4. Periferik skeletni bo‘linishi. Oldingi va keyingi oyoqlarning kamar va erkin harakat qiluvchi suyaklarini anatomik tuzilishi. Oyoqlar skeleti erkin harakat qiluvchi skelet bo‘lib, o‘q suyaklarining atrofida joylashadi. Oyoqlar skeleti oldingi va keyingi oyoqlarni hosil qiladi. Har qaysi oyoq skeleti kamar suyaklariga va erkin harakat qiluvchi suyaklarga bo‘linadi.
Oldingi oyoqlar skeleti Oldingi oyoqlar kamari uy hayvonlarida bitta kurak suyagidan iborat bo‘lib, qolganlari (o‘mrov suyaklari, korakoid suyaklar) yo‘qolib ketgan. Oldingi oyoqlarning erkin suyaklariga elka, tirsak, bilak uzuk, kaft va barmoq suyaklari kiradi.
Kurak suyagi – scapula uchburchak shakldagi plastinkasimon suyakdir. Bu suyak qovurg‘alarning ustki tomonida joylashgan. Kurak sugi bir necha qismga bo‘linadi. Pastki qismidagi bo‘g‘im burchagida elka suyagining boshi bilan birikio‘ uchun bo‘g‘im chuqurchasi - cavitas glenoidalis bo‘lib, uning burchaklari - angulus glenoidalis – deyiladi. Bo‘g‘im burchagining oldingi tomonida muskullar birikishi uchun do‘nglik - tuber scapulae, uning ichki yuzasida tumshuqsimon o‘simta - processus coracoideus bo‘lib, unga elkaning ikki boshli muskuli birikadi. Kurak suyagining yuqorisi keng, ya’ni asosiy qismi - basis scapulae ning ustki chetida plstinkasimon tog‘ay - cartilago scapulae joylashadi. Bu suyakning sirtqi yon tomoni yuzasida kurak o‘qi - spina scapulae bo‘ladi. O‘qning pastki qismi ba’zi hayvonlarda akromial o‘simtasi bilan tugaydi.
Kurak suyagining o‘qi ikkita chuqurcha: o‘q oldi - fossa supra spinata va o‘q orqasi chuqurchasi - fossa infraspinata ni hosil qiladi. Bu chuqurchalarda muskullar joylashadi.
Kurak suyagining (medial) yuzasida kurak osti chuqurchasi - fossa subscapularis bo‘lib, unda kurak osti muskuli joylashadi. Bu chuqurchaning ustki tomonida tishsimon muskul birlashishi uchun g‘adir – budir yuza -facies serrata scapulae bo‘ladi. kurak suyagining o‘rtaroq qismida bir oz toraygan joy bo‘yin - collum scapulae bor. Qoramollarda akromial o‘simta yaxshi rivojlangan. Kurak tog‘ayi boshqa hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroq bo‘ladi. Qorako‘l qo‘ylarda ham shunga o‘xshash bo‘ladi-yu, lekin bir oz tekisroq.
CHo‘chqalarning kurak suyagi boshqa hayvonlarnikiga qaraganda qisqa va keng, kurak o‘qi do‘ng – tuber spina scapulae, orqaroqqa buralgan bo‘ladi. akromial o‘simtasi bo‘lmaydi, kurak tog‘ayi birmuncha kichikroq.
Otlar kurak suyagining bo‘g‘im chuqurchasida kesigi - incisura gleniodalis bo‘ladi. Akromial o‘simtasi bo‘lmaydi.
Elka suyagi - os brachii s.humeras uzun nay shaklida bo‘lib, kurak suyagining pastki qismida joylashadi. Bu suyak ham, boshqa suyaklar singari, bir necha qismga: yuqorigi, pastki qismlarga va tanaga bo‘linadi.
YUqorigi qismda elka suyagining boshi - caput humeri orqa tomonga qaragan bo‘lib, kurak suyagining chuqurchasiga kirib turadi. Boshning yon va o‘rta tomonida muskullar birikishi uchun bo‘rtiklar - tuberculum lateralis majus et minus bor. Ular oralig‘ida bo‘rtiklararo o‘yiqlar - sulcus intertubercularis bo‘lib, bu o‘yiqlardan muskul paylari o‘tadi. Katta bo‘rtiklar yon qismida o‘q orasida muskul birikishi uchun g‘adir – budur joy - tuberositas muscule infraspinati bor. Undan pastroqda aniq ko‘rinadigan – katta bo‘rtik tarog‘i - crista tuberculum majoris bo‘lib, uning ustki tomonidagi deltasimon yuza - tuberositas deltoidea detalsimon muskulni tutib turish uchun xizmat qiladi. Bundan yuqorigi tomonga yoy shaklida tirsak liniyasi - linea anconaea o‘tadi. Detalsimon yuzadan pastki tomonda elka suyagining tarog‘i - crista humeri bo‘ladi. Elka suyagining ichki yuzasida g‘adir - budir taroq - crista tuberculi minoris s.tuberositasteres bo‘lib, unga katta yumaloq muskul va elkaning keng muskullari kelib birikadi. Elka suyagini oziqlantirish uchun qon tomiri o‘tadigan teshik -foramen nutricia bo‘ladi.
Elka suyagining pastki qismida valiksimon blok (g‘altak) - trochlla bo‘lib, u tirsak suyaklari bilan birlashadi. Bu blok o‘rtasidan ariqcha orqali yon va o‘rta to‘piqsimon bo‘g‘in o‘simtasiga bo‘linadi. Uning oldingi qismida tojsimon yoki aylana chuqurcha - fossa coranoidea, orqa tomonda esa tirsak suyagining tumshuqsimon o‘simtasi kirib turishi uchun tirsak chuqurchasi - fossa olecrani bor. Tirsak chuqurchalarining o‘ng va chap tomonida yozuvchi va bukuvchi to‘piqsimon o‘simtalarning ustki qismlari bo‘ladi. Uning yozuvchi to‘pig‘i ustida epicondylus extensorius s.lateralis, ostida taroqlari bor. Bukuvchi to‘piq usti epicondulus flexorius deyilib u orqaga qaytgan bo‘ladi. Undan barmoqlarni bukuvchi muskullar boshlanadi. To‘piqsimon bo‘g‘im maydonchalarining yon qismida paylar birlashadigan chuqurchalar - fossa ligamentia bor.