O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet41/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho‘chqalarning har qaysi barmog‘ida bir juftdan kunjutsimon suyak bor. Otlarda bir juft kunjutsimon suyak bo‘lib, ular uchburchak shakldadir.
Bundan tashqari, tuyoq suyagining orqa yuzasida uchinchi barmoqning kunjutsimon suyagi - ossa sesamoidea phalanx tertia bor. Ular har qaysi barmoqda bittadan bo‘ladi. Bu suyak bir tuyoqlilarda mokisimon suyak deb ham ataladi. Kavsh qaytaruvchi hayvonlar va cho‘chqalarda kunjutsimon suyak to‘rtburchak shaklda bo‘ladi.
Tos kamari ikkita nomsiz suyakdan to‘zilgan tos (chanoq) – pelvis suyagidan iborat bo‘ladi. Tos suyagining har qays nomsiz suyagi uchta suyakdan: yonbosh, qov, quymich suyaklaridan iborat. Nomsiz suyaklar bir biri bilan qov va quymich suyagining o‘rtasida birikadi. Tos bo‘shlig‘ining kirish qismi cavum pelvis yuqorida dumg‘aza, yon tomondan yonbosh va pastdan qov hamda quymich suyaklaridan, chiqish qismi esa quymich suyagi va dum umurtqalaridan hosil bo‘ladi.
Yonbosh suyagi – os ilium keng qanot – ala ossis ilia va tana – corpus ossis ilii dan iborat bo‘ladi. YOnbosh suyagining ikkita: tashqi, ya’ni sag‘ri – facies glutaea va ichki, ya’ni tos yuzasi bor; yuzada sag‘ri muskullari joylashadi. Ichki yuza pastga qaragan bo‘lib, old va orqa bo‘laklarga bo‘linadi. Old bo‘lakda dumg‘aza suyagi bilan birlashish uchun quloq suprasiga o‘xshash bo‘g‘im yuzasi - facies auricularis bor, uning yon tomoni tekis bo‘lib, yonbosh yuzasi - facies muscularis ni hosil qiladi, bu joydan yonbosh muskuli boshlanadi. YOnbosh suyagi qanotining oldingi bel umurtqalariga qaragan qismida tarog‘i - crista iliaca bo‘lib, u umurtqa pog‘onasining muskullarini tutib turish uchun xizmat qiladi. YOnbosh suyagi tarog‘ining yon qismi qo‘shilib, bo‘rtik - tuber coxae hosil qiladi. YOnbosh suyagi qanotining dumg‘aza suyagiga o‘tgan tomonida dumg‘aza bo‘rtigi - tuber sacrale bo‘ladi. YOnbosh suyagi qanotining ichki yuzasida bukilgan katta quymich o‘yig‘i - incisura isehiedica maior bo‘lib, u quymich o‘qi - spina isehiadica gacha boradi. Quymich o‘qi son suyagi birlashadigan o‘yiq ustida joylashadi. Quymich o‘qi qov suyaklarining birlashgan tomoniga o‘tib, yonbosh – qov tarog‘i - crista iliopectinca ni hosil qiladi. Bu taroqning o‘rtalarida belning kichik muskuli birlashishi uchun bel bo‘rtigi - tuberculum psoadicum bor.
Qov suyagi - os pubis ning ikkita butog‘i bo‘lib, ularning biri ko‘ndalang butoq, ikkinchisi chok butog‘i deyiladi. Ko‘ndlang yoki o‘yiq butoq - ramus asetabularis tos suyagining pastki devori sifatida bo‘g‘im chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadi. CHok butog‘i - ramus symphysis esa tos suyaklarini bir – biri bilan birlashtirish uchun xizmat qiladi, bular qo‘shilishi natijasida yopiluvchi teshik - foramen obturatum hosil bo‘ladi.
Qov suyagining qorin tomonga qaragan yuzasida bir nechta g‘adir – budir joy bo‘lib, ular qov tarog‘i - pectin ossis pubis deyiladi. Bu taroq yonbosh suyagining tanasi tomonga o‘tib, yonbosh – qov bo‘rtigi - eminentia iliopectonea ni hosil qiladi. Har qaysi qov suyagi bir – biri bilan qo‘shilgan joyning old qismi qalinlashib, qov bo‘rtigi - tuberculum pubicum ni hosil qiladi. Bu bo‘rtik erkak hayvonlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan bo‘ladi.
Qo‘ymich suyagi - os ischii ham qov suyagi singari ikkita butoqdan tuzilgan. Uning orqa tomonida tanasi – corpus ossis ischii bor. Butoqlarning bittasi - ramus symphysis tos choki tomonga, ikkinchisi - ramus acetabularis son suyagi birlashadigan bo‘g‘im o‘yig‘i o‘tib, yopiluvchi teshik hosil qilishda ishtirok etadi. Quymich suyagining orqa qismi yoysimon kesik hosil qiladi va quymiya yoyi - arcus ischiadicus deyiladi. Bu yoyining har ikkala yon tomonida qalinlashgan joy bo‘lib, u quymich bo‘rtigi - tuber ischiadicum deyiladi. Quymich bo‘rtigining har ikkala yon qismi bukik holda quymich o‘qiga borib, ikchkina quymich kesigi - incisura ischiadica minor ni hosil qiladi. Bu kesikdan nerv, qon tomirlari va muskullar o‘tadi. Bo‘g‘im o‘yig‘i - acetabulum hamma tos suyaklari qo‘shilishidan hosil bo‘lib, unga son suyagining boshi kirib turadi. O‘yiqning ichki yuza qismi chetida o‘yiq kesigi - incisura autabularis va uning tubida o‘yiq chuqurchasi - fossa acetabuli bo‘ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish