O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet6/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Organellalar.
Mitoxondriya – oziq moddalardan energiya ajratib olinadigan joy bo’lib, hujayraning nafas olishi uchun javobgar hisoblanadi. Bu saqlanadigan energiya almashinib turish xususiyatiga ega. Mitoxonadriyada silliq tashqi membrana va murakkab tuzilishga ega ichki membrana bo’ladi. Ichki membrananing bunday tuzilishi AUF (adenozinuchfosfat) sintez bo’ladigan joyning maydon yuzasini oshirishga imkon beradi. Mitoxondriya energiya sarfi bo’yicha faol bo’lgan hujayralarda (masalan, skelet muskullarida) juda ko’p bo’ladi. Agar hujayrada energiya talabi ko’proq bo’lsa, u o’zidagi zahira holda saqlanayotgan AUF molekulasidan foydalanadi. Energiya fosfat guruhini molekulaning boshqa qismlarini bog’lab turganligi uchun kimyoviy bog’larda saqlanadi. Agar ushbu molekuladan fosfat guruhining birortasi chiqadigan bo’lsa kimyoviy bog’ uziladi va energiya ajralib chiqadi. Qolgan molekula endi adenozindifosfat (ADF) deb yuritiladi, chunki unda ikkita fosfat guruhi qoladi. Shunga qaramasdan boshqa fosfat guruhi qaytadan birikishi zarur va energiya AUF ga yana to’planadi.
Ribosomalar – sitoplazmada erkin suzib yuruvchi va hujayrada oqsil sintezi amalga oshadigan joy hisoblanadi.
Endoplazmatik to’r- bu naychalarni bir-biri bilan o’zaro bog’langan membrana to’ri bo’lib, hujayra sitoplazmasining ichkarisidagi bo’shliqda joylashadi. Endoplazmatik to’r ikki tipga bo’linadi.
Dag’al yoki donador turdagi endoplazmatik to’rning yuzasida ko’p miqdorda ribosomalar birikkan bo’ladi va mikroskop ostida donador bo’lib ko’rinadi. Bunday tipdagi endoplazmatik to’rning vazifasi ribosomalarda sintez bo’lgan oqsillarni tashishdan iborat. Sintez bo’lgan ayrim oqsillar to’g’ridan –to’g’ri hujayra yuzasidan chiqarilishi mumkin (masalan, ovqat hazm qilish fermentlari va gormonlar).
Silliq endoplazmatik to’r yuzasida ribosomalar bo’lmaydi. Shuning uchun ham bular silliq endoplazmatik to’r deb yuritiladi. Ularning funksiyasi lipidlar va steroidlarni sintez qilish hamda tashishdan iborat. Goldji tanasi - sitoplazmada joylashgan zich xaltachalar to’plamidan iborat. Uning vazifasi hujayralar ishlab chiqargan ayrim oqsillarni qayta o’zgartirishdan iborat (masalan, uglevodni qo’shish) va u lizosomalarni shakllantirishda muhim rol o’ynaydi.
Lizosomalar – bu membranaga birikkan xaltachalar bo’lib, unda lizosomalar yoki ovqat hazm qilish fermentlari saqlanadi. Ularning vazifasi hujayraga tushgan yot moddalarni fagositoz yoki endositoz jarayoni yordamida neytrallashdan iborat. Lizosomalar, shuningdek, hujayraning eskirgan organellalarini yoki hujayrani o’zini ham yo’q qilishi mumkin.
Lizosomalarni to’planish kasalligi- bu lizosomalarda fermentativ jarayonning buzilishi natijasida kelib chiqadi va qoldiq moddalarning to’planishiga olib keladi. Lizosomalarning to’planish kasalligi ko’pincha mushuklarda uchraydi, odatda yosh hayvonlarda skelet anomaliyasi, nevrologik va ko’z buzilishlarida yuzaga keladi.
Sentrosoma va sentriolalar-sentrosoma juft tayoqchasimon tuzilmalardan tashkil topgan bo’lib, bu tuzilmalar sentriola deb yuritiladi. Ular bir-biriga nisbatan to’g’ri burchak ostida joylashadi va hujayraning bo’linishida ishtirok etadi.
Kiprikchalar va xivchinlar- tananing ayrim hujayralarida plazmatik membrananing kengayishi ko’zga tashlanadi. Kiprikchalar ko’p miqdorda hujayraning tashqi yuzasida joylashadi va to’lqinsimon harakatni hosil qilishi natijasida hujayra yuzasida shilimshiq suyuqlikni aralashtiradi. Xivchinlar odatda yakka –yakka joylashadi, kiprikchalarga nisbatan uzunroq bo’ladi, hujayraning to’lqinsimon harakatini ta’minlaydi. Xivchinga yagona misol bo’lib, sut emizuvchilar spermatozoidining dumchasi hisoblanadi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish