O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Epiteliy to’qimasi klassifikasiyasi, turlari, xarakteristikasi va regenirasiyasi



Download 2,63 Mb.
bet20/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   188
Bog'liq
morfologiya

3.Epiteliy to’qimasi klassifikasiyasi, turlari, xarakteristikasi va regenirasiyasi.
Morfologik tasniflash hujayralar qavatlarining sonidan tashqari ularning shaklini ham hisobga oladi. Yassi, kubsimon, prizmasimon epiteliotsitlar farqlanadi. Aniq qilib aytganda, kub yoki prizma shaklidagi hujayralar uchramaydi, chunki ular tig`iz joylashib,o`zaro bosim ko`rsatadi va shakli o`zgaradi. Kub yoki prizmatik (silindrsimon) hujayralar deganda, ular asosining balandligiga nisbati ko`zda tutiladi. Bir qavatli epiteliyning yassi, kub va prizmatik (silindrsimon), silindrsimon epiteliyning esa bir qatorli va ko`p qatorli xillari uchraydi. Epiteliy ayrim turlarining, ayniqsa, silindrsimon epiteliyning maxsus moslamalari - hoshiya, tukchalari bo`ladi.
Epiteliylarning embrional taraqqiyotini hisobga oluvchi genetik tasnifga muvofiq ektodermal, endodermal va mezodermal epiteliylar farq qilinsa, funksional tansif teri, ichak (trofik), tukchali-tebranuvchi, bez (sekretor) epiteliy turlarini qayd qiladi.
Ko`p qatlamli epiteliylar
Ko`p qatlamli yassi epiteliy teri usti (epidermis)da, og`iz bo`shlig`i, qizilo`ngach, me`da oldi bo`limlari, burun dahlizi, qin, to`g`ri ichak oxirgi bo`limining shilliq pardalarida, ya`ni tananing ko`proq mexanik ta`sirotlarga uchraydigan joylarida uchraydi. Ko`zning shox pardasida ham bu epiteliyni uchratamiz. O`z-o`zidan ravshanki, bu epiteliyning tana turli joylaridagi xillari bir-biridan ancha farq qiladi. Lekin ko`p qavatli yassi epiteliyda uchta: ko`payuvchi hujayralardan iborat chuqur joylashgan bazal; kam tabaqalangan, turli shakldagi hujayralardan iborat o`rta va tabaqalangan hujayralardan iborat qoplavchi qatlamlarni farq qilish mumkin.
Bazal qatlam (silindrsimon qatlam, kambial yoki mitoz qatlami) silindrsimon shakldagi kam tabaqalangan va ko`payuvchi (stvol liniya) hujayralardan iborat. Bu qatlam hujayralari plazmolemmaning qalinlashgan qismidan iborat juft, desmosomaga o`xshash moslamalar bilan bazal membranaga yopishib turadi. Plazmolemmaning bunday qalinlashgan joylariga tonofilamentlarning guruhlari kelib tutashadi. Bazal qatlamning hujayralari bo`linganda mitoz duk o`qi epiteliy yuzasiga parallel holda yo`nalgan bo`lib, hosil bo`lgan hujayralardan biri bazal membranaga tutashgan holda qoladi, ikkinchisi esa atrofdagi hujayralarning bosimi natijasida o`rta qatlamga chiqadi.
Oraliq qatlam asta-sekin mitotik faolligini yo`qotuvchi, lekin hali kam tabaqalangan, konturi (chegarasi) noto`g`ri va burmalarga ega, o`z shaklini oson o`zgartiruvchi bir necha qavat qanotdor yoki tikanli hujayralardan iborat. Epiteliy shikastlanganda bu qatlam hujayralari mitoz yo`li bilan bo`lina oladi.
Qoplavchi qatlam to`lig`icha tabaqalangan, tez o`lib nobud bo`luvchi hujayralardan iborat. Ko`pincha bu hujayralarda shox modda (keratin oqsili) paydo bo`ladi.Hujayralar desmosomalar tipidagi moslamalar yordamida o`zaro tutashib,hujayraaro bo`shliqlarni “sement” modda to`ldiradi. Bu hol to`qima suyuqligini tashqariga chiqishdan saqlaydi. Elektron mikroskopik tekshirishlar “sement” epiteliy oraliq qatlamidagi hujayralarning plastinkali kompleksida hosil bo`lishini ko`rsatadi. O`lgan epiteliy hujayralari uzluksiz ajralib tushib turadi.
Shunday qilib, bu epiteliy hujayralari sekinlik bilan yuza qism tomon siljiydi va bu jarayon davomida muayyan o`zgarishlarga uchraydi. Odatda bazal qatlamdagi mitozning intensivligi yuza qatlam hujayralarining o`lib, tushib turish intensivligiga teng. Ma`lum sabablarga ko`ra bu nisbat buzilishi mumkin.
Teri epidermis qavatining tuzilishi yuqorida bayon qilingan sxemadan ancha murakkabdir. Junsiz terining epidermisida besh qatlamni: bazal, o`simtali hujayralar qatlami, donador, yaltiroq va shoxlangan hujayralar qatlamini farq qilish mumkin. Epidermisning tuzilishi va unda yuz beradigan keratinizatsiya jarayonini teri tuzilishini o`rganayotganda batafsil qarab chiqamiz.
Ko`p qatlamli yassi epiteliy o`zining joylashish o`rniga ko`ra, mexanik ta`sirotlarga ko`p uchraydi va zararlanadi. Bu hol epiteliyning regeneratsiya qobiliyati kuchli bo`lishini taqozo qiladi. Yallig`langan biriktiruvchi to`qima epiteliyning tiklanishini rag`batlantiradi. Yallig`lanishning yangi o`chog`igina bunday vazifani bajara oladi.
Ko`p qatlamli o`tib turuvchi (o`zgaruvchi) epiteliy siydik chiqaruv yo`llarini qoplab turadi, siydik tarkibidagi zaharli moddalarning organizmga qaytadan so`rilishiga va to`qimalardan suvning diffuziya yo`li bilan siydikka o`tishiga to`sqinlik qiladi (43-rasm). Organ (m., siydik pufagi) siydikka to`lsa, hujayralarning shakli o`zgarishi natijasida epiteliy qatlami (plasti) o`z qalinligini o`zgartiradi. Lekin hujayralar qatlamlarining soni o`zgarmaydi. Aksariyat ko`pchilik hayvonlarning o`zgaruvchan epiteliyida uch qatlam (zona) farq qilinadi: mitoz yo`li bilan bo`linishga qobil turli shakldagi, chegaralari keskin bilinmaydigan, sitoplazmasi bazofil va tabaqalanmagan mayda hujayralardan tashkil topgan bazal zona; yosh, shuningdek mayda hayvonlarda faqat bir qavat va ko`pincha hali bazal membrana bilan bog`langan, bazal zona hujayralaridan yirikroq, kuchsiz bo`yaluvchi ko`piksimon sitoplazmaga ega hujayralardan iborat oraliq zona. Etuk hayvonlarda bu zona bir necha qavat, shakli noto`g`ri, ko`pincha noksimon va tig`iz joylashgan hujayralardan iborat. Bu erda hujayralararo yoriqlar yo`q. Yirik shoxli mollar va otlarda bu zona yaxshi taraqqiy qilgan; amitoz bo`linish natijasida ko`pincha ko`p o`zakli hujayralardan iborat qoplovchi zona. Bu zona hujayralarining shakli asosi oraliq zonaga qarab joylashgan kesik piramidaga o`xshash. Hujayralarning organ bo`shlig`iga qaragan yuzasi kutikulasimon hoshiya tutadi. Gistokimyoviy tekshirishlarning ko`rsatishicha hujayralarda ishqorli fosfataza fermentining faolligi yuqori, sitoplazma shilliq modda donachalariga ega. Shilliq modda ayniqsa o`txo`r hayvonlarda ko`p. DNK miqdorini aniqlash shuni ko`rsatadiki, bazal zona hujayralarida diploidiya kuzatilsa, yuzaroq qavatlarda poliploidiya (tetra- va oktoploidiya) mavjud. Buning sababi DNK sintezi davom qilgani holda bo`linishning sekinlashishidir. Epiteliyning distal (erkin) yuzasi kislotali mukopolisaxarid sialomutsin bilan qoplangan. Shilliq modda siydikning zararli ta`siridan epiteliy osti to`qimalarni himoya qiladi va siydik tarkibidagi yomon eruvchi tuzlar cho`kmaga tushib, toshlar hosil qilishiga qarshilik qiladi.
Bir tuyoqlilar va maymunlarda buyrak jomining epiteliy hujayralari biriktiruvchi to`qimaga o`sib kirib, ko`p hujayrali shilliq bezlar hosil qiladi. Shunday qilib, bu epiteliyda ham ko`p qavatli yassi epiteliydagiga o`xshash qavatma-qavat strukturaviy, gistokimiyoviy va fiziologik o`zgarishlar kuzatiladi. Sun`iy sharoitda o`stirish o`tib turuvchi epiteliy ko`p qatlamli yassi epiteliyga yaqinligini ko`rsatadi. Siydik pufagining ayrim kasalliklari, shuningdek vitamin A etishmasligida bu epiteliy ko`p qatlamli yassi shoxlanuvchi epiteliyga aylanishi mumkin.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish