12.Amaliy mashg`ulot
MAVZU: KO‘RISH VA ESHITISH ORGANLARI
Darsning maqsadi: ko’rish organlarining anatomik qismlari, ularning tuzilishi hamda topografiyasi, funksional ahamiyati, eshitish organlarining anatomik bo’linishi, topografiyasi, tuzilishi va bajaradigan funksiyalari, hayvonlardagi tafovutlarini o’rganish.
Ko’rgazmali qurollar:ko’rish va eshitish organlarining mulyajlari, rasmlar, slaydlar.
Darsning mazmuni: ko’rish analizatori ko’z soqqasi, ko’zning himoya va yordamchi organlari, analizatorlarning o’tkazuvchi yo’llari, bosh miyaning markaziy qismidan tashkil topgan.
Bosh miyaning kulrang moddasi ichki va tashqi ta’siriga javob berish bilan birga, analizatorlik vazifasini ham bajaradi, ya’ni ichki va tashqi muhitdan sezgi organlari orqali doimiy kelib turgan ta’sirni qabul qilib, ularni analiz qiladi. Har bir analizatorning ta’sirni qabul qiluvchi va o‘tkazuvchi hamda bosh miyaning po‘stloq moddasiga kelgan ta’sirini sintez qiluvchi bo‘limlari bor. I.P.Pavlov ko‘rsatishicha, har bir analizator uch bo‘limdan: periferik, o‘tkazuvchi va markaziy bo‘limdan iborat. Markaziy analizatorlar bosh miyaning po‘stloq qismida joylashadi. O‘tkauvchi analizatorlar ta’sirni o‘tkazuvchi yo‘llardan o‘tkazib beradi. Periferik analizatorlar bo‘limi retseptor apparatlardan iborat bo‘lib, u fizik, mexanik va ximiyaviy ta’sirni qabul qiladi va bosh miyaga o‘tkazadi. Retseptor analzatorlar ta’sir qabul qilishiga qarab, ikki asosiy gruppaga: ekstroretseptorlar va introretseptorlarga bo‘linadi.
Ekstrporetseptorlar tashqi muhitdan aniq ta’sirotni qabul qiladi. Ko‘rish, eshitish, hid bilish, ta’m bilish va muvozanat retseptorlari ximiyaviy va boshqa ta’sirni qabul qiladi. Termoretseptorlar esa tabiiy ta’sirni sezadi. Organizm tashqi muhitning har xil ta’siri natijasida tashqi muhit sharoitini aniqlaydi.
Introretseptorlar ichki ta’sirni, ya’ni organlar, to‘qima va hujayralarning ish fvoliyati vaqtida paydo bo‘lgan har xil normal va patologik o‘zgarishlarni aniqlab, bosh miyaga etkazib beradi. Instroretseptorlar simpatik nerv sistemasining gangliylarida ham bo‘ladi. I.M.Sechenov aniqlashicha, organizmda umumiy sezgi ham bo‘ladi; unga: och qolish, chanqash, jinsiy ta’sir, charchash va hokazolar kiradi.
Retseptorlarning ixtisoslashgan hujayralari aniq ta’sirotlarga javob berish uchun moslashgan bo‘lib, axborotlarni markaziy nerv tizimiga o‘tkazadi. Qabul qilingan axborot markaziy nerv tizimi tomonidan ishlov beriladi va unga mos javobni ishlab chiqadi. Sut emizuvchilarda retseptor hujayralar joylashgan maxsus organlar rivojlangan.
Ko’zning himoya va yordamchi organlariga yuqorigi va pastki hamda uchinchi qovoqlar, ko’z yoshi apparatlari, ko’z kosasi, ko’z muskullari va fassiyalar kiradi.
Yuqorigi va pastki qovoqlar – palpebra superior et inferior teri va muskul burmalaridan iborat bo’lib, ular yumilgan vaqtda ko’ndalang yoriqcha - rima palpebrarum ni hosil qiladi. Qovoq yoriqchasining yon va ichki chetida ko’z burchaklari - angulus oculi lateralis et medialis hosil bo’ladi. Qovoqlar yumiladigan joyda birikma - commisura palpebrarum va qovoq chetlari - limbus palpebrae bor, ularning tashqi va ichki qirrasi (mijjalar) bo’ladi. Tashqi qirrada uzun kiprik junlari bor. Yuqorigi qovoqning usti qavariq, mayda va baxmal shaklli shilimshiq pardali bo’lib, qovoq kon’yunktivasi - conjunctiva palpebrae deyiladi. Qovoqning ichki qirrasida tarsal (meybomiy) bezlari - gl. tarsales (Meibomii) bo’lib, ularning soni otlarda 50 taga, bo’yi 4-6 mm, eni 1 mm ga, pastki qovoqda 35 tagacha bo’ladi. Meybomiy bezlari yog’ bezlarining bir turi bo’lib, o’zidan yog’ - sebum palpebrale ishlab chiqarib, ko’z yoshi ta’sirida shox moddaning erishiga yo’l qo’ymaydi.
Uchinchi qovoq - palpebra tertia ko’z soqqasning ichki burchagidagi vertikal kon’yunktiva burmasidir, uning uzunligi 2,5 sm gacha, shakli turli hayvonlarda har xil bo’ladi. U uchinchi qovoqning elastik tog’ayiga birikib turadi.
Ko’z yoshi apparati - apparatus lacrimalis yuqorigi va uchinchi qovoq bezlaridan, yosh kanalidan, yosh xaltachasi va ko’z yoshi-burun yo’lidan iborat. Yuqorigi qovoq yosh bezi - gl. lacrimalis palpebrae superioris peshona suyagining yuqorigi tomon yonida yonoq o’simtasi asosida kon’yunktiva ostida joylashadi. Uning rangi qizg’ishroq bo’ladi, chiqarish yo’li kon’yunktivaga ochiladi. Ko’z yoshi - lacrimae bezlardan chiqqandan so’ng ko’z yoshi ko’llariga to’planib, undan ko’z yoshi kanaliga tushadi. Ko’z yoshi teshiklari - punctum lacrimale ko’z yoshi bo’rtiklari yonida, yuqorigi va pastki qovoqlarda ham bo’ladi. Ko’z yoshi kanallari - ductus lacrimalis yosh xaltasi - saccus lacrimalis ga tushadi. Yosh xaltasi pardasimon ko’z yoshi-burun yo’li - ductus naso-lacrimalis ga tomon o’tib, burun bo’shlig’idagi kanalga chiqadi. Qoramollarda ko’z yoshi bezining 6-8 ta katta va bir qancha mayda yo’li bor. Otlarda ko’z yoshi bezining kattaligi 5,5x3,5 sm, chiqarish yo’li 12-16 ta, ularning diametri 2 mm gacha bo’ladi. Ko’z yoshi-burun yo’li burunning ichkariroq qismiga ochiladi.
Uchinchi qovoq bezi – gl. lacrimalis palpebrae tertiae uchinchi qovoq tog’ayida joylashib, uning 2-3 ta chiqarish yo’li uchinchi qovoq ustiga ochiladi. Qoramollarda kattaligi 5,5 sm, ikkita katta yo’li bo’ladi. Otlarda bo’yi 3x2 sm, eni 5 sm, qalinligi 7 sm keladi. Cho’chqalarda yuza va chuqur qismlardan iborat, bo’yi 3 sm, eni 1,5 sm, bitta yo’li bo’ladi.
Periorbita - periorbita ko’z soqqasi joylashadigan pardali konussimon xalta bo’lib, fibroz-elastik moddalardan tuzilgan. Periorbitaning asosiy qismi ko’z kosasi chetiga, ichki tomoni esa ko’rish teshigiga va ko’z kosasi devoriga yopishgan bo’ladi. Periorbitani tashqi tomondan ekstraorbital yog’ tanachasi - corpus adiposum extraorbitale o’rab turadi. Periorbita ichida ko’z soqqasi, muskullar, nerv, qon tomirlari, fassiya va introorbital yog’ tanachasi - corpus adiposum intraorbitale bor. Cho’chqalar va itlarda orbital pay - lig. orbitale 20-24 mm uzunlikda bo’ladi.
Ko’z soqqasini ko’z muskullari, ya’ni to’rtta to’g’ri va ikkita qiyshiq muskul harakatlantiradi. Ularning hammasi ko’z soqqasiga birikkan. Ko’zning to’g’ri muskullari ko’z soqqasini har tomonga, qiyshiq muskullar esa o’q atrofida aylantiradi.
Ko’z fassiyalari yuza va chuqur qismlarga bo’linadi.
Ko’z kosasining yuza fassiyasi - fascia superficialis orbitae ko’rish teshigi yonidan boshlanib, ko’z muskullari ustini o’rab oladi va ko’z soqqasiga kelib, yuqorigi hamda pastki qovoqqa o’tadi.
Ko’z kosasining chuqur fassiyasi - fascia profunda orbitae ko’z muskullari orasidan o’tib, ikkiga bo’linadi va biri qovoqqa, ikkinchisi ko’zning shox pardasi chetiga boradi. Ko’z soqqasining fassiyasi - fascia bulbi (Tenoni) shox parda chetidan fibroz parda tomon o’tib, uni o’rab oladi va ko’z teshigi yonida tugaydi. U chuqur fassiya bilan ham qo’shilib, ko’rish nervi atrofida qin - vagina nervi optici hosil qiladi. Ko’z soqqasi fassiyaning ichki Tenonov bo’shlig’i - spatium interfasciale bulbi qon tomirlari bo’shlig’i va bosh miya ko’rish nervining to’r pardasi osti bo’shlig’i bilan ham qo’shiladi..
Ko’z soqqasi – bulbus oculi shar shaklida (yumaloq) bo’lib, uning old tomoni botiqroq, orqa tomoni bir oz qavvariqdir. Ko’z soqqasi ko’z pardalaridan va nur singdiruvchi hamda qabul qiluvchi qismlardan iborat. U har xil hayvonlarda turlicha, ko’rish o’qi oralig’idagi burchak ham har xil: itlarda 920, cho’chqada 1180, sigirda 1190, qo’ylarda 1340, otda 1370, o’q o’rtasidagi radius esa itlarda 790, cho’chqalarda 850, sigirda 940, otda 1160, qo’ylarda 1290 bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |