O‘quv qo‘llanma toshkent – 2022 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 32,79 Mb.
bet26/114
Sana20.07.2022
Hajmi32,79 Mb.
#825415
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114
Bog'liq
21.06.Ўқув қўлланма 2021 й.Азизова

KEYS STADI SAVOLLARI

1. Tarmoq betarafligi nima? Nima uchun internet ayni vaqtda tarmoq betaraflik ostida faoliyat ko`rsatdi?


2. Kim tarmoq betarafligini yoqlab chiqmoqda? Kim rad etdi? Nimaga?
3. Agar Internet-provayderlar yer usti aloqa liniyalari, hamda simsiz tarmoq orqali ma’lumotlarni uzatishda tabaqalarga ajratilgan xizmat modeliga o`tsa, yakka foydalanuvchilar, firmalar va hukumatlarga nima tasir qiladi?
4. Tarmoq betarafligi Internet tashkil topgandan shu kungacha ushbu tarmoq uchun o`ta muhim muammo bo`lgani ta’kidlanmoqda.
5. Siz tarmoq betarafligi qonunchiligi tarafdorimisiz? Nima uchun va nima uchun yo`q?
2-KEYS. Tarmoqda xodimlarni nazorat qilish: ko`ngilsiz yoki yaxshi biznes?

INTERAKTIV SEANS: BOSHQARUVDA

Internet favqulodda qimmatli ish quroliga aylandi, shuningdek, u xodimlarni topshiriqdan chalg`ituvchi ulkan omil ham. Xodimlar kompaniyaning qimmatli vaqtini, ishga aloqasi bo`lmagan web-saytlarda (Facebook, xarid qilish, sportga oid, va hokazo.), shaxsiy el.pochtalarini jo`natib va qabul qilib, dustlari bilan onlayn-chatda suhbatlashib, video va musiqalar yuklab bekorga sarflamoqda. IT GartnerInc tadqiqot firmasi ma’lumotiga qaraganda, ish bilan bog`lik bo`lmagan internet-natijalar ko`chirish, amerika firmalari tomonidan yiliga 40% samaradorlikni yo`qotishga olib kelmoqda. Yaqinda Gellup instituti tomonidan o`tkazilgan jamoat so`rovida aniqlanishicha, har bir xodim kuniga ofis kompyuteridan o`rtacha 145 daqiqa davomida ish bilan bog`lik bo`lmagan yo`nalishda foydalanadi. Bu yillik har bir xodim tomonidan 6,250 dollar zarar keladi, degani. 500 xodimdan iborat o`rtacha kompaniyani olsak, internetdan noo`rin foydalanish natijasida ish samaradorligini yuqotish bilan zarar ko`rish 3,25 mln. dollar bo`ladi.


Ko`p kompaniyalar xodimlarning, ular bilmagan holda, el.pochta va Internetdan foydalanishlarini nazorat qila boshladi. Endilikda ushbu maqsadlar uchun SONAR, Spector tadqiqot CNE, iSafe, OsMonitor, IMonitor, Work Examiner, Net Spy, Activity Monitor, Mobistealth va Spytech kabi vositalar ko`payib ketgan. Bu mahsulotlar kompaniyalarga onlayn qidiruvlar ro`yxatini, monitor fayli yuklanishi va yuklanishlarni, klavishlarni rekord darajada bosilishini ko`rsatadi, elektron xatlarni kuzatadi, suhbat stenogrammalarini ochib beradi yoki monitor ekranida aniq bir vaqtda aks etgan tasvir suratini olib ko`rsatadi. Bir zumda axborot almashish, matnli habarlar almashinuvi va ijtimoiy muloqot vositalari nazorati ham kuoaymoqda. U.S. kompaniyalari xodimning ish vaqtidagi el.pochtasi va Internetini nazorat qilish uchun qonuniy huquqqa ega, lekin amaldagi bunday nazorat ko`ngilsiz bir holatmi yoki ular uchun shunchaki yaxshi biznesmi?
Menejerlar, xodimlarni kompaniya biznesi o`rniga o`z shaxsiy muammolari bilan band bo`lishi, ularni ish samaradorligi va vaqtini yo`qotishidan havotirga tushmoqdalar. Yo`qotilgan vaqt esa, yo`qotilgan daromadga aylanmoqda. Ayrim xodimlar mijozlarni onlayn qidirish uchun shaxsiy manfaatlaridan kechib vaqt ketkazayotganlarini ro`kach qilgan holda, o`z xizmatlari uchun o`ta yuqori haq talab qilib chiqishni e’lon qilmoqdalar.
Agar kompaniya tarmog`ida shaxsiy trafik salmog`i ko`p bo`lsa, tarmoq zo`riqishi, bandligi natijasida, ish joyida bajariladigan qonuniy ish bajarilmay qoladi. Procter&Gamble (P&G) xodimlar tomonidan o`rtacha bir kunda Pandora orqali 4000 soat musiqa eshitilganini, YouTubeda 50.000 ta besh minutlik videolar ko`rilganini topgan. Bu harakatlar, P&G uchun ulkan miqdordagi ma’lumotlar oqimini uzatilishi va Internetg bog’lanish sekinlashishiga olib kelgan.
Xodimlar el.pochtadan, ish beruvchining vosita va qurilmalari yordamida foydalansa, biron ish qilsa yoki noqonuniy ish bajarsa, bu bilan kompaniya nomini ko`rsatadi. Ish beruvchi nomi ko`rinishi unga nisbatan javobgarlikni keltirib chikaradi. Firma boshqaruvchilari havotiri shundaki, xodimlar irqchilik, shaxvoniy yoki oshkora buzg`unchi materiallarga kirishi yoki ularni tarqatishi firma obro`sini to`kishi, xatto sud javobgarligiga olib kelishi ehtimoli bor. Fortunedagi 500 tashkilotning tahminan 214 %i noma’lum el.pochtadan kelayotgan jinsiy ta’magirlikdan mustaqil himoyalanishiga to`g`ri kelgan. Garchi kompaniya javobgar bo`lmasada, sud jarayonlarida javob berish bilan yuridik hisob raqamlardan katta miqdorda qarz bo`lib qolishi mumkin. Symantec 2011 Ijtimoiy muhit buxtonlaridan himoyalanish so`rovnomasi aniqlashicha, kompaniyalar ommaviy vositalaridagi ular tomonidan yo`l qo`yilgan ko`ngilsizliklar bo`yicha so`ro`-javoblar berishi oqibatida o`rtacha 650.000 dollarga tushgan.
Kompaniyalar mahfiy ma’lumotlar va savdo sirlarini el.pochta yoki ijtimoiy tarmoqlar orqali oshkor bo`lishidan qo`rqadi. Amerika boshqaruv Assotsiatsiyasi va ePolicy Instituti o`tkazgan tahlil bo`yicha ovoz bergan xodimlarning 14%i kompaniyalarining mahfiy va o`ta havotirga soluvchi el.xatlarini begonalarga yuborganliklarini tan olishgan.
U.S. kompaniyalarini xodimlar tomonidan ish vaqtida kompaniya uskunalaridan qanday foydalanayotganini kuzatishga qonuniy huquqi bor. Ish joyini ijobiy holatda va samarali saqlashni elektron kuzatuvi maqbul vositami, degan savol tugiladi. Ayrim kompaniyalar korporativ tarmoqdagi shaxsiy harakatlarni taqiqlaydi. Xodimlarni ayrim Web-sayt yoki ijtimoiy saytlarga kirishini berkitib qo`yadi, el.xatlarni va tarmoqda shaxsiy ishi bilan bo`lish vaqtini nazorat qiladi.
Masalan, P&G Netflixni berkitib, xodimlarni Pandoradan foydalanishni cheklashlarini so`ragan. Shuningdek, xodimlar raqamli marketing kompaniyalari uchun foydalanishiga YouTubeda ishlashga ruhsat beradi va ijtimoiy saytlarni berkitmaydi.
Kaliforniya, Santedagi Ajax Boiler, SpectorSoft Korporatsiyasini dasturiy ta’minotidan foydalanib, barcha xodimlarni Web-saytga kirishi, har bir saytda qancha vaqt bo`lishi va barcha yuborgan el.xatlarini yozib boradi. Investitsiya va moliya xizmati ko`rsatuvchi Wedbush firmasi o`zining 1000 dan ortiq xodimini har kunlik el.pochtasi, ijtimoiy tarmoqda bo`lishi va faoliyatini nazorat qiladi. Firma nazorat dasturiy ta’minoti habarlardagi kalit so`zlar doirasida va turli bayroqchalar bilan belgilangan habarlarni keyinchalik tadqiq etadi. Ko`p firmalar doiradan chiqqan xodimlarni ishdan bo`shatgan. Proofpoint sharxlashicha, 5tadan 1ta U.S. kompaniyasi o`tgan yili xodimlari tomonidan el.pochta siyosati buzilganini topgan.
Menejerlar o`rtasida xodimlarni internetdan noto`g`ri foydalangani uchun ishdan bo`shatganlarnig ko`pchiligi, ularning el.pochtasida mahfiy yoki havotirli ma’lumotlar bo`lganini sabab qilgan. Har qanday qaror ham muammosiz bo`lmaydi, biroq maslahatchilar, kompaniyalar tomonidan xodimlar el.pochtasida, ijtimoiy muloqot vositalari va Web-foydalanishda korporativ siyosat asoslarini yozishni mo`ljallaydi. Siyosat davlat, egallagan o`rni yoki darajasi bo`yicha asosiy qoidalarni o`z ichiga olib, xodimlarni qaysi holatlarda kompaniya vositalaridan el.pochta, blog yuritish yoki Web-ko`chishlarda foydalanishi mumkinligini ko`rsatib berishi kerak. Bu siyosat xodimlarga ular harakati tekshirilishini habar qilishi va nima uchun IBMda, xodimlarni Facebook va Twitter singari saytlardagi faoliyatini ochib beruvchi «ijtimoiy hisoblashni rahbar tamoyillari» borligini tushuntirib berishi lozim.
Rahbar tamoyillar xodimlarni o`z fikrlarini yashirmaslikka ishontirishi, har bir ishiga javobgarlikni eslatishi, ularning IBMdagi roliga bog`lik bo`lmagan muammolar muhokamasidan ham chekinmasligini bildirishi kerak. Qoidalar ma’lum biznes ehtiyoj va tashkiliy madaniyat bilan cheklanishi lozim. Maslan, investitsiya firmasi xodimlariga boshqa investitsiya saytlariga kirishiga ruxsat berishga majbur. Keng tarqalgan ma’lumotlarga bog`lik kompaniya undan hamkorlikda foydalanishda yangilik va mustaqilikni qo`llaydi, nimagaki, nazorat muammoni hal qilishdan ko`ra ularni ko`payishiga sabab bo`ladi.


Download 32,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish