O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MUDOFAAVAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TALIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
HARBIY TA’LIM FAKULTET
2-bosqich 21-guruh talabasi
Olimov Abdullo Habibullo o‘g‘lining
Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) ning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Maxsus tayyorgarlik sikli o’qituvchisi: leytenant T.Nazarov
Buxoro 2021-yil
«TASDIQLAYMAN»
KURS ISHI RAHBARI
leytenant T.Nazarov
2021 y.«_____»________
K A L E N D A R R E J A
№
|
Asosiy tadbirlar nomi
|
Bajrish muddati
|
Bajarilgani xaqida belgi.
|
|
Kurs ishi mavzusi va mazmunini aniqlash
|
Sentabr
|
|
|
Kurs ishini ishlab chiqish kalendar rejasini tuzish va rahbarga tasdiqlatish
|
Oktabr
|
|
|
Bajaruvchi hujjatlarni tanlash (tavsiya etilgan va qo’shma adabiyot)
|
Noyabr
|
|
|
Boshqaruv hujjatlari, adabiyot va mavzu bo’yicha boshqa materiallarni o’rganish
|
Noyabr
|
|
|
Kurs ishini ishlab chiqish va bajarish.
|
Dekabr
|
|
|
Tekshiruv uchun kurs ishini rahbarga berish
|
Dekabr
|
|
|
Kurs ishini himoyaga tayyorlash.
|
Yanvar
|
|
|
Kurs ishi himoyasi
|
Yanvar
|
|
Talaba: Olimov A
2021 y.«_____»________
SHIMOLIY ATLANTIKA HARBIY BLOKI (NATO) NING “TINCHLIK YO‘LIDAGI HAMKORLIK” DASTURI MAVZUSI BO‘YICHA KURS ISHI
REJASI
KIRISH
I-bob. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) ning “Tinchlik yo‘lidagi hamkorlik” dasturi.
I.1. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) ning vujudga kelish tarixi.
I.2. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) a’zo davlatlar.
I.3. Shimoliy Atlantika Harbiy Bloki (NATO) ning xavfsizlik yo‘lida hamkorligi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Harbiy blok — davlatlarning umumiy siyosiy, iqtisodiy va harbiy vazifalarni hal etish uchun birgalikda harakat qilish maqsadida tuzgan harbiysiyosiy ittifoqi yoki shartnomasi. Harbiy bloklar tuzish jahonning ikki qut-bga bo’linishi sharoitida avj olgandi. AQSH va uning ittifoqchilari tomonidan Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti (NATO) tuzilgan bo’lsa, sobiq SSSR va uning ittifoqchilari Varshava shartnomasi harbiy blokini tashkil qilgandilar (1955 yil 14 may). Bu hol o’sha paytda har 2 qutb orasida ziddiyatning keskinlashishiga olib keldi. Sotsialistik tizim yemirilishi bilan SSSR, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, GDR, Polsha, Ruminiya va Chexoslovakiya davlatlari a’zo bo’lgan Varshava shart-nomasi o’zo’zidan barham topdi (1991 yil 1 iyul). Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarining bir qismini birlashtirish maqsadida 1954 yil Manila (Filip-pin) shahrida AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Avstraliya, Yangi Zelan-diya, Tailand, Filippin va Pokiston vakillari tomonidan imzolangan SEATO (Janubi-sharqiy Osiyo shart-nomasi tashkiloti) harbiy blokini esa 1975 yil sentabrda tarqatib yuborishga qaror qilingan. Yaqin va O’rta Sharqsagi harbiy siyosiy tashkilot — SENTO (Markaziy shartnoma tashkiloti) tuzilganda (1955) unga Buyuk Britaniya, turkiya, Iroq, Eron va Pokiston a’zo bo’lib kirgan edi. Bu tashkilot 1979 yil avg .da o’z faoliyatini to’xtatgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |