O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Ko`ndalang-targ`il muskul to`qimaning taraqqiyoti va regeneratsiyasi



Download 2,63 Mb.
bet26/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Ko`ndalang-targ`il muskul to`qimaning taraqqiyoti va regeneratsiyasi.
Embrional taraqqiyot davrida ko`ndalang-targ`il muskul to`qima miotomlardan taraqqiy qiladi. Inkubatsiyaning 5-6 kunlarida tovuq embrionining miotomlaridagi hujayralar mioblastlar holida bo`ladi. Mioblastlar (85-rasm) uzunasiga qator bo`lib joylashadi. Ularning sitoplazmasida muskul to`qimasiga xos oqsillar paydo bo`lganligini ko`rsatuvchi nozik tolador tuzilish mavjud, glikogen uchraydi. Eng muhimi, bu hujayralar qisqara oladi. Tez ko`payuvchi mioblastlar atrofdagi mezenximaga, bo`lajak muskullar o`rniga ko`cha boshlaydi. Ular guruhlar holida ko`chib, sitoplazmasida ham ko`p sonli bo`lmagan miofibrillalar aniqroq ko`rina boshlaydi. Miosimplastlar ikki yo`l bilan: 1) sitoplazmaning bo`linishdan to`xtashi, o`zaklarning esa tez bo`linishi; 2) mioblastlarning o`zaro qo`shilishi natijasida hosil bo`lishi mumkin.
Navbatdagi fazada miosimplastlarning periferik qismida miofibrillalar tabaqalana boshlaydi, markazda esa o`zaklar va sarkoplazma joylashadi. Bu muskul naychalar fazasidir (86-rasm). Bu naychalar uzunasiga parchalanib-bo`linib ko`payishda davom etadi. Oxirgi faza muskul tolasining shakllanish fazasi bo`lib, bu paytda miofibrillalarning soni ortadi, o`zaklar periferiyaga, sarkolemma ostiga siljiydi. Muskul tolalari orasiga o`sib kiruvchi biriktiruvchi to`qima endomiziyni hosil qiladi. Endomiziyda qon tomirlari joylashadi. Muskul tolalari endomiziy vositasida bir-butun kompleksga umumlashadi. Soddaroq tuzilgan yosh muskul tolalari endomiziy hosil bo`layotgan paytda bo`linib, o`ziga xos “izogen guruhlar” hosil qilishi mumkin.
Miotomlarning ikkinchi xil hujayralari boshqa yo`nalishda tabaqalanib, miosatellitositlarga aylanadi. Miosatellitositlar miosimplast yuzasiga yopishib turadi va ularning plazmolemmalari bir-biri bilan kontaktda bo`ladi. Bir miosimplast yuzasida ko`plab bunday hujayralar yotadi. Miosatellitosit bir o`zakli, mofibrillalari yo`q, organellalari o`zak atrofida joylashgan hujayradir. Ular muskul to`qimaning kambial elementlari hisoblanadi.
Muskul to`qimaning taraqqiyoti organizmning butun umri davomida to`xtamaydi va o`zgaruvchan sharoitlarga moslashib turadi. Muskul tolalari uzayishi va yo`g`onlashishi mumkin, bu jarayon asosida gipertrofiya yotadi.
Regeneratsiya paytida yallig`lanish, degeneratsiya va boshqa sabablarga ko`ra, tiklanish ko`pincha to`liq bo`lmaydi. Hosil bo`lgan defekt biriktiruvchi to`qima bilan to`ladi. Lekin ma`lum sharoitlarda to`liq regeneratsiya ham kuzatilishi mumkin. Shikastlanishdan keyin zararlangan muskul tolasida sarkoplazma va ko`plab o`zaklardan iborat muskul kurtaklar o`sib chiqadi va undagi o`zaklar amitoz yo`li bilan bo`lina boshlaydi. Keyin muskul kurtakdan mioblastlar ajraladi. Zararlangan tola makrofaglar ishtirokida emiriladi. Tiklanishning bundan keyingi fazalari ko`p jihatdan normal gistogenezni eslatadi.
Ko`ndalang-targ`il muskul xujayralarining uzunlik diapozoni bir necha millimetrdan bir necha santimetrni tashqil qiladi va o’zagi sarkolemma ostida joylashadi.
Miofibrillalar uzun va ko’ndalang tasmachalar bilan bog’lanib, tarkibidagi ipchalar yordamida qisqarish xususiyatiga ega va anizatrop diapozonda joylashganligi sababli ko’ndalang chiziqli effektni hosil qiladi.
Skelet muskul tola tutamlarining katta bog’lamlari biriktiruvchi to’qima –epimizum investisiyasiga bog’liq bo’ladi. Bu esa o’z navbatida har bir muskul tolasini tomirli yumshoq biriktiruvchi to’qima-endomiziy bilan bog’laydi. Retikulyar tolalarning ingichka to’ri sarkolemmaga nisbatan qarshi joylashadi.
Paylardagi kollogen tolalar epimiziumda joylashgan bo’lib, qisqarish xususiyatiga ega va harakatni yuzaga keltiradi. Har qaysi skelet muskul tola uchlari mioneyral chorraxasida nerv xujayra aksoni-motoneyron uchlari bilan ta’minlangan.
Skelet muskul tolaga keluvchi sensor nerv uchlarining reseptorlari xarakatni yuzaga keltiradi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish