O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet40/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Qoramollarda va qorako‘l qo‘ylarning bilakguzuk suyaklari yuqori qatorda to‘rtta, pastki qatorda ikkita; yuqori qatordagi suyaklar notekis, g‘adir – budur, pastki qatorning ikkinchi va uchinchi bilaguzuk suyaklari bir – biriga qo‘shilgan bo‘ladi.
CHo‘chqalarning bilaguzuk suyaklari ham kavsh qaytaruvchilarnikiga o‘xshash bo‘lib, bir oz tekisroq. YUqori qatorda ham, pastki qatorda ham to‘rttadan suyak bor.
Otlarda yuqori qatorda to‘rtta har xil shaklli, pastki qatorda uchta, ba’zan to‘rtta bilaguzuk suyagi bor, oraliq suyak no‘xatga o‘xshash bo‘lib, ba’zan uchramaydi. Uchinchi suyak boshqalariga qaraganda kengroq, to‘rtinchisi beshinchisiga qo‘shilgan bo‘ladi.
Kaft suyaklari -ossa metacarpi uzun, nay shaklida bo‘lib, sekin – asta rudimentlashmoqda, chunki o‘tmishdagi hayvonlarda 5 ta kaft suyagidan hozirgi bir tuyoqlilarda 3 tasi qolgan ularning ham II – IV lari rudimentlashib bormoqda. III kaft suyagi juda ham yaxshi rivojlangan. Kaft suyaklarining yuqorigi yuzasida bilaguzuk suyaklariga birlashi uchun bo‘g‘im maydonchasi - facies articularis carpi bo‘lsa, pastki qatorida blok - trochlea mefacarpi orqali birinchi barmoq bilan birlashadi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar kaft suyagining III – IV lari birlashib, nay shaklidagi bitta suyakni hosil qiladi. Bular yosh hayvonlarda aniq ko‘rinib turadi, hatto yosh hayvonlarda bu suyaklarni yupqa plastinka ajratib turadi. Kaft suyagining pastki qismida ikkita blok bo‘lib ular III – IV barmoq suyaklariga birlashadi. YUqorigi qismining ichki yuzasida kaft suyagi birlashishi uchun chuqurcha bo‘ladi.
CHo‘chqalarning kaft suyagi to‘rtta: I – II – III – IV – V suyaklardan iborat. Birinchi kaft suyagi bo‘lmaydi. Bulardan III – IV lari kuchli rivojlangan, qolgan II – V lari bir oz qisqaroq bo‘lib, erga etmaydi. III – IV asosiy kaft suyaklari uzun, uch qirrali bo‘ladi.
Otlarning kaft suyagi uchta: II – III – IV suyaklardan iborat. Uchinchisi kuchli rivojlangan, II – IV lari rudiment shaklidagi nayza suyaklardir. III kaft suyagining yuqori qismi tekis, lekin yuqori old yuzasida notekis joyi – tuberositas metacarpi bo‘lib, unga bilak suyagining yozuvchi muskuli birlashadi. II – IV kaft suyaklari grifel suyaklar deyiladi. Bu suyaklarning yuqori tomoni yo‘g‘onroq, pastki tomoni esa ingichka bo‘ladi.
Barmoq suyaklari – ossa digitorium har qaysi barmoqda uchta bo‘g‘imdan iborat bo‘ladi (40-rasm). Birinchi barmoq suyagi tushoq, ikkinchisi yumaloq va uchinchisi tuyoqsimon suyak deyiladi. Birinchi barmoq suyagi - phalanx prima uzunchoq nay shaklida, yuqori tomonida asosiy qismi va basis phalanx, unda kaft suyagining pastki bloki joylashishi uchun bo‘g‘im chuqurchalari - facies articulari metacarpi bo‘ladi. Pastki tomonida uzunasiga ketgan ariqcha - sulcus phalangis bilan bo‘lingan bloki bor.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho‘chqalarda III – IV barmoq bir xil, II – V barmoqlar esa kichikroq bo‘ladi. Otlarning barmoq suyaklari bir oz uzunroq, bo‘g‘imlarining yonidagi pay birikuvchi bo‘rtiklar yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Ikkinchi barmoq suyaklari - phalanx secunda boshqa suyaklarga qaraganda yumaloqroq, yuqori yuzasidagi ariqchasimon bo‘g‘im yuzasi - facies articularis ning pastki tomonda yarim sharsimon blok bor. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho‘chqalarda ikkinchi barmoq suyaklari assimmetriya bo‘ladi.
Uchinchi barmoq suyaklari - phalanx tertia oldingi oyoq suyaklarining eng oxirgisi hisoblanib, turli hayvonlarda har xil shaklda bo‘ladi. Bu kavsh qaytaruvchi hayvonlar esa cho‘chqalarda tuyoqcha, otlarda tuyoq, panjali hayvonlarda tirnoq deyiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho‘chqalarning tuyoq suyagi bir-biriga uxshash. Tuyoq suyagining osti tovon, usti devor qismlari deyiladi. Tuyoq suyagining chetida yon va ostida tovon qismlari bo‘ladi. YUqorigi tomonda ikkinchi barmoq suyagining bloki kirib turishi uchun bo‘g‘im chuqurchasi bor. Tovon yuzasida bukuvchi dunglik - tuberositas flexoria bo‘lib, unga barmoqlarni bukuvchi qismlariga bo‘linadi. Bo‘g‘im yuzasining oldingi qismida yozuvchi o‘simta - processus extensorius bo‘lib, u yozuvchi barmoq muskulini tutib turish uchun xizmat qiladi. Tovon yuzasi - facies soleare ga bukuvchi barmoq muskul birlashadi. Uning har ikkala yon qismida teshik - foramen soleare bo‘lib. har ikkala teshik o‘rtasida yarim doira kanal - canalis semicircularis bor. Devor yuzasi - facies parietelis da qon tomirlar utadigan bir qancha teshikchalar bo‘ladi.
Kunjutsimon suyaklar - ossa sesamoidea qisqa yumaloq suyaklardan iborat bo‘lib ular muskullar ishida yordamchilik vazifasini bajaradi. Birinchi barmoqning kunjutsimon suyagi - ossa sesamoidea phalanx prima ikki juft bo‘lib, ular kaft, tushoq suyaklari bo‘g‘imlarining orqa tomonida joylashadi. Bu suyaklarda birlashuvchi bo‘g‘im yuzalari bo‘ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish