O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tuzilishi.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini barpo etishning
tashkiliy davri yakunlangach, oldindagi vazifa uni zamon talablari
asosida isloh qilishdan iborat boʻldi. Bunda avvalo qoʻshinlar
qoʻllanishning strategik va taktik jihatidan kelib chiqib, Qurolli
Kuchlar tuzilishi asosi Oʻzbekiston Respublikasini himoya qila
oladigan qoʻshinlar va maxsus qoʻshinlarni tuzishga qaratildi. Bular:
1.
Quruqlikdagi qoʻshinlar; harbiy havo kuchlari va harbiy havo
hujumidan mudofaa qoʻshinlari;
2.
Maxsus va muhandislik quruvchilik qoʻshinlari; Ichki ishlar
vazirligining ichki va qorovul qoʻshinlari;
3.
Davlat xavfsizlik xizmatining harbiylashtirilgan qismlari va
chegara qoʻshinlari.
•
Quruqlikdagi qoʻshinlar tarkibiga motooʻqchi, tankchi va
artilleriya qoʻshilmalar va qismlaridan, havo desanti, hujumchi desant,
havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari, tez harakat qiluvchi kuchlar
qismlari, taʼminot qismlari va boʻlinmalari kiradi.
•
Harbiy havo kuchlari Qurolli Kuchlarning eng yuqori
manyovrlangan qoʻshin turlaridan biri hisoblanadi.
•
Maxsus qoʻshinlar jangovar harakatlarni operativ taʼminlash
masalalarini hal etish uchun moʻljallangan.
•
Qoʻshinlarning harakati va manyovri uchun yoʻllarni
tayyorlashda muhandislik boʻlinmalarining tutgan oʻrni alohida. Bu
boʻlinmalar gʻildirakli va zanjirlik asoslardagi yoʻlyotqizgich,
minalardan tozalovchi muhandislik mashinalari, koʻprik quruvchilar
216
hamda oʻziyurar mexanizatsiyalashgan koʻpriklar kabi maxsus texnika
turlari bilan taʼminlangan.
•
Qoʻshinlarning muvaffaqiyati koʻp jihatdan harbiy aloqa
qoʻshinlariga bogʻliq. Ular qoʻshinlar va qurollarni boshqarish
tizimida axborotlarni almashtirish xizmatini bajaradilar. Aloqa
qoʻshinlari simli aloqa, radioaloqa, maxfiylashtirilgan aloqa
vositalaridan foydalangan holda harbiy harakatlarning borishiga taʼsir
oʻtkazadilar.
•
Muhandislik quruvchilik qoʻshinlari Qurolli Kuchlar
infratuzilmasi taraqqiyotini taʼminlash va davlat strategik iqtisodiy
dasturini bajarishga hissa qoʻshib kelmoqda. Urush sharoitida mazkur
qoʻshinlarga mudofaa binolarini, kommunikatsiya qurilishlari va
qutqaruvavariya ishlarini bajarish yuklatilgan.
Oʻzbekiston
Respublikasi Chegara
qoʻshinlari Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidentining 1992-yil 24-martidagi farmoniga koʻra
tuzildi. Chegara qoʻshinlariga OʻzR davlat chegaralarini, uning
suverenitetini himoya qilish vazifasi qoʻyilgan. Ichki ishlar
qoʻshinlarining maxsus boʻlinmalari muhim davlat obʼyektlarini
qoʻriqlash, maxsus harbiy operatsiyalarda qatnashish, terrorchilarga
qarshi kurash kabi vazifalarni bajaradi.
Urush holatida Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari oʻz vazifalarini
OʻzR Davlat xavfsizlik xizmati qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi
bilan birgalikda amalga oshiradi. Ularning birgalikdagi harakatini
muvofiqpashtirish uchun 2000 yilda Mudofaa Vazirligida Oʻzbekiston
Respublikasi Qurolli Kuchlarining Birlashgan Shtabi tuzildi.
Qurolli Kuchlarga Oliy boshqaruvni Prezident amalga
oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga
muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh
qoʻmondoni hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarning tashkiliy davrida Qurolli Kuchlar
tashkiliyshtat tuzilishi takomillashtirildi va unga muvofiq harbiy
qismlar, muassasalar va harbiy oʻquv yurtlari isloh qilindi. Harbiy
bilim yurtlari tarmoqlarini kengaytirish va Qurolli Kuchlar
akademiyasini barpo etish hisobiga milliy kadrlar tayyorlashning
mukammal tizimi yaratildi. Qurolli Kuchlar vazifalariga binoan,
harbiy xizmatchilar barcha toifasining taʼlim jarayoni yaxshilandi.
Mintaqadagi geostrategik vaziyat va harbiy-siyosiy holat hisobga
olinib, qoʻshinlarni joylashtirish tizimi takomillashtirildi. Bu — davlat
chegaralarini hamda xalqimiz manfaatlarini ishonchli himoya qilish
217
imkonini yaratdi. Zamon talabiga javob bera oladigan qoʻshinlarni
barqaror boshqarish tizimi barpo etildi. Harbiy xizmatni tashkil
etishning infratuzilmasi yaratildi; Oʻzbekiston Respublikasining
Konstitutsiyasi, “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
toʻgʻrisida”,
“ Mudofaa
toʻgʻrisida”
qonunlari,
1996-yilda
Umumharbiy Nizomlar qabul qilinishi bilan Qurolli Kuchlarimiz
huquqiy bazasi yaratildi.
Oliy Majlisning 1-chaqiriq 14-sessiyasida Qurolli Kuchlarni,
Chegara va Ichki qoʻshinlarni yagona davlat siyosati asosida
bosqichmabosqich chuqur isloh etish masalalariga qaratildi. Qurolli
Kuchlarni isloh qilishda jahon va davlatimiz harbiy yutuqlari, harbiy
qurilishning ilgʻor tajribalari va fanidan foydalanildi. Jangovar
vazifalarni hal qilishning yanada samarali imkoniyatlarini izlash
borasida faol ish olib borildi. Bunda, albatta, ekstremizm va xalqaro
terrorizm faoliyatining faollashuvi kabi yangi omillarga qarshi kurash
ham nazarda tutildi. Islohot shaxsiy tarkibni maʼnaviyaxloqiy
tarbiyalashni, ularning professional tayyorgarligini va qayta
tayyorlashni tashkil etishning butun tizimini qaytadan koʻrib chiqishni
koʻzda tutadi. U jangchilarda Vatanga muhabbat va sadoqatni, yuksak
maʼnaviy
fazilatlar
va
mustahkam
irodani
tarbiyalashga,
professionalizmni,
aʼlo jangovar tayyorgarlikni taʼminlashga
yoʻnaltirilgan.
Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tizimida olib borilgan islohotlar,
davlat mudofaasini tashkil etish borasida toʻplangan tajribalar asosida
Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi qonuni Oliy
Majlisning 2-chaqiriq 5sessiyasida 2001-yil 11-mayda yangi tahrirda
tasdiqlandi.
Qonun davlat mudofaasining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiyhuquqiy
tadbirlar majmuidan iboratligini nazarga olgan holda mudofaa
masalasida OʻzR Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi, Mudofaa vazirligi,
Qurolli Kuchlar Birlashgan shtabi, harbiy okruglar, vazirliklar, davlat
qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlarining
fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari, korxonalar, muassasalar
va tashkilotlar hamda mamlakat fuqarolarining davlat mudofaasini
taʼminlashdagi vakolatlarini belgilab berdi.
Mudofaa va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni Oʻzbekiston
Respublikasi Prezidenti — Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy
Bosh qoʻmondoni amalga oshiradi. Urush sharoitida OʻzR Mudofaa
218
vaziri bir paytning oʻzida Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qoʻmondonining
oʻrinbosari hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan
tartibga koʻra, Respublika Qurolli Kuchlari Oliy Bosh qoʻmondoni
OʻzRga hujum qilinganda yoki tajovuzdan birbirini mudofaa qilish
yuzasidan tuzilgan shartnoma majburiyatlarini bajarish zaruriyati
tugʻilganda urush holati, umumiy yoki qisman safarbarlik eʼlon qiladi
hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida yoki uning
ayrim joylarida favqulodda holat joriy etadi. Qurolli Kuchlarning oliy
qoʻmondonlarini tayinlaydi va vazifasidan ozod qiladi, oliy harbiy
unvonlarni beradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi oʻz tasarrufidagi
qoʻshinlarga boshqaruvni amalga oshiradi, mudofaa va harbiy qurilish
sohasidagi davlat siyosati yuritilishini, OʻzR Mudofaa vazirligi
qoʻshinlarining zamonaviy qurolyarogʻlar, harbiy texnika va
moddiytexnika vositalari bilan jihozlanishini, harbiy hamkorlik
kengaytirilishini,
chaqiruvning
va
Qurolli
Kuchlar
kadrlari
tayyorlashning tashkil etilishini taʼminlaydi.
Qoʻshinlarni operativ boshqaruvini tashkil etish maqsadida
Harbiy okruglar tashkil etildi. Harbiy okrug bu — operatsion
yoʻnalishlarda
Oʻzbekiston
Respublikasining
xavfsizligini
taʼminlovchi asosiy harbiymaʼmuriy birlik hamda umumqoʻshin
tezkorstrategik hududiy birlashmasidir. Harbiy okruglar tashkil etilishi
bilan qoʻshinlar va qismlarni qayta joylashtirish amalga oshirildi. Bu
ularni eng muhim strategik yoʻnalishlarda jamlashga, hududiy
mudofaaning haqiqiy tizimini shakllantirishga imkon berdi. Bugungi
kunda har bir harbiy okrug, yirik qismlar oʻz oʻquv poligonlariga ega
va ularda harbiy texnikani boshqarish koʻnikmalarini hosil qilish,
jangovar qurollardan otish, artilleriya, havo janggi tayyorgarligi,
vzvod, batalon, qism tarkibida taktik oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish
uchun barcha sharoitlar yaratildi.
Harbiy islohotlar strategiyasi asosida son jihatidan uncha katta
boʻlmagan, zamonaviy qurolyarogʻ va texnika bilan qurollangan
armiyani, jangovar harakatlar olib borishning eng samarali usullarini
egallagan va har qanday bosqinchi kuchlarga qarshi turishga hamda
zarba berishga qodir boʻlgan tezkor, har tomonlama oʻziga suyangan
va taʼminlangan qismlarni tuzish asoslari yaratildi.
Bugungi
kunda
mamlakatimizda
Mudofaa
vazirligining
Toshkent umumqoʻshin komandirlari, Samarqand avtomobilchi
219
komandir-muhandislar, Chirchiq tankchi komandirmuhandislar, Jizzax
aviatsiya oliy harbiy bilim yurtlari, Toshkent axborot texnologiyalar
universitetining maxsus aloqa fakulteti, Ichki ishlar vazirligining
Toshkent oliy harbiy texnika bilim yurti, Yongʻin xavfsizligi oliy
texnika maktabida Qurolli Kuchlar saflariga turli mutaxassisliklar
boʻyicha malakali kadrlar tayyorlanmoqda. 1995 yil 2 sentyabrda
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi ochildi.
Harbiy kasbni tanlovchi yoshlar uchun Toshkent, Samarqand,
Urganch va Fargʻona shahrilarida harbiy mutaxassisliklarga
yoʻnaltirilgan litseylar faoliyat koʻrsatmoqda. Harbiy litsey
tinglovchilari 2 yil mobaynida harbiy koʻnikma toʻplab, oʻzlari
tanlagan qoʻshin turlari boʻyicha oliy harbiy bilim yurtiga yoʻl
oladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |