211
̶ harbiy sohada milliy xavfsizlikning ta’minlanishini strategik
rejalashtirish davlat tizimini qonunchilik yo‘li
bilan tartibga solish
samaradorligini
oshirish;
̶ mamlakat mudofaasini rejalashtirish tizimini takomillashtirish;
̶ davlatning harbiy xavfsizligini ta’minlash vazifalariga va
iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq davlatning harbiy tashkiloti
tuzilmasini, tarkibini hamda tarkibiy qismlari sonini maqbullashtirish;
̶ mamlakatning safarbarlik tayyorgarligini,
davlat harbiy
tashkilotining faoliyat yuritishini iqtisodiy jihatdan ta’minlash tizimini
takomillashtirish;
̶ harbiy fanni rivojlantirish va harbiy xavfsizlikni ta’minlash
sohasida qabul qilinadigan qarorlarning ilmiy jihatdan mustahkam
tizimini takomillashtirish;
̶ mudofaaning iqtisodiy, texnologik va harbiy-texnik bazasining
asosi sifatida mudofaa sanoati kompleksini bosqichma-bosqich
rivojlantirish;
̶ qo‘shinlarni qurol-yarog‘, harbiy va maxsus texnikaning
zamonaviy va istiqbolli namunalari bilan
qayta jihozlash;
̶ hududiy mudofaa va fuqaro muhofazasi tizimlarini
takomillashtirish;
̶ harbiy xizmatchilarni va ularning oila a’zolarini ijtimoiy
himoya qilish sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishga doir
yangi mexanizmlarni ishlab chiqish;
̶ aholini harbiy-vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashning samarali
mexanizmlarini mazkur jarayonga nodavlat notijorat tashkilotlarini
jalb qilgan holda amaliyotga joriy etish;
̶ axborot xavfsizligini ta’minlashga doir kompleks chora-
tadbirlarni amalga oshirish;
̶ xalqaro harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish.
30. Qurolli Kuchlarni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari
quyidagilardan iborat:
̶ harbiy qurilishning milliy va xorijiy tajribasini inobatga olgan
holda qo‘shinlar hamda Qurolli Kuchlar harbiy tuzilmalarining tashkil
etilishini, tuzilishini va tarkibini takomillashtirish;
̶ qo‘shinlarning jangovar va safarbarlik shayligi, qo‘shinlarning
tezkor, jangovar, ma’naviy-ma’rifiy va psixologik tayyorgarligini
rejalashtirish hamda tashkil etish, shuningdek ta’lim olgan safarbarlik
zaxirasini tayyorlash tizimlarini takomillashtirish;
212
̶ barcha darajalardagi boshqaruv
organlarini maqbullashtirish,
qo‘shinlarni va qurol-yarog‘ni boshqarishning yagona himoyalangan
axborot-kommunikatsiya tizimlarini shakllantirish;
̶ qo‘shinlarning operatsiyalari va taktik harakatlarini tezkor
(jangovar) ta’minlash tuzilmalarini yanada rivojlantirish;
̶ harbiy ta’lim hamda milliy harbiy ilmiy va pedagog kadrlarni
tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini
yuksaltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: