Hayvonlar organizmining funksiyalari
“Anatomiya” va “fiziologiya” ilmiy atamalar bo’lib, tana tuzilishini o’rganish (anatomiya) va tananing “ishlashi” (fiziologiya)ni anglatadi. Biz tananing asosiy birligi – hujayra, so’ngra to’qima orqali organlar va tizimlarni organizm tasviri hosil bo’lgunicha o’rganamiz.
Har bir tizim aniq to’qimalardan tuzilgan bo’ladi. Har bir to’qima maxsus hujayralardan (to’qimaning kichik bir bo’lagi) tuzilgan.
Hayvonlar klassifikasiyasi.
Biologiyaning har qanday jihatlarini o’rganishda hayvonlarni guruhlarga bo’lib klassifikasiyalash uchun muhim negiziy ahamiyatga ega.
Barcha hayvonlar turlar ikkita katta guruhga bo’linadi ya’ni, umurtqalilar, qaysiki skeleti mavjud va umurtqasizlar (masalan chuvalchanglar, hashoratlar va hokazo). Umurtqalilar 8 ta sinfga bo’lingan. Quyidagi sinflar veterinariya uchun juda katta ahamiyatga ega: amfibiyalar -3080 ga yaqin turi mavjud; riptiliylar-660 ga yaqin turi bor
Qushlar 8500 turi bor.
Baliqlar 30 minga yaqin turi bor
Sut emizuvchilar 4070 ga yaqin turi bor
Ushbu sinflar o’z navbatida yana turkumlarga bo’linadi va shu tariqa bir birridan to’liq farqlanib boradi. Mazkur darslikning asosiy qismlari sut emizuvchilar anatomiyasiga ta’luqli bo’lib, chunki veterinariya amaliyotida ushbu sinfga mansub hayvonlar ko’pchilikni tashkil qiladi. Sut emizuvchilarning farq qiluvchi hususiyatlar shundan iboratki ularning sut bezlaridan sut ishlab chiqariladi, shuningdek ularning tanasi tashqi tomondan junli teri bilan qoplangan. Sut emizuvchilar quyidagi turkumlarni o’z ichiga oladi: -hashoratxo’rlar, (masalan krotlar) -kemiruvchilar (masalan sichqonlar, kalamushlar), qiyonsimonlar (masalan qiyonlar) yirtqichlar, (masalan mushuk, it, ayiq, tyulеnlar), tuyoqlilar (masalan qoramollar, qo’ylar, otlar), kitsimonlar (masalan kitlar, delfinlar) prematlar (maymunlar, primatlar).
Anatomik ta’rif.
Anatomiya fanini o’rganganda terminlarni tushunish juda muhim: -sagittal tekislik- hayvon tanasining o’zinasiga, vertikal ravishda o’rtasidan-og’izdan to dum uchigacha buluvchi 2 ta semitrik o’ng va chap bo’laklarga bo’linadi.
-yuza-tana yuzasiga yaqin;
-chuqur-tana markaziga yaqin;
-bosh (oldingi)-hayvonning oldi tarafiga (bosh tomon yo’nalishi);
-dum (orqa)-hayvonning orqa dum tomoniga yo’nalishi
-medial (o’rta tekislikka qaragan);
-yon (lateral)-tashqi tomonlarga qaragan;
-dorsal-yuqoriga umirtqa pog’onasiga yaqin;
-ventral-pastga, qorin tomonga qaragan;
-rostral-burun tarafga qaragan (bosh sohasiga tegishli);
-proksimal-hayvon tanasiga yaqin (oyoqlarning yuqori qismi);
-distal-hayvon tanasidan uzoq (oyoqlarning pastki qismi);
-kaft, palmar-oldingi oyoqning orqaga qaragan yuzasi;
-plantar-orqa oyoqning orqaga qaragan yuzasi;
Anatomik atamalarni bilish veterinar vrachlariga juda zarur. Masalan, ushbu atamalardan “dorsal, ventral” so’zlarining ma’nolarini tushunish hayvonni to’g’ri yotqizishga yordam beradi.
Hayvon tanasining tuzilishi.
Hayvon tanasi bir nechta tizimdan iborat. Har bir tizim o’z vazifasiga ega. Bu tizimlar bajaradigan vazifalariga qarab, uchta guruhga kiradi.
Strukturaviy tizim- asosiy tuzilishini ta’minlaydi.
Koordinasion tizim- tananing boshqarish mexanizmi hisoblanadi.
Visseral tizim- tananing asosiy funksional tizimlarni o’z ichiga olib, uchta bo’shliqdan iborat: ko’krak qafasi, qorin bo’shlig’i, kichik tos organlari.
Strukturaviy tizimlar.
-suyaklar tizimi (suyaklar, bo’g’imlar);
-muskullar tizimi (bu faqat skelet muskullariga xos);
- qoplovchi tizim (teri, junlar);
-yurak qon-tomirlar tizimi (qonni butun tanaga yetkazib beradi).
-muvofiqlashtiruvchi tizim;
-nerv tizimi (tanadan o’ziga axborotni qabul qiladi va organizmning tashqi va ichki muhitini nazorat qiladi va boshqaradi)
-endokrin tizim (kimyoviy moddalar va gormonlar yordamida organizm funksiyasini boshqaradi);
Ichki organlar tizimi.
-ovqat hazm qilish tizimi (oziqani qabul qilish va ularni asosiy tarkibiy qismlarga ajratish jarayoniga javob beradi);
-nafas tizimi (kislorodni qabul qilish va karbonat angidridni organizmdan chiqarish uchun xizmat qiladi);
-siydik ayirish tizimi (organizmdan keraksiz va zaharli moddalarni chiqarish uchun xizmat qiladi);
-ko’payish tizimi (nasl qoldirish uchun xizmat qiladi).
Har qanday tirik organizmdagi kabi, hayvonlar organizmida ham moddalar almashinuvi, qo’zg’aluvchanlik va urchish prosesslari muhim rol o’ynaydi. Moddalar almashinuvi to’xtashi bilan organizmning hayoti ham tugaydi, bu esa oqsillarning parchalanishiga sabab bo’ladi. Moddalar almashinuvi natijasida organizmda doim moddalar parchalanib (dissimilyasiya), ular o’rniga yangi moddalar hosil bo’lib (assimilyasiya) turadi. Dissimilyasiya natijasida hosil bo’lgan moddalar organizmdan har xil yo’l bilan chiqarib yuboriladi. Moddalar almashinuvi prosessi organizmning quyidagi sistemalari: ovqat hazm qilish, nafas olish, qon va limfa aylanishi, siydik ayirish organlari va ichki sekresiya bezlari orqali sodir bo’lib turadi.
Ovqat hazm qilish organlari sistemasi organizmga tashqi muhitdan kirgan oziq moddalar hazm bo’lishiga xizmat qiladi. Bu oziqlar mexanik va ximiyaviy ravishda tegishlicha ishlangandan keyin eriydigan moddalarga aylanadi, so’ngra qon hamda limfa tomirlariga so’riladi, hazm bo’lmagan qoldiq moddalar esa tashqariga chiqarib yuboriladi. Ovqat hazm qilish organlari sistemasiga: og’iz bo’shilig’idagi organlar, so’lak bezlari, halqum, qizilo’ngach, me’da (oshqozon), ingichka ichaklar (jigar hamda me’da osti bezlari bilan birga) va orqa chiqaruv teshigi bilan tugaydigan yo’g’on ichaklar kiradi.
Nafas olish organlari sisitemasi tashqi muhitdan kislorod olib, karbonat angidrid chiqarish uchun xizmat qiladi. Bu sistemaga: burun teshiklari, burun bo’shlig’i, hiqildoq, kekirdak va o’pka kiradi. Qon va limfa aylanish organlari sistemasi, ya’ni yurak – tomir sistemasi qon va limfadan iborat bo’lib, ular yordamida organizm bo’ylab tomirlarda qon to’xtovsiz harakat qiladi. Yurak tomir sistemasi organizmga ovqat hazm qilish va nafas olish organlaridagi barcha oziq moddalar va kislorodni tegishli joylarga yetkazib beradi. Organizmda paydo bo’lgan keraksiz moddalar buyrak, o’pka va boshqa organlar orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. Ayirish organlari bir juft buyrak, bir juft siydik yo’li, siydik pufagi va siydik chiqarish kanalidan iborat. Bu organlar siydik ayirish va uni tashqariga chiqarish uchun xizmat qiladi.
Ichki sekresiya organlari sistemasi gipofiz, epifiz, timus, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezi, buyrak usti bezlari, jinsiy bezlar va oshqozon osti bezidan iborat bo’lib, ular o’z faoliyati davrida qonga kuchli ximiyaviy ta’sir ko’rsatuvchi gormonlar ajratadi, gormonlar esa moddalar almashinuvi prosessini boshqaradi.
Qo’zg’aluvchanlik tirik organizmlarning tashqi va ichki ta’sirni qabul qilish, unga javob tariqasida qo’zg’alish xossasidir. Qo’zg’alish muskullar qisqarishi natijasida harakatlanish yoki suyuqlik ajratishdan iborat. Hayvonlarda qo’zg’alish va unga javob reaksiyasi tubandagi sistemalar: nerv sistemasi, muskul sistemasi, bez apparatlari va teri orqali amalga oshiriladi.
Nerv sistemasi markaziy va periferik (chetda joylashgan) qismlarga bo’linadi. Markaziy nerv sistemasiga bosh va orqa miya kiradi. Periferik nervlar ta’sirini qabul qiluvchi va ularga javob beruvchi nerv uchlaridan tuzilgan. Ta’sirni qabul qiluvchi nerv uchlari tashqi muhitdan ta’sir olib, ularni bosh miyaga, u yerdan esa tegishli harakat nerv uchlari orqali unga javob beruvchi organlarga – muskullar va bezlarga yetkazadi, buning natijasida refleks hosil bo’ladi, ya’ni ta’sirga javob beriladi. Nerv sisitemasi barcha organlar sistemalarining ishini bir – biri bilan bog’laydi, natijada organizmning tashqi muhit bilan bir butunligi vujudga keladi.
Muskul sistemasi muskullardan iborat, ular nerv sistemasi impulslari ta’sirida qisqarish funksiyalarini bajaradi. Muskullar skeletlarga birikkan bo’lib, tana harakatlarini vujudga keltiradi. Skelet suyak, tog’ay va paydardan tuzilgan bo’lib, tana shaklini hosil qiladi.
Teri hayvon tanasining tashqi qoplamasi, u tashqi muhit bilan bevosita aloqada bo’ladi. Terida ta’sirni qabul qiluvchi nerv tolalari bor, ular ta’sirni qabul qiladi.
Urchish organizmning yangi individ hosil qilish prosessidir. Urchish prosessi erkak va urg’ochi hayvonlarda tuzilishi bir xil bo’lmagan ko’payish organlari yordamida amalga oshadi. Erkaklik jinsiy hujayralar – urug’donda rivojlanib, urug’ yo’li orqali jinsiy a’zoga va undan urg’ochi hayvonlar jinsiy organiga tushadi. Urg’ochi hayvonlarning tuxum hujayralari tuxumdonda yetilib, tuxum yo’lida sperma bilan qo’shilib urug’langandan keyin embrion bachadonda rivojlana boshlaydi. Urchish prosessi ham nerv sistemasi va ichki sekresiya organlari bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |