O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari


Ko’ndalang- targ’il muskul. Tuzilishi, genezi va regeneratsiyasi



Download 2,63 Mb.
bet25/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188
Bog'liq
morfologiya

1.2. Ko’ndalang- targ’il muskul. Tuzilishi, genezi va regeneratsiyasi.
Ko`ndalang-targ`il muskul to`qimaning struktur birligi muskul tolasi bo`lib, u mikroskopning kichik ob`ektivlari yordamida ham ko`rinadigan ko`ndalang chiziqlilikka ega. Muskul tolasi tuzilishiga ko`ra simplastdir. Tolaning diametri 100 mkm gacha, uzunligi 12,5 sm ga etishi mumkin. Miosimplastning shakli silindrga o`xshash bo`lib, uchi yumaloqlangan. U umumiy vazifani bajarish uchun birlashgan ko`plab hujayralarning maxsus, murakkab tuzilishga ega bo`lgan yig`indisidir. Tolada qobiq - sarkolemma (sarcos - go`sht, muskul), sitoplazma (sarkoplazma), organellalar va ko`plab o`zaklar mavjud. Shuningdek, sarkoplazma miofibrillalarga umumlashgan qisqaruvchi ipchalar saqlaydi.
Sarkolemmani elektron mikroskop yordamida tekshirilganda u ikki qavatdan iborat bo`lib, qavatlar orasida kengligi 14-24 nm keladigan bo`shliq borligi ko`rinadi. Ichki varaq miosimplastning plazmolemmasi bo`lib, tashqi varaq bazal membranadir. Bu erda ham bazal membranaga argirofil tolalar birikkan. Sarkolemma ichki varag`ining asosiy xususiyati qo`zg`alishni butun tolaga tarqata olish qobiliyatidir. Bu varaq T-naychalar (transversus-ko`ndalang) holida tolani kesib o`tib, qarama-qarshi tomon plazmolemmasiga tutashadi. Qo`shni T-naychalarning oraliqlari bir-biriga teng. Bunday naychalar sistemasi butun sarkoplazmaga tarqalgan va qo`zg`alishni butun tola bo`ylab tez tarqalishini ta`minlaydi.
O`zaklar miofibrillalar tomonidan periferiyaga - sarkolemma ostiga surib qo`yilgan. O`zaklar ayrim hollarda juft-juft bo`lib, yoki uzun zanjir hosil qilib joylashadi va bu amitoz bo`linishning natijasidir. Oval shakldagi o`zaklar mayda donachalar holidagi xromatin saqlaydi.
Sarkoplazma o`zaklar va qisqaruvchi moddalar oralig`ini to`ldirib turadi. Miofibrillalar va sarkoplazma o`rtasida teskari miqdoriy nisbat mavjud: sarkoplazma ko`p muskullarda miofibrillalar kam va aksincha. Tolasida sarkoplazma ko`p muskullar uzoq vaqt charchamasdan ishlaydi, lekin kuchsizroq qisqaradi, miofibrillalari ko`p muskullar katta kuch bilan qisqaradi, lekin tez charchaydi. Sarkoplazmasi ko`p tolalar qizil, miofibrillalari ko`plari oq tolalar deyiladi. Chunki qizil tolalarda mioglobin ko`p bo`ladi. Shuningdek, oraliq tipdagi tolalar ham farq qilinadi.
Sarkoplazmada sarkosomalar (miomitoxondriyalar), sarkoplazmatik to`r va plastinkali kompleks mavjud. Miofibrillalar ko`ndalang targ`il muskul tolasida ayrim hollarda bir tekis tarqalib, boshqa bir xil muskullarda esa miofibrillyar maydonchalar holida joylashadi. Buni tolalarning ko`ndalang kesimida kuzatish mumkin. Miofibrilla murakkab ichki tuzilishga ega. (81-82-rasmlar). Ularning diametri 1-2 mkm, aktin va miozin filamentlar esa ancha ingichka. Miofibrillaning yo`g`onroq miozin filamentlaridan iborat qismi mikroskopda optik anizotrop (A-disk), ingichkaroq aktin filamentlaridan iborat qismi izotrop (J-disk) bo`lib ko`rinadi. Miozin filamentlari o`rta qismida yo`g`onlashgani uchun A-disk o`rtasidan chiziqcha - mezofragma (M-chiziqcha-mesos-o`rta; phragma-to`siq) bilan bo`lingan bo`lib ko`rinadi. Miofibrillada A- va J-disklar navbatma-navbat tartib bilan joylashadi. Muskul tolasi ichidagi bir miofibrillaning A-disklari boshqa miofibrillalarning A-disklari qarshisida, J-disklari esa boshqa miofibrillalarning xuddi shunday J-disklari qarshisida joylashgani uchun, u ko`ndalang chiziqli bo`lib ko`rinadi. J-disklarning o`rta qismida telofragma (telos-chekka) yoki Z-chiziqcha joylashadi. Miofibrillaning qo`shni joylashgan Z-chiziqchalar oralig`idagi qismi sarkomer (83-rasm) deyiladi. Binobarin, Z-chiziqcha ikki qo`shni segment (sarkomer)ni tutashtirib turuvchi chegaradir. U mukopolisaxaridlarga boyligi uchun desmosomalarga o`xshash va unga ikki tomondan aktin filamentlari kelib tutashadi. Sarkomer o`rtasida M-chiziqcha bilan ikkiga bo`lingan A-disk, bu diskning chetlarida esa J-disklarning yarimlari joylashadi. Muskul tola qisqarganda A-disklarda ikkita zona farq qilinadi: M-chiziqchaning ikki yonidagi yorug`roq va A-disklarning chetidagi qoramtirroq zonalar. Yorug`roq zona H, qoramtirroq zona O-zonalar deb belgilanadi. O-zonaning qoramtirroq bo`lishi bu erda aktin va miozin filamentlarining bir-biri oralig`iga suqilib kirishi, H-zona esa faqat miozin filamentlari joylashgan zona ekanligi bilan bog`liq. Muskul tolasi kuchli qisqarganda H-zonalar torayadi, hatto J-disklar yo`qolib, miofibrilla butunlay anizotrop bo`lib qolishi mumkin. Qisqarish tugunlari shu yo`l bilan hosil bo`ladi. Miofibrillalar va muskul tolasi qisqarganda miozin va aktin filamentlari o`z konfiguratsiyasini o`zgartirmaydi, balki o`zaro bir-biriga nisbatan joylanishini o`zgartiradi (84-rasm). Bunda sarkoplazmatik to`r, sarkolemmaning T-sistemasi, ATF va Ca2+ ionlari katta ahamiyatga ega.
Muskul tolalarining uchlari paylarga borib tutashadi. Bu joylarda tola pay ichiga kirib turuvchi barmoqsimon bo`rtiklar hosil qiladi. Muskul tolani o`rovchi sarkolemma bilan tutashgan biriktiruvchi to`qima tolalari (argirofil fibrillalar) pay bilan mustahkam birikishga yordam beradi. Muskul tolalarini o`rab turuvchi biriktiruvchi yumshoq to`qimaning yupqa qatlamlari endomiziy deb ataladi. Uning tolalari sarkolemmaga tutashadi. Muskul tolalarining tutam (bog`lamcha)larini xuddi shunday to`qimadan iborat perimiziy o`raydi. Butun muskulni tashqi tomondan o`rovchi biriktiruvchi to`qima epimiziy deyiladi. Qon va limfa tomirlari hamda kapillyarlar ana shu biriktiruvchi to`qima orqali muskulga kirib boradi. Muskul tolalariga afferent (sezuvchi) va efferent (harakatlantiruvchi) nerv tolalari borib tutashadi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish