213
̶ harbiy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltiriladigan moliyaviy va
moddiy resurslar
xarajatlarini maqbullashtirish, davlat harbiy
tashkilotining barcha tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘liq, uyg‘un holda
rivojlantirish asosida ulardan foydalanish samaradorligini
oshirish;
̶ qo‘shinlarni va qurol-yarog‘ni boshqarishning unifikatsiya
qilingan, himoyalangan axborot-kommunikatsiya tizimlarini razvedka,
ogohlantirish, radioelektron kurash tizimlarini, shuningdek yuqori
aniqlikdagi nishonga urish vositalarini
ishlab chiqish hamda ishlab
chiqarish uchun iqtisodiy va moliyaviy sharoitlar yaratish;
̶ mamlakatning, Qurolli Kuchlarning va harbiy infratuzilmaning
ilmiy-texnikaviy,
texnologik
va
ishlab
chiqarish
bazasini
rivojlantirish;
̶ harbiy va ikki xil maqsadga mo‘ljallangan mahsulotdagi,
shuningdek
ularni
ishlab
chiqish
hamda
ishlab
chiqarish
texnologiyalaridagi intellektual mulk obyektlarining huquqiy himoya
qilinishini ta’minlash;
̶ iqtisodiyotning fuqarolarga oid va harbiy sektorlarini o‘zaro
uyg‘unlashtirish hamda davlatning harbiy-iqtisodiy faoliyatini uning
harbiy
xavfsizligini
ta’minlash
manfaatlarini
ko‘zlab
muvofiqlashtirish;
̶ harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining turmush darajasini
yuksaltirish, qonun hujjatlarida belgilangan ijtimoiy kafolatlarini
amalga oshirish;
̶ mamlakatning safarbarlik shayligi va safarbarlik tayyorgarligi
tizimlarini takomillashtirish;
̶ moddiy vositalar zaxiralarini shakllantirish;
̶ o‘zaro manfaatli xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy
hamkorlikni amalga oshirish.
34. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining tarkibiy qismi
bo‘lgan mudofaa budjeti mamlakat mudofaasini moliyaviy jihatdan
ta’minlashning asosidir. Mudofaa budjeti davlatning iqtisodiy
imkoniyatlarini va davlat harbiy tashkilotining mudofaa vazifalarini
hal etish uchun haqiqiy talab-ehtiyojlarini
hisobga olgan holda
shakllantiriladi.
35. Harbiy xizmatchilar va ular oila a’zolarining ijtimoiy
himoyasi harbiy xizmatni o‘tash tartibini, ichki ta’minotini, uy-joy,
tibbiy va pensiya ta’minotini takomillashtirishga qaratilgan qonunlar
hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va jamiyatda harbiy
xizmatning nufuzi, obro‘si oshirilishini ta’minlaydigan davlat
214
dasturlarini ro‘yobga chiqarishning boshqa
ishlab chiqilgan samarali
mexanizmlari asosida amalga oshiriladi.
36. Xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik Qurolli
Kuchlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikaning eng yangi
hamda istiqbolli namunalari bilan ta’minlash, ularni modernizatsiya
qilish, ta’mirlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha vazifalarni hal etish,
qo‘shma loyihalarni amalga oshirish,
mudofaa sanoati kompleksiga
chet el investitsiyalari hamda texnologiyalarini jalb etish, shuningdek
harbiy, harbiy-texnik kadrlar va mutaxassislarni tayyorlash, qayta
tayyorlash, ularning malakasini oshirish zaruriyatiga muvofiq tashkil
etiladi hamda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: