O’quv materiallari mavzu: hayvolar morfologiya fanini mazmuni, mohiyati va vazifalari



Download 2,63 Mb.
bet51/188
Sana01.06.2022
Hajmi2,63 Mb.
#624565
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188
Bog'liq
morfologiya

Tananing seroz parda bo’shlig’i
Ichki organlar seroz pardaga o’ralgan bo’ladi. Seroz parda organizmda juda muhim vazifa bajaradi. Sut emizuvchi hayvonlarning embrion rivojlanishi davrida juft seroz parda bo’shlig’i – coeloma paydo bo’ladi. Bu bo’shliq mezoblast qavati yon plastinkalarning o’ng va chap charaqlari bo’shlig’idan kelib chiqadi. Varaqlarni tashqi qismi tana devoriga yopishadi. Bu pariyetal varaq - lamina parietalis; ichki tomonga qaragani esa ichak nayiga qo’shilib, visseral varaq - lamina visceralis hosil qiladi. Shunday qilib, pariyetal va visseral varaqlar o’rtasida tananing seroz parda bo’shlig’i hosil bo’ladi. Visseral varaqning yuqori va pastki qismlari bir – biri bilan qo’shilib, ichak nayining yuqori va pastki tutqichi - mesenterium dorsale et ventrale ni hosil qiladi.
Embrion rivojlanib borishi prosessida ko’krak qafasida yurak paydo bo’ladi, shunda seroz parda bo’shlig’i ikkiga bo’linadi: ko’krak va tana selomi hosil bo’ladi. Ko’krak selomidan ajralgan seroz parda yurakning ustki qismini o’rab, yurak xaltachasi, ya’ni perikardni hosil qiladi. Seroz pardaning qolgan qismi o’pkaning ustini o’rab, o’ng va chap plevra bo’shliqlari - cavum pleura dextrum it sinistrum hosil qiladi. Ko’krakdagi seroz parda ham bir qancha qismlarga bo’linadi. Plevra ko’krak fassiyasiga mahkam birlashib ikkita plevra xaltachasini hosil qiladi, u xaltachalar oralig’idagi bo’shliqda plevra suyuqligi - liguor pleure bo’ladi. Har qaysi plevra xaltachasi ikkita varaqqa bo’linadi: 1) pariyetal plevra – qovurg’a tomonga o’tib, qovurg’a plevrasi - pleura costalis ni, diafragma tomonga o’tib, diafragma plevrasi - pleura diaphragmatica ni hosil qiladi; 2) visseral varaq - lamina visceralis o’pka bo’laklarini o’rab turadi. Pariyetal varaq o’ng va chap o’pka oralig’iga tushib, oraliq plevra - pleura mediastinalis ni hosil qiladi, uning ostida kekirdak, qizilo’ngach, aorta, nerv va limfa tugunlari joylashadi.
Embrionning rivojlanishi bilan ichki organlar ham rivojlana boradi. Natijada qorin bo’shlig’idagi ichak pardasining pastki qismi yo’qolib, selom bitta bo’shliqqa aylanadi.
Qorin bo’shlig’ini hosil qilishda qorin muskullari, tos suyagi, bel umurtqalari va diafragma qatnashadi. Qorin muskullarining ichki yuzasi ko’ndalang fassiya - fascia transversa abdominis bilan, ustki yuzasi seroz parda bilan o’ralgan, u qorin pardasi - peritoneum deyiladi. Bu pardadan ichki tomondagi organlarga o’tgan qism visseral seroz parda deyiladi. Ichki nayga kelib qo’shiladigan parda uzun bo’lsa, ichak tutqich - mesenterium, kalta bo’lsa pay - ligamentum yoki burma - plica deyiladi. Seroz parda erkin joylashib, undan charvi - omentum hosil bo’ladi. Qorin bo’shlig’idagi seroz parda tos bo’shlig’idagi organlarga o’tib, bir qancha burma hosil qiladi:
a) siydik – jinsiy organ burmasi - plica urogenitalis da urg’ochi hayvonlarda bachadon, erkak hayvonlarda esa pufaksimon bez urug’ yo’lining oxirgi uchi joylashadi;
b) kindik - siydik xaltachasining yon burmasi - plica vesica umbilicalis tos suyagining yon devoridan siydik xaltachasining ustiga o’tadi;
v) siydik xaltachasi va kindikning o’rta qismi payi - plica vesica umbilicalis media qovuqdan tos bo’shlig’i va qorin devorining pastki qismiga tushadi.
Urg’ochi hayvonlarning to’g’ri ichagi bilan siydik – jinsiy burmasi oralig’ida to’g’ri ichak – bachadon bo’shlig’i - exacavatio rechouterina, siydik xaltachasi bachadon bo’shlig’i - excavatio vesicouterina bor. Erkak hayvonlarda to’g’ri ichak bilan siydik xaltachasi orasida to’g’ri ichak – siydik xaltachasi bo’shlig’i - excavatio rectovesicalis bo’ladi.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   188




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish