O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
_______________________________________________________
Fakulteti
_______________________________________________________
Yo’nalish
_______________________________________________________
Fanidan
Mustaqil ishi
Mavzu: ___________________________________________
___________________________________________
Bajardi: _________________________
Qabul qildi: __________________________
Farg’ona -2023
Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishda bojxona organlarining o`rni.
REJA:
I. Kirish.
II. Asosiy qism.
Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mazmuni va mohiyati .
Tashqi iqtisodiy faoliyatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning ayrim jihatlari.
O`zbekiston respublikasi bojxona nazorati va kuzatuvining o`ziga xos xususiyatlari.
III. Mavzu yuzasidan keyslar
IV. Mavzu yuzasidan Testlar
V. Mavzu yuzasidan tezkor savol va javoblar
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, uning mustaqilligini, barqarorligini ta’minlash kafolatidir. Iqtisodiy xavfsizlik davlat xavfsizligining muhim shartlaridan biridir. U milliy resurslar ustidan davlat nazoratini o‘rnatadi, milliy manfaatlar himoyasi nuqtai nazaridan tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soladi, mamlakat iqtisodiyoti va ishlab chiqarish qudratini oshiradi. Ilk qarashda, “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi iqtisodiy manfaatlarning xavfdan holi ekanligi, himoyalanganligini anglatadi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda davlat boshqaruv organining ahamiyati to‘g‘risida so‘z yuritilganida, albatta uning biror bir shaxs yoki guruh manfaatlarini himoyalanishi nuqtai nazaridan emas, balki shaxs, guruh, jamiyat va davlat manfaatlarini mujassam etgan milliy iqtisodiyot xavfsizligidagi ahamiyatiga izoh beriladi. Bu ma’noda, “iqtisodiy xavfsizlik” tushunchasi O‘zbekiston iqtisodiyotini boshqarish organlari atamashunosligida yangi hisoblanadi. Xorijiy mamlakatlar boshqaruv tuzilmalari amaliyotida esa avvaldan qo‘llanib kelinayotgan tushuncha bo‘lib, keng sharhlanadi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma‘no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo‘lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi. Prezidentimiz ta‘kidlaganlaridek, bu yil barchamiz ona yurtimiz, O‘zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug` sanalardan biri – Vatanimiz mustaqilligining 25 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz. Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab olishni talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |