Nazorat uchun savollar:
1. Oliy hayvonlar organizmida necha xil to`qimalar mavjud?
2. Epiteliy to`qimalarining o`ziga xos belgilari.
3. Epiteliy qaysi embrion varaqlaridan hosil bo`ladi?
4. Qaysi epiteliy mezoteliydeb ataladi?
5. Sekret ishlab chiqarilishining tiplarini ayting.
5.Mavzu:.Muskul va nerv to’qimalar
Reja :
1.Muskul to’qimalarining umumiy xarakteristikasi va klassifikatsiyasi.
1.1. Silliq muskul to’qimasi. Tuzilishi, genezi va regeneratsiyasi.
1.2. Ko’ndalang- targ’il muskul. Tuzilishi, genezi va regeneratsiyasi.
1.3. Yurak muskuli. Tuzilishi, genezi va regeneratsiyasi.
2.Nerv to’qimasining umumiy xarakteristikasi.
2.1. Nevrotsit, uning morfologiyasi.
3. Nevrogliya.Nerv tolasi va nerv terminallari. Refleks yoyi.
3.1.Nerv to’qimasining gistogenezi va regeneratsiyasi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
2. Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
3. Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
Asosiy adabiyotlar
Ibrohimov Sh.I. va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, darslik, T. 2006.
Xorijiy adabiyot
Elizabeth Aughey,Fredric L. Frye «Comporative Veterinary Histology with clinical correlates». Copyright © 2001
Qo’shimcha adabiyotlar
Shodiev N.Sh va b. “Sitologiya, gistologiya va embriologiya”, o’quv qo’llanma, T.2006
Internet saytlari
www. Ziyo.net.uz.
1.Muskul to’qimalarining umumiy xarakteristikasi va klassifikatsiyasi.
Muskul to`qimalar qisqarishga ixtisoslashgan bo`lib, hujayralari yoki tolalari maxsus ipchalar (miofilamentlar, mioprotofibrillallar) borligi bilan xarakterlanadi. Bu ipchalar tolador tuzilishga ega bo`lgan aktin va miozin oqsillari molekulalaridan iborat. Bu ipchalardan murakkabroq qisqaruvchi tuzilmalar - miofibrillalar shakllanadi. Muskul to`qimalarda ko`p miqdorda issiqlik ham hosil bo`ladi.
Oliy hayvonlar organizmida silliq va ko`ndalang targ`il muskullar mavjud. Ko`ndalang-targ`il muskullar skelet va yurak muskullariga, yurak muskuli o`z navbatida ishchi (qisqaruvchi) va o`tkazuvchi muskullar tolalariga bo`linadi. Shuningdek, ixtisoslashgan qisqaruvchi to`qimalar - mioepiteliotsitlar, ko`z kamalak pardasining mioPigmentotsitlari va ko`z qorachig`ini kengaytiruvchi muskul to`qimalari ham farq qilinadi.
Embrional taraqqiyot paytida silliq muskullar mezenximadan, ko`ndalang-targ`il muskullar mezodermaning miotomlaridan, yurak muskuli esa splanxnotomdan hosil bo`luvchi mioepikardil plastinkadan taraqqiy qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |