixga o`xshash kompaniyalarga video va boshqa kontentlarni mijozlarga yetkazuvchi yanada tez marshrutli mahsus takliflarga ega bo`lish uchun, Internet provayderlarga, Comcast va Verizon kabi haq to`lashni taklif etishini e’lon qildi. Keng polosali provayderlar butun Internet-trafikka qanday ishlov berishini ma’lum qilishi, yanada tez marshrutlarni qanday shartlarda taqdim etishi va «oqilona savdo usuli»da harakat qilish majburiyatini olishi lozim edi. Provayderlar tomonidan tarmoq saytlari berkitilishiga yo`l qo`ymaslik kerak. Taklif etilayotgan qoidalar, Internet xizmati taqdim etuvchilarga, ularni kontent bilan ta’minlaydigan kompaniyalar tomonidan uzlariga yanada tez marshrut berilganini ma’qullashini ma’lum qilishini talab qiladi
Biroq, FCC Internet ochiq bo`lishiga intilmoqda. 2014 yil 30 aprelda FCC raisi Tom Uiler, musobaqa yetishmasligi iste’molchilarga zarar keltirishini va
FCC tarmoq betarafligi bo`yicha qat’iy qoidalar qabul qilishni rejalashtirganini e’lonqildi.




Download 32,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish