O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet43/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   188
Bog'liq
morfologiya

CHo‘chqalarning katta boldir suyagi katta va yo‘g‘on, taroqlari kuchli bo‘ladi.
Otlarning katta boldir suyagi yaxshi rivojlangan, yon tomondagi to‘siqda kichik boldir suyagining birlashishi uchun bo‘g‘im yuzasi bor.
Tovon suyaklari - ossa tarsi bir qancha mayda va kalta suyakchalardan biorat bo‘lib, ular uch qator joylashadi. Birinchi qatorda ikkita – yon tomonda tovon suyagi - os.tarsi tibialis s.calcenaus va o‘rtada oshiq suyagi - os tarsi tibia s.talus bo‘ladi. Tovon suyagi uzun bo‘lib, uning tanasi hamda muskullar birlashadigan tovon do‘ngligi - tuber calcanea va ichki yuzasida oshiqni tutib turadigan joy - sustentaculum tali, uning oldirog‘ida bloksimon o‘simta - processus cochlearis bor.
O‘simtaning yon tomon yuzasi qavargan bo‘ladi. Oshiqning yuqorigi tomonida katta boldir suyagi kelib birlashadigan bloksimon yuza bor. Oshiq suyagining bloki - trochlea tali ikkita taroqdan iborat bo‘lib, uning o‘rtasi ariqcha shakliga bo‘lingan. Oshiq suyagining pastki qismida markaziy tovon suyagi bilan birlashish uchun kichik yuzalar bor. Ikkinchi qatorda bitta markaziy suyakcha - os tarsi centrale bo‘ladi. Bu suyak to‘rtburchak shaklida bo‘lib, oldingi yuzasi qavargan, orqa qismi tekisroq. U yuqoridan oshiq va tovon suyaklariga qo‘shilib turadi. Uchinchi qator uchta, ba’zan to‘rtta suyakdan iborat bo‘ladi. I – II suyaklar - os tarsi primum et secundum doim bir – biriga qo‘shilgan, III tovon suyagi - os tarsi tertium ayrim bo‘lib, uchburchak plastinkaga o‘xshash bo‘ladi. IV, V tovon suyaklari - os tarsi guartum et guintum bir – biriga qo‘shilgan bo‘lib, ularning ustki yuzasi tovon suyagiga, pastki yuzasi esa III va IV kaft suyaklariga birlashgan bo‘ladi. Ana shu uchta suyak o‘rtasida tovon kanali - canalis tarsi bo‘lib, undan qon tomirlari o‘tadi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho‘chqalarning tovon suyagi yaxshi rivojlangan, ichki yuzasi ancha chuqur bo‘ladi.
Otlarning tovon suyagi kaltaroq, oshiq suyagining tutuvchi bo‘rtigi yaxshi rivojlangan, kavsh qaytaruvchi hayvonlar hamda cho‘chqalar oshiq suyagining yuqorigi va pastki qismida bloksimon o‘siqlar bor. Otlarda blok taroqlar qiyshiqroq bo‘ladi. Oshiq suyagining ichki yuzasida paylar birlashishi uchun bo‘rtiklar bor. Markaziy tovon suyagi kavsh qaytaruvchilarda IV tovon suyagiga qo‘shilgan. CHo‘chqalarda shakli IV suyakka o‘xshash, lekin yon tomoni toraygan, otlarda to‘rtburchak shaklda, pastki yuzasida ikkita bo‘g‘im maydonchasi bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchilar va cho‘chqalarda I tovon suyagi no‘xatsimon, otlarda II tovon suyagi bilan qo‘shilgan. Kavsh qaytaruvchilarda II tovon suyagi III bilan qo‘shilgan, cho‘chqalarda ponasimon, otlarda, ko‘pincha, I bilan qo‘shilgan, ilmoqsimon bo‘ladi. Kavsh qaytaruvchilarda III tovon suyagi II bilan qo‘shilgan, yumaloq, to‘rtburchak shaklli, otlarda uchburchak, yassi, cho‘chqalarda kvadrat shakldadir.
Kavsh qaytaruvchilarda IV tovon suyagi markaziy tovon suyagi bilan qo‘shilgan, cho‘chqalarda markaziy suyakka o‘xshash bo‘ladi. Otlarda yaxshi rivojlangan, kubsimon suyakda qo‘shni suyaklar bilan birikish uchun bo‘g‘im yuzasi bo‘ladi.
Oyoq – kaft suyaklari - ossa metatarsi tuzilishi jihatdan xuddi oldingi oyoq – kaft suyaklariga o‘xshash, lekin ulardan uzunroq, baquvvatroq va silindr shaklda bo‘ladi. Otlarda III kaft suyagi yaxshi rivojlangan, panjali hayvonlarda I va V rivojlangan. II va IV rudimentlashayotgan suyaklardir.
Uchinchi kaft suyagi - ossa metatarsi fertium uzun silindr shaklida bo‘lib, uning yuqori uchida tovon suyaklari bilan birlashish uchun keng, tekis bo‘g‘im yuzalari bo‘ladi. Oldingi yuzasida muskul birlashishi uchun g‘adir - budur joy - tuberossitas metatarsi bor. Tanasi yumaloq, orqa tomon yuzasi tekis, pastki uchida bloksimon do‘mboq bo‘lib, u birinchi barmoq suyagi bilan bo‘g‘im hosil qiladi.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlarning oyoq – kaft suyagi to‘rt qirrali, yuqori uchidan qon tomirlari kanali, pastki uchidan suyaklararo kanal o‘tadi. II kaft suyagi kichik, burchaksimon bo‘ladi.
CHo‘chqalarning III – IV kaft suyaklari oldingi oyoqlarnikidan katta farq qiladi, chunki bularning orqa tomon yuzasida paylar birlashishi uchun do‘nglik bor. III kaft suyagi IV ga qaraganda ancha uzun bo‘ladi.
Otlarning I – V kaft suyaklari bo‘lmaydi, III kaft suyagi yaxshi rivojlangan, II – IV ning bosh qismi kattaroq, pastki qismi esa kichiklashib ketgan bo‘ladi. Barmoq suyaklarining tuzilishi oldingi oyoq barmoq suyaklarinikiga o‘xshashdir.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish